13.11-rasm. Individual shaxsning mehnati taklifi chizig’i.
Ish haqining birinchi bosqichida dan ga o’sishi, ish vaqtini dan soatga oshiradi. Bu yerda o’rnini bosish samarasi daromad samarasidan yuqori bo’ladi. Ish haqining ikkinchi bosqichidagi dan ga o’sishi, ish vaqtiga ta’sir qilmaydi, ishchi soat ishlaydi, o’rnini bosish samarasi daromad samarasiga teng. Uchinchi bosqichdagi ish haqining dan ga o’sishi, ish vaqtini dan ga qisqartiradi, o’rnini bosish samarasi daromad samarasidan kam bo’ladi.
Ko’rinib turibdiki, daromadning o’sishi dam olishga bo’lgan talabni oshiradi. Ushbu hol ish vaqtini qisqarishi va dam olish vaqtini oshishida o’z ifodasini topgan. Ish haqining oshishi bilan birga dam olishning narxi ham oshadi.
Odatda, rivojlangan mamlakatlarda aholining o’rtacha daromadi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholining o’rtacha daromadidan ancha yuqori bo’lgani uchun, ular ko’proq dam olishga harakat qiladi (Daromad samarasi, o’rnini bosish samarasidan yuqori). Rivojlanayotgan davlatlarda ish haqi past bo’lgani uchun, ish haqining o’sishi, ishchilarni ko’proq vaqt ishlab, ko’proq daromad qilishga undaydi (o’rnini bosish samarasi, daromad samarasidan yuqori bo’ladi).
Mehnat bozorida monopsoniya bo’lgan hol. Bunday hol ko’proq kichik shaharlarda uchraydi. Shaharda yagona ishlab chiqarish korxonasi bo’lib, u shahar aholisining asosiy qismini ish bilan ta’minlaydi.
Shaharda boshqa ish joylari kam bo’lgani uchun, ushbu vaziyat monopsonik bozor vaziyatiga yaqin bo’ladi. Monopol korxona mahalliy mehnat bozorida ishchi kuchini sotib oluvchi yagona korxona bo’lgani uchun ham u ish haqiga ta’sir qila oladi. Korxona ishga yollaydigan ishchilar sonini qisqartirsa, ishga kiruvchilar o’rtasida raqobat kuchayadi va bu ish haqini muvozanat darajasidan pastga tushiradi (13.12-rasm).
13.12-rasm. Monopsonist mehnat bozori.
Raqobatlashgan mehnat bozorida muvozanat holat nuqtada o’rnatiladi. nuqtada talab va taklif chiziqlari kesishadi. Muvozanat holatida ishchi miqdordagi ish haqi bilan ta’minlanadi. Monopsonist har bir birlik mehnat uchun bir xil ish haqi to’lagani uchun taklif chizig’i o’rtacha xarajat chizig’idan iborat bo’ladi. Chekli mehnat xarajatlari chizig’i o’rtacha xarajat chizig’idan yuqorida yotadi. va chiziqlarini kesishgan nuqtasi monopsonik holatda qancha ishchi bilan band bo’lishini aniqlaydi. Bu yerda monopsonik muvozanat holati sharti. Demak, monopsonist ishchilar sonini dan qisqartirib, ish haqini dan ga qisqartirishga erishadi. Shunday qilib, monopsonist bir vaqtning o’zida ham ishchilar sonini qisqartirib, ham ish haqini pasaytirib, o’z foydasini to’rtburchak yuziga teng bo’lgan miqdorda oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |