13.20-rasm. Daromadlarni qayta taqsimlanishi natijasida
Lorens egri chizig’ining siljishi.
Barcha rivojlangan mamlakatlarda daromadlarni qayta taqsimlash siyosati davlat tomonidan amalga oshiriladi. Progressiv, ya’ni o’sib boruvchi soliq tizimiga ko’ra, aholining boy qismidan yuqoriroq foizda soliq olinsa, aholining kam daromadli qismidan kamroq foizda soliq olinadi. Soliq to’lovlaridan tushgan daromadning bir qismi kam ta’minlangan aholini ijtimoiy himoya qilishga sarflanadi. Deyarli barcha davlatlarda aholini ijtimoiy sug’urtalash va kam ta’minlangan aholiga moddiy yordam berish dasturlari mavjud.
Davlatning aholini ijtimoiy himoya qilish dasturi bo’yicha ko’p bolali oilalarga yordam beriladi, oziq-ovqat mahsulotlari ajratiladi va boshqa har xil imtiyozlar belgilanadi Davlatning daromadlarni qayta taqsimlash siyosati natijasida Lorens egri chizig’i to’g’rilanib 0F chizig’i tomonga siljiydi, ya’ni Lorens egri chizig’i holatdan holatga siljiydi (13.20-rasm).
Daromadlarni qayta taqsimlash siyosati istiqbolda o’zini samarasini beradi. Nima uchun deganda, kam ta’minlangan aholi o’qish, bilim olish imkoniyatiga ega bo’ladi va ular kelajakda jamiyat taraqqiyotiga o’z hissalarini qo’shadilar.
Bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat o’z a’zolariga keng va shu bilan birga teng imkoniyatlar yaratadi, lekin bu imkoniyatdan foydalanish har bir shaxsning o’ziga bog’liq.
Misol. 20 foiz aholining kam ta’minlangan qismi jamiyatdagi umumiy daromadning 10 foizini oladi, aholining eng yaxshi ta’minlangan 20 foiz qismi esa jamiyatdagi daromadning 40 foizini oladi.
Berilgan ma’lumotlarga ko’ra daromadni notekis taqsimlanish darajasini ifodalovchi Djini koeffitsienti topilsin.
Echish. Berilgan ma’lumotlarga ko’ra Lorens egri chizig’ini chizamiz.
13.21-rasm. Lorens egri chizig’i.
Djini koeffitsienti quyidagicha topiladi:
, bu yerda
Ma’lumki,
yuzi=0AN uchburchak yuzi Q trapetsiya yuzi Q trapetsiya yuzi.
0AN uchburchak yuzini topamiz: .
Djin koeffisientini hisoblaymiz
Shuni ham eslatib o’tish kyerakki, Djin koeffitsienti aholining yirik guruhlari (kam ta’minlangan 20 foiz, o’rtacha ta’minlangan 60 foiz va yaxshi ta’minlangan 20%) ichidagi notekislikni hisobga olmaydi.
Quyidagi misolni echish tavsiya etiladi.
Misol. 50 foiz aholining o’rtacha ta’minlangan qismi jamiyat daromadining 50 foizini oladi. 20 foiz eng kam ta’minlangan qismi 5 foiz daromadni oladi.
Berilgan ma’lumotlarga ko’ra Lorens egri chizig’i chizilsin va Djin koeffitsienti aniqlansin.
Qisqa xulosalar
Ishlab chiqarish omillari bozori deganda, mehnat, xom ashyo, kapital, yer va boshqa ishlab chiqarish resurslari bozori tushuniladi. Resurslar bozoridagi talab va taklif iste’mol tovarlari bozori ta’sirida shakllanadi. Shuning uchun ham resurslarga bo’lgan talab hosila talab bo’lib, firmaning ishlab chiqarish hajmidan va uning xarajatlariga bog’liq. Ishchi kuchiga bo’lgan talabni alohida firma uchun qaraymiz. Bozor (tarmoq) talabini aniqlash uchun tarmoqqa qarashli firmalar talablari yig’ib chiqiladi.
Ish haqi oshganda, ko’pchilik ko’proq ishlab, ko’proq daromad olishga harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan sari bo’sh vaqtning ham qimmati oshib boradi. Inson ma’naviy o’sishga ham intiladi. Demak, ish vaqtining o’sishi o’z chegarasiga ega. Nima uchun deganda, insonlar, ishlab topgan daromadini ko’proq zavq olish uchun, dam olishga sarflaydilar. Ish vaqti ma’lum vaqtgacha o’sgandan keyingi ish haqining o’sishi, ish vaqtini qisqarishiga olib keladi. Ish haqi oshganda o’rnini bosish samarasi hamda daromad samarasi mavjud bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |