Ishlatish joylari keltirilgan


Normal kesim bo‘yicha mustahkamlikni hisoblash



Download 19,98 Mb.
bet35/128
Sana03.11.2022
Hajmi19,98 Mb.
#859620
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128
Bog'liq
Korxonada (DARSLIK)

Normal kesim bo‘yicha mustahkamlikni hisoblash


Egiluvchan temirbeton elementlar mustahkamligini normal kesim bo‘yicha hisoblashda tashqi yuklar ta’siridan element kuchlanish– deformatsiyalanish holatining III bosqichi asos qilib olinadi.


Quyida egiladigan temirbeton element tashqi yuklar ta’siridan kuchlanish–deformatsiyalash holatining bosqichlari keltirilgan.


Egiluvchi elementlarning normal kesimi bo‘yicha kuchlanganlik deformatsiyalanish bosqichlari


Tashqi yuk miqdorining oshishi bilan egiladigan temirbeton element normal kesimida kuchlanishlarning o‘zgarishi 3.2– rasmda keltirilgan. Konstruksiyalarning normal kesim bo‘yicha buzilishi, umuman olganda, armaturaning miqdori, uning mexanik xossalari va taranglashtirishda beriladigan dastlabki kuchlanishlarning miqdoriga bog‘liq bo‘lib, uchta sxema bo‘yicha sodir bo‘ladi. Element kuchlanish holati uch bosqichdan iborat.


Birinchi bosqich betonning elastik ishlashi bilan xarakterlanadi. Betonning siqilgan va cho‘zilgan zonalaridagi normal kuchlanish epyuralari uchburchak shaklida bo‘ladi. CHo‘zilgan betonda yuk miqdorining ortishi bilan noelastik deformatsiya rivojlanadi. Bosqich oxirida cho‘zilgan kuchlanish epyurasi egri chiziqli bo‘la boshlaydi va cho‘zilgan betondagi kuchlanish miqdori betonning chegaraviy mustahkamligiga teng bo‘ladi (bosqich I, a). Tashqi yuk miqdorining navbatdagi oshishidan to‘sin cho‘zilgan kesimida yoriqlar paydo bo‘ladi va bu kesim ishdan chiqadi. SHundan keyin kesim kuchlanish va deformatsiyalanish holatining II bosqichi boshlanadi.
Ikkinchi bosqich element cho‘zilgan zonasida yoriqlarning hosil bo‘lishidan keyin boshlanadi. YOriqlar hosil bo‘lgan kesimlarda beton qarshilik ko‘rsatmaydi va ishdan chiqadi, Bu kesimlarda ichki cho‘zuvchi zo‘riqishlarni armatura qabul qiladi. YOriqlar oralig‘ida esa cho‘zuvchi zo‘riqishlar cho‘zilgan beton va armatura bilan birgalikda qabul qiladi.. Element siqilgan zonasidagi betonda plastik deformatsiyalar rivojlana boshlanadi va normal kuchlanish epyurasi egri chiziqli bo‘ladi.
Tashqi yuk miqdorining yanada oshishi natijasida to‘sin cho‘zilgan zonasida hosil bo‘lgan yoriqlar siqilish zonasiga qarab rivojlanib, neytral o‘qqacha etib boradi va yoriqlarning ochilish kengliklari kattalashadi. Bu holatda cho‘zilish zonasidagi yoriqlar hosil bo‘lgan kesimlarda cho‘zuvchi zo‘riqishlarning hammasini faqat armatura qabul qiladi. Siqilgan beton va cho‘zilgan armaturalardagi kuchlanishlarning miqdorlari oshadi. YOriq hosil bo‘lgan kesimdagi siqilgan beton tekis deformatsiyalanish qonuni bo‘yicha deforma-
siyalanadi. Bu kesimdagi armaturaning deformatsiyasi esa, tekis kesimlar deformatsiyalanish qonuni bo‘yicha topiladigan qiymatidan farq qiladi. Biroq o‘tkazilgan ko‘p tadqiqotlar asosida siqilgan zonadagi beton va cho‘zilgan armaturaning o‘rtacha deformatsiyalarining yoriqlar hosil bo‘lgan kesimlar oralig‘ida o‘zgarish xarakteri to‘g‘ri chiziqdan unchalik og‘masligi aniqlangan. Kuchlanish va deformatsiyala -nish holatining II bosqichi armaturadagi kuchlanishlarning oquvchanlik chegarasiga etishi yoki siqilgan chetki tolalarda betondagi kuchlanishlar miqdorining kamaya boshlanishi bilan tugallanadi.
Uchinchi bosqich – bu elementni buzilish holatidagi bosqichdir. Element cho‘zilgan zonasida joylashtirilgan armaturaning miqdoriga ko‘ra buzilishning ikki xoli uchraydi. Birinchi hol normal armaturalangan
to‘sinlar uchun xarakterlidir. Buzilish cho‘zilgan armaturadan boshlanadi va siqilgan zonadagi betonning buzilishi bilan tugaydi. Ikkinchi hol kesim ortiqcha armaturalangan elementlarda ko‘zatiladi. Bunda element siqilgan zonasidagi beton buzilishi boshlanadi, cho‘zilgan armaturadagi kuchlanish esa, chegaraviy qiymatiga etmaydi.
Normal armaturalangan elementlarda buzilish cho‘zilgan armaturaning oqishidan boshlanadi. Element cho‘zilgan zonasida yoriqlar juda katta ochiladi, egilish shiddat bilan kuchayadi va kesimda plastik sharnir hosil bo‘ladi, SHundan keyin element siqilgan zonasidagi betonning buzilishi boshlanadi. Bunday holat uchun hisoblash formulasi muvozanat shartidan keltirib chiqariladi.
Ortiqcha armaturalangan elementlarda buzilish siqilgan zonadagi betondan boshlanadi. Bunda armaturadagi kuchlanish oqish chegarasiga etmaydi va armaturaning mustahkamligidan to‘liq foydalanilmaydi. Bunday holatlarda ham hisoblash formulasi muvozanat shartidan olinadi.
Kesim mustahkamligini hisoblashda siqilgan zonaning balandligi x va kesim ishchi balandligi h0 muhim rol o‘ynaydi. Siqilgan zona balandligi x ning kesim ishchi balandligi h0 ga nisbati ξ =x/h0 siqilish zonasi nisbiy balandligi deb aytiladi.
Buzilishning birinchi va ikkinchi hollari orasidagi farq ξr – siqilish zonasaning chegaraviy nisbiy balandligi bilan belgilanadi. Agar ξ≤ξr shart bajarilsa element birinchi hol bo‘yicha buziladi. Aks hoda, ya’ni ξ>ξr bo‘lganda, element ikkinchi hol bo‘yicha buziladi.




Download 19,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish