ҚИРҚ олтинчи илмий-амалий конференцияси материаллари


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/185
Sana08.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#644261
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   185
Bog'liq
Talabalar konferensiyasi 2020.05.22

Foydalanilgan adabiyotlar 
 
1.Soliev.A, Nazarov.M, Qurbonov.Sh O‘zbekiston hududlari ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi – T., “Mumtoz so‘z”, 2010 
2.Soliev.A O‘zbekiston geografiyasi (O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) 
– T., “Universitet”, 2014 
3.Ro‘ziev.A Surxondaryo viloyati – T., “Jayhun”, 1996 
4.Ananev.A Sherobod vohasi yerlarini Surxon suvi yordamida sug‘orish loyihasi – T., 
“Sharq”, 2002 
5.Tursunov.S, Qobilov.E va boshqalar. Surxondaryo tarixi – T., “Sharq”, 2004 
6.Jarqo‘rg‘on 75 yoshda (kichik to‘plam) “Jarqo‘rg‘on”, 2001 
7.Surxondaryo viloyati Statistika boshqarmasi 
ТУПРОҚ ВА АТРОФ-МУҲИТ МУҲОФАЗАСИ МУАММОЛАРИ 
ШЎЪБАСИ 
EKOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA YANGI METOD VA 
TEHNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
Sultonov Xudoyshukur G‘ayratovich
ekologiya ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich ta’labasi 
Ilmiy rahbar: Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi professori Zokirov Xolmat 
Xurramovich 
Respublikamiz xalq ta’limi o‘ziga xos rivojlanish davrini boshdan 
kechirmoqda. Bu esa o‘ziga xoslik, avvalo, ta’lim-tarbiya mazmunini milliylashtirish, 
ya’ni o‘zimizning juda boy o‘tmish tariximiz, madaniyatimiz, fanimiz, tilimiz o‘z 
mohiyati bilan juda chiroyli, yuksak insoniy, axloqiy mazmunga ega bo‘lgan milliy urf-
odatlarimiz asosida jamiyatimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodni o‘qitish muyassar 
bo‘lganida ko‘rinadi.
61
Bu sharoit barchamizdan juda katta ko‘tarinkilik bilan 
jamiyatimizning yosh avlodini yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, milliy g‘urur ruhida 
tarbiyalashga imkon beradi. O‘quvchilarda axloqiy sifatlarni tarbiyalash, avvalo, 
o‘zimizda bu sifatlarni mujassamlashtirishni talab qiladi. Shu bilan birga ekologiya kursi 
ta’lim-tarbiyasiga yangicha yondashish, yangicha uslub va mazmun, shakl va 
vositalardan foydalanishni taqozo etadi. Hozirgi vaqtda eski uslub bilan yangi 
vazifalarai amalga oshirib bo‘lmaydi. Chunki yangi texnologiyalar o‘z tushunchalari, 
61
Nuritdinova M. “Tabiatshunoslik o`qitish mеtodikasi” Toshkеnt, 2005 yil 
2
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risidagi O`zbеkiston Rеspublikasi qonuni. - 1997 y. 


~ 179 ~ 
“tili” bilan kirib kelib, Vatan iqtisodiyoti, fan-texnika taraqqiyotining darajasini asta-
sekin yuksaltirmoqda. 
Shuni aytish joizki, ekologiya fanida yangi ta’lim tizimi, mazmuni, o‘quv reja, 
darsliklar asosida o‘quv jarayonini loyihalashtirishga ham yangicha yondashish, tashkil etish 
zaruriyati tug‘ilmoqda. Hozirgi zamon ta’limida didaktik-semantik jihatlarni aniqlash 
kam o‘rganilgan sohalarga kiradi. Hanuzgacha tushunish muammosi (mohiyati) odamlar 
tomonidan har xil talqin qilinadi, didaktlar semantik jihatdan murakkab matnlar va 
g‘oyalarni bayon qilish usullari ustida kam bosh qotirmoqdalar. Ilmiy konsepsiyalar 
murakkablashib, chuqurlashib borayotgan hozirgi davrda semantik muammolar ekologiya 
kursini o‘quv materialni bayon qilish, o‘quvchilarni fan rivojining yangi davrini tashkil 
qiluvchi nazariyaga ertaroq olib kirish, ta’limda dalillar bilan nazariyalar munosabatlarini 
hal qilish muhim ahamiyatga ega. Bu masala ham tezroq o‘z yechimini topishi lozim.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida 
ishlab chiqilgan umumiy ta’lim fanlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari ishlab 
chiqilib bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishilgandan keyin bu sohadagi 
ishlarni aniq bir tizimga solish, qo‘llab-quvvatlash, yangiliklarni joriy etishga yetarli 
shart-sharoitlar yaratadigan tuzilmalarga bo‘lgan ehtiyoj yaqqol ko‘zga tashlandi.
62
Chunki davlat ta’lim standartlari o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan majburiy minimal 
daraja bo‘lib, davr o‘quvchilarga ta’lim standartlari darajasi talablaridan oshirib 
bilim, iqtidor va ko‘nikmalar berishni taqozo etadi.
63
Bu masalani ijobiy hal qilish ilg‘or tajribalar, yangi pedagogik texnologiyalarni 
izlash ularning didaktik imkoniyatlarini sinab ko‘igan holda amaliyotga tatbiq etishga 
bo‘lgan hayotiy ehtiyojni oshirib yubordi. Bundan kelib chiqadigan amaliy xulosa 
ta’limiy ilg‘or yangiliklarni aniqlash, ularning jamg‘armalarini tashkil etish, sinab 
ko‘rish, pedagogik amaliyotga tatbiq qilishning ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va 
amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratishning dolzarbligini oshirib yubordi.
64
Bu darajadan yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun izlanish va tashabbus 
lozim. Pedagogik innovatsiyalarni yaratish va ularni boshqarish avvalambor ana shu 
dolzarb vazifalami hal qilib beradi. Shu boisdan ham pedagogik innovatsiyalarni izlab 
topish, o‘rganish, tahlillar ostida eng ko‘p samara beradiganlarini tanlab olish va ularni 
amaliyotda qo‘llash tartibini belgilab beradigan bir tizimni yaratish maqsadga muvofiqdir. 
Ilg‘or pedagogik tajribani ifodalovchi yana bir mezon uning yuqori natijaga erishishi 
uchun zamin hozirlashidir. Bunda o‘quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasi 
hisobga olinishi zarur. Shunda ekan ekologiya fani o‘tkazilgan tarbiyaviy tadbirlarning 
soni emas, balki, ularning o‘qituvchilarni inson sifatida shakllanishiga ta’sirining 
mezoni sifatida qarash lozim. Bundan tashqari, ilg‘or pedagogik tajribaning qulayligi 
va tejamliligini ham e’riborga olinishi lozim. Chunki yuqori natijaga erishishda 
o‘quvchilar va o‘qituvchilarning vaqtini tejash, ularni toliqtirishdan asrash ham 
muhimdir. Darhaqiqa, hammasi uning nihoyatda qiyin, murakkab va ko‘p qirrali 
jarayon ekanligini ko‘rsatadi. Shulardan kelib chiqib, pedagogik texnologiyaga ta’rif 
berish mumkin. Pedagogik texnologiya o‘qituvchi pedagogik mahoratining yuksak 
3
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risidagi O`zbеkiston Rеspublikasi qonuni. - 1997 y. 

Tolipova J.O.G`ofurova A.T. “Ta'lim jarayonidagi noan'anaviy shakllari.” Mеtodik qo`llanma. - T.: 1994 y. 
5
Тўхтаев А.С. Экология (экология йўналишидаги умумтаълим мактаблари ва лицейлари учун дастур). 
Республика таълим маркази. Т.2000 й. 


~ 180 ~ 
cho‘qqisi hisoblanib, ta’lim-tarbiyaning har qanday murakkab vaziyatida ham aniq 
qo‘llaniladigan usul, vositalarining birligi anglatadi. Shunday ekan o‘qituvchilar 
ta’limning darsdan tashqari har bir shaklining tuzilishi, bosqichlarini an’anaviy darsdan 
ustunligini amalda sinab ko‘rib, ta’sirchan shaklini aniqlashlari zarur. Bu esa o‘z-
o‘zidan hosil bo‘lmaydi, buning uchun ta’lim nazariyasini, uning hozirgi zamon 
muammolarini bilish, ijod qilish, tinmay izlanishlarni hozirgi zamon talablariga 
muvoffiq talab etiladi. 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish