Po‘lat armaturalarining mexanik xususiyatlari
Po‘lat armaturalarning mustahkamlik va deformatsiyalanish xarakteristikalari namunalarni cho‘zilishga sinashdan olingan s–s diagrammasi bo‘yicha aniqlanadi (1.13–rasm).
Diagrammada oquvchanlik maydoniga ega bo‘lgan issiq holda chig‘irlangan po‘lat armatura uzilishdan keyin 25% gacha (yumshoq po‘lat) cho‘ziladi (1.13–rasm, a).
YUk miqdori sezilarli ko‘paymagandagi deformatsiyaning rivojlanishiga mos keladigan kuchlanish u po‘latli armaturaning fizikaviy oquvchanlik chegarasi deyiladi. Po‘lat armaturaning uzilishiga
olib keladigan kuchlanish u esa, po‘lat armaturaning vaqtinchalik qarshiligi deb nomlanadi. Issiq holda chig‘irlangan po‘lat armaturaning mustahkamligini oshirish va uzilishdagi cho‘zilishini kamaytirish uchun uning tarkibiga uglerod va har xil moslovchi qo‘shimchalar: marganets, kremniy, xrom va boshqalar qo‘shiladi.
–rasm. Po‘lat armaturani cho‘zilishdagi σs – εs diagrammasi:
a –oquvchanlik chegarasi bo‘lganda; b – yaqqol oquvchanlik chegarasi
bo‘lmaganda;
1 – yuqori mustahkamli po‘lat; 2 – o‘ta yuqori mustahkamli po‘lat sim
Tarkibida uglerodning 0,3–0,5 % bo‘lishi armatura plastikligini kamaytirib, po‘latning payvandlanuvchanlik xossasini yomonlashtiradi. Marganets po‘latning mustahkamligini oshirib, plastikligiga muhim ta’sir ko‘rsatmaydi.
Po‘lat armatura mustahkamligini qizdirib toblash yoki oddiy cho‘zish yo‘li bilan oshirsa ham bo‘ladi. Po‘lat qizdirish yo‘li bilan toblanganda u 800–9000S ga qadar qizdiriladi, so‘ngra keskin sovutiladi. Undan keyin yana po‘lat yana 300–4000S ga qadar qizdirilib, asta–sekin ochiq havoda
sovutiladi. Buning natijasida po‘lat armaturaning mustahkamligi oshadi.
YUqori darajada legirlangan va qizdirib mustahkamligi oshirilgan po‘lat armaturalar plastik holatga asta–sekinlik bilan o‘tadi, ya’ni yaqqol ifodalangan oquvchanlik maydonchasi ko‘rinmaydi (1.13–rasm, b). Bunday po‘latlar uchun me’yoriy qarshilik sifatida shartli oquvchanlik chegarasi
0,2 qabul qilinadi. Bu kuchlanish qiymatida armaturadagi qoldiq deformatsiya 0,2 % ni tashkil etadi. SHuningdek, bunday po‘latlar uchun shartli elastiklik chegarasi sifatida qoldiq deformatsiyaning 0,02 % miqdoriga mos bo‘lgan 0,02 kuchlanish qabul qilinadi.
Armatura uchun ishlatiladigan po‘latlarning mexanik xarakteristikalarini aniq tasavvur qilish maqsadida 1.14 rasmda po‘latlarning cho‘zilishdagi diagrammalari keltirilgan.
Temirbeton konstruksiyalarni jihozlash uchun payvandlangan sinch va to‘rlarni keng ko‘lamda ishlatilishi sababli po‘latlarni payvandlanish xossasi katta ahamiyatga ega. Tarkibida uglerod miqdori kam bo‘lgan va ligerlovchi qo‘shimchalar qo‘shilgan po‘latlar yaxshi payvandlanadi. Termik va termomexanik usulda tayyorlanadigan armaturalarni (AT-IIIc va AT-IVc sinfli armaturalardan tashqari) payvandlash yo‘li bilan biriktirish ruxsat etilmaydi. CHunki payvandlash natijasida erishilgan samaradorlik yo‘qoladi.
Po‘lat armaturalar sirpanuvchanlik (polzuchest) va kuchlanishlarning kamayishi (reloksatsiyalanishi) xossalariga ega. Po‘lat armaturalarning sirpanuvchanligi katta kuchlanishlar va yuqori temperaturalar ta’siridan ro‘y beradi.
– jadval. Armaturalar klassifikatsiyasi va mexanik xarakteristikasi
Armaturalarning nomlari va sinfi
|
Po‘lat markasi
|
Ko‘ndalang kesim diametri,
mm
|
Oquvchan–lik chegarasi, MPa
|
Vaqtin–chalik qarshilik,
MPa
|
Nisbiy cho‘zilish, %
|
Issiq holda chig‘irlangan sterjenli armatura: sirti tekis A–I sinfli
|
St–3, VSt–3
|
6–40
|
240
|
380
|
25
|
sirti davriy profilli A–II sinfi
As–II schinfli
|
VSt–5 18G2S
10GT
|
10–40
40–80
10–32
|
300
|
500
|
19
|
A–III sinfli
|
25G2S
35GS
32G2R
|
6–40
6–40
6–22
|
400
|
600
|
14
|
A–IV sinfli
|
20XG2S
80S
|
10–22
10–18
|
600
|
900
|
8
|
A–V sinfli
|
23X2G2T
|
10–32
|
800
|
1050
|
7
|
A–VI sinfli
|
20X2G2SR
|
10–18
|
1000
|
1200
|
6
|
Qizdirish yo‘li bilan mustahkamligi oshirilgan armatura:
At–IIIs sinfli
|
BSt5sp
|
10...32
|
400
|
600
|
–
|
At–IV
|
20GS
|
10...32
|
600
|
900
|
8
|
At–IVS
|
28S,35GS
|
12….32
|
600
|
900
|
|
At–IVK
|
10GS2
|
10…32
|
600
|
900
|
|
At–V
|
20GS
|
10...32
|
800
|
1050
|
7
|
At–VI
|
20GS
|
10...32
|
1000
|
1200
|
6
|
Davriy profilli oddiy Vr–I
sinfli armatura
|
–
|
3...5
|
–
|
550…525
|
–
|
Mustahkamligi yuqori bo‘lgan sim armatura: sirti silliq V–II sinfli
|
–
|
3...8
|
–
|
1900…1400
|
4...6
|
davriy profilli Vr–II sinfli
|
–
|
3...8
|
–
|
1800…1300
|
4...6
|
Arqon armaturalar: K–7 sinfli
|
–
|
6...15
|
–
|
1850…1650
|
–
|
K–19 sinfli
|
–
|
14
|
–
|
1800
|
–
|
Do'stlaringiz bilan baham: |