Nb = RbAb ; Ns = RsAs , (3.6)
bu erda: Ab = bx – element siqilgan zonasida joylashgan beton kesimi yuzasi; b – element ko‘ndalang kesimining eni; h0 – element ko‘ndalang kesimining ishchi balandligi (cho‘ziladigan armatura og‘irlik markazidan element siqilgan kesimi qirrpsigacha bo‘lgan masofa); As – cho‘ziladigan armatura ko‘ndalang keesimi yuzasi.
3.3–rasm. Bir tomonlama armaturalangan to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli element kuchlanish sxemasi
Egiladigan element uchun muvozanat tenglamalari tuziladi. Birinchi muvozanat shartidan – hamma zo‘riqishlarning element bo‘ylama o‘kiga proeksiyalari yig‘indisi nolga teng bo‘lish sharidan (Σx = 0) quyidagi muvozanat tenglamasini olamiz
RsAs – Rbbx=0 (3.7)
Bu tenglamadan element siqilish zonasi balandligi x ni topish uchun foydalaniladi.
Muvozanat shartining ikkinchi shartidan – hamma, tashqi yuklar va ichki zo‘riqishlardan ma’lum bir o‘qqa nisbatan olingan momentlar yig‘indisi nolga teng bo‘lishi shartidan (ΣM=0) quyidagi muvozanat tenglamasini olamiz. Bunda moment o‘qini cho‘zilgan armatura og‘irlik markaziga yoki siqilgan zona markaziga joylashtiramiz:
M – Mu = 0 (3.8)
Moment o‘qi cho‘zilgan armatura og‘irlik markaziga joylashtirilganda
Mu = Rbbx(h0 – 0,5x) (3.9)
Moment o‘qi siqilgan beton kesim og‘irlik markaziga joylashtirilganda
Mu = RsAs (h0 – 0,5x) (3.10)
Element mustahkamligi normal kesim bo‘yicha ta’minlanishi uchun quyidagi shart bajarilishi lozi:
M Mu . (3.11)
bu erda: M – tashqi yuklardan eguvchi moment; Mu – (3.9) va (3.10) formulalardan aniqlanadigan ichki zuriqishlarda momentlar.
Ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi egiluvchan elementlarda siqilgan zona balandligi (3.7) tenglamadan aniqlanadi:
x Rs As
b2 Rbb
(3.12)
Siqilgan zonaning nisbiy balandligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
x ho
Rs As
b2R bbh0
Rs ,
b2R b
(3.13)
bu erda: μ – armaturalash koeffitsienti;
As ,
bh0
Armaturalash koeffitsienti o‘rniga armaturalash protsenti tushunchasini qo‘llash qulay hisoblanadi:
% 100
As .
bh0
(3.14)
Berilgan tashqi moment qiymati bo‘yicha har xil kesimdagi va kesimi har xil armaturalangan temirbeton elementlarni loyihalash mumkin.
Masalan, kesim balandligi oshirilganda armatura miqdori kamayadi. Loyihalashda iqtisodiy samaradorlikka e’tibor berish talab etiladi.. Temirbeton to‘sinlar uchun armaturalash protsenti μ%=1…2%, plitalar uchun esa μ%=0,3…0,6% qabul qilish tavsiya etiladi. Umuman egiluvchan temirbeton elementlar uchun armaturalash protsenti 0,05 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Kesimi to‘g‘ri to‘rburchak shaklidagi egiladigan elementlarni hisoblashni soddalashtirish uchun yordamchi 3.1 jadvaldan foydalanish
mumkin. Bu jadvaldan foydalanish uchun hisoblash formulalariga bir oz o‘zgartirishlar kiritami.
(3.5) va (3.6) formulalardagi siqilish zonasi balandligini quyidagi ifoda ξho bilan almashtiramiz va quyidagi formulalarni olamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |