Ишлаб чиљариш омиллари бозори



Download 1,13 Mb.
bet22/27
Sana19.03.2022
Hajmi1,13 Mb.
#501174
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
GL 13 05

Diffyerentsial renta. Absolyut rentani qaraganimizda, yerning sifati, joylashuvi bir xil deb faraz qilgan edik. Haqiqatda esa yerlar hosildorligi bo’yicha hamda joylashuviga ko’ra bir-biridan farq qiladi.
Faraz qilaylik, tabiiy hosildorligi bo’yicha 3 xil yer bo’lsin, ya’ni, yaxshi, o’rtacha va yomon yerlar. Bu yerlarning hosildorligi har xil bo’lganligi uchun, ularning teng o’lchamdagi uchastkalariga teng miqdorda kapital va mehnat sarflasak, turli xil natija olamiz. Hosildorligi yuqori bo’lgan yerdan, boshqa yerlarga nisbatan ko’proq hosil olamiz va bu ortiqcha olingan hosil yerning faqat tabiiy hosildorligi bilan bog’liqdir. Yaxshi hosildor yerga renta o’rtacha yer rentasiga ko’ra yuqori, o’rtacha yer rentasi esa yomon yer rentasiga ko’ra ko’p bo’ladi, yomon yer egasi esa sof iqtisodiy (absolyut) renta oladi (4-rasm).
Eng yaxshi yer egasi har bir gektar yerdan har oyiga diffyerentsial renta ni oladi, o’rtacha yer egasi - rentani. Yomon yerning rentasi nolga teng. Biz bu yerda yaxshi, o’rtacha va yomon yerlarning o’lchami teng deb faraz qildik. Xuddi shunga o’xshash diffyerentsial rentalarni yerlarning joylashuviga ko’ra ham aniqlash mumkin.


13.29-rasm. Diffyerentsial renta.
Biz yuqorida yerlarni tabiiy hosildorligi bo’yicha rentalarni ko’rdik. Lekin, yer hosildorligini unga qo’shimcha kapital sarflab ham (masalan, optimal darajada o’g’it berish, yangi agrotexnikani qo’llash) oshirish mumkin. Masalan, yaxshi yerga qo’shimcha kapital sarflasak, u quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin: a) qo’shimcha kapital ishlab chiqarish samaradorligini oshirishi mumkin (bu holda yer rentasi dan ga oshadi); b) sarflangan qo’shimcha kapital ishlab chiqarish samaradorligini kamayishiga olib keladi (bu holda yaxshi yer rentasi pasayib ni tashkil etadi). Bordi-yu, qo’shimcha kapital sarfi samaradorlik darajasini o’zgartirmasa, yer rentasi ham o’zgarmaydi.
Yer narxi. Yer narxi yer rentasini kapitalizatsiya qilish yordamida aniqlanadi. Faraz qilaylik, ma’lum bir yer uchastkasi o’lchami yer egasiga bir yilda renta (so’mda) keltirsin. yer qiymatini aniqlashda yer egasi uchun al’ternativ qiymatdan foydalaniladi. Yer narxi shunday pul miqdoriga tengki, agar uni bankga qo’ysak, undan olinadigan foyda ushbu yerdan olinadigan foydaga teng bo’lsa. Demak, yer narxi kelajakda olinadigan yer rentasining diskontirlangan (keltirilgan) qiymatiga teng:
Yer narxi - bu kapitalni muddatsiz qo’yish demakdir.
Agar bo’lsa, u holda
bu yerda - - yil rentasi; - ssudaning bozor foiz stavkasi.
Agar renta 1000 so’m bo’lsa, ssudaning bozor foiz stavkasi 5% bo’lsa, yerning narxi so’m bo’ladi.
Haqiqatdan qaraganda renta ijarachining yer egasiga to’laydigan ijara haqining bir qismi hisoblanadi. Ijara haqi tarkibiga rentadan tashqari yer ustidagi inshootlarning amortizatsiyasi hamda yerga qo’yilgan kapital foizi kiradi. Yer egasi yer ustiga qandaydir qurilish qilgan bo’lsa yoki inshootlar qurgan bo’lsa, ularning qiymatini qoplashi kyerak, xuddi shunday, agar kapital sarflagan bo’lsa, ushbu kapitalga foiz olishi kyerak. Yer egasi ushbu kapitalni bankga qo’yib foiz olishi mumkin edi.
Misol 1. Fyermer xo’jaligida bug’doy etishtirish funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega:
- bug’doy ishlab chiarish hajmi yer maydoni ga bog’liq. Bir sentner bug’doyning narxi 20 so’m. Agar fermerning yer maydoni 30 gektar bo’lsa, u yer egasiga qancha miqdorda renta to’laydi? Agar foiz stavkasi bir yilda 10% bo’lsa, bir gektar yer narxi necha so’mga teng bo’ladi?
Echish. Ma’lumki, raqobatlashgan bozorda resurs (ya’ni, yer) narxi uning pulda ifodalangan chekli mahsulotiga teng, ya’ni
Yerning puldagi chekli mahsuloti:
Yer maydoni 30 gektar bo’lgani uchun
so’m.
Demak, fermer har bir gektar yer uchun 5600 so’m renta to’laydi.
Fermerning umumiy daromadi:

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish