13.14-rasm. Sof monopol mehnat bozorida monopolistning ish haqiga va bandlikka ta’siri.
Raqobatlashgan mehnat bozorida muvozanat nuqtada o’rnatiladi va ishchi ish bilan ta’minlanib, ish haqi oladi. Mehnat bozorida kasaba uyushmasi monopol hokimiyatga ega bo’lganligi uchun, u band bo’lgan ishchilar sonini dan ga qisqartirib, ish haqini dan ga oshirishi mumkin. Ishchilar oladigan al’ternativ foyda (iqtisodiy renta) to’rtburchak yuziga teng.
Mehnat bozoridagi ikki tomonlama monopoliya. Bunday bozorda monopsonist firmaga ishchi kuchini taklif qiluvchi monopolist (kasaba uyushmasi) turadi.
Ikki tomonlama monopolistik bozordagi holat quyidagi 13.15-rasmda ko’rsatilgan.
13.15-rasm. Mehnat bozoridagi ikki tomonlama monopoliya.
Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat nuqtada o’rnatilgan bo’lar edi. Bu nuqtada mehnatga bo’lgan talab va taklif chiziqlari kesishadi. Muvozanat holatda ishchi ish bilan band bo’lib, ish haqi oladi. Lekin, monopsonist firma ish bilan band bo’lgan ishchilar sonini dan gacha qisqartirib, ish haqini dan gacha qisqartirishga harakat qiladi. Kasaba uyushmalari (monopolist) ish kuchi taklifini qisqartirib, ( gacha), ish haqini gacha ko’tarishga harakat qiladi.
Shunday qilib, ish bilan band bo’lgan ishchilar sonining nisbatan kichik o’zgarishga ish haqlarining (ushbu yondashishda) bir-biridan juda katta farq qilishi to’g’ri keladi . Ushbu vaziyatda ish haqining qanday bo’lishi, qarama-qarshi turgan monopolistik va monopsonik kuchlarga bog’liq. Ko’rinib turibdiki, ish haqi muvozanat ish haqi ga ham yaqinlashishi mumkin.
Ish haqi stavkalari differentsiasiyasi (tabaqalashuvi). Biz yuqoridagi mulohazalardan ish haqini o’zgarmas deb qaradik. Amalda o’rtacha ish haqi mutaxassisliklar bo’yicha ham, tarmoqlar bo’yicha ham, hattoki bir xil ishni bajaruvchi ishchilar bo’yicha ham farq qiladi. Masalan, avtomobilsozlik tarmog’ida ishlaydigan ishchilarning o’rtacha ish haqi, qurilish sohasida ishlaydigan ishchilarning o’rtacha ish haqlaridan farq qiladi, xuddi shunday kimyo tarmog’idagi o’rtacha ish haqi ham engil va oziq-ovqat sanoatidagi o’rtacha ish haqidan farq qiladi. Poliklinikada ishlovchi har xil kategoriyadagi vrachlarning ish haqi ham bir xil emas. Yuqori kategoriyali vrach past kategoriyali vrachga qaraganda ko’proq maosh oladi.
Ushbu farqning tagida, insonlar qobiliyatining xilma-xilligi, ma’lumoti, bilimi, tajribasi, malakasi yotadi. Bulardan tashqari, ular bajaradigan ishlarning turi ham, ular oladigan daromadlarga har-xil ta’sir qiladi. Ishning murakkabligi, ishlab chiqarishning inson hayoti uchun zararli bo’lishi, ushbu sohada ishlovchilarning ish haqida ushbu zararni qoplaydigan qo’shimcha ish haqida o’z ifodasini topadi.
Quyidagi 13.6-rasmda ishning og’irligi va zararligi uchun to’lanadigan qo’shimcha ish haqi ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |