ҚИРҚ олтинчи илмий-амалий конференцияси материаллари



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/185
Sana08.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#644261
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   185
Bog'liq
Talabalar konferensiyasi 2020.05.22

Adabiyotlar: 
1. Mirziyoyev Sh.M., Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda 
quramiz. Toshkent. Oʻzbekiston, 2016. 
2. Karimov I.A., Oʻzbekiston ХХI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va kafolatlari. -Т.: Oʻzbekiston, 1997.
3. Soliyev A., Oʻzbekiston geografiyasi- Toshkent, 2014. 
4. Qumqoʻrgʻon tumanining statistik axborotnomasi.- Termiz, 2019. 
 
 
 
 
 


~ 176 ~ 
ZANG KANALINING SURXONDARYO VILOYATI QISHLOQ XO‘JALIGI 
TARAQQIYOTIDAGI AHAMIYATI
 
Odilov Salohiddin Abdulaziz o‘g‘li tabiiy fanlar fakulteti, geografiya ta’lim 
yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi 
Ilmiy rahbar: g.f.n, dotsent Abdunazarov Husan Mengliyevich 
Surxondaryo viloyati respublika hududiy mehnat taqsimotida o‘zining agrosanoat 
majmuasi, xususan paxta va g‘alla yetishtirish, chorvachilik mahsulotlari bilan ajralib 
turadi. Paxta va g‘alla yetishtirishda muhim boyliklarimizdan biri – suv alohida o‘rin 
tutadi. Mintaqada mamlakatimizning boshqa hududlaridan farq qilib, subtropik xo‘jalik 
yaxshi rivojlangan. Asosiy daryolari Surxon va Sherobod viloyat xo‘jaligi va aholi 
geografiyasini shakllantiruvchi muhim omil sifatida xizmat qiladi. Ulardan barpo etilgan 
qator kanal va suv omborlari (Uchqizil, Janubiy Surxon suv omborlari, Zang, Hazorbog‘ 
va boshqa kanallar) yordamida sug‘orma dehqonchilikda foydalaniladi. Tog‘ 
yonbag‘irlarida lalmikor dehqonchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik uchun sharoit 
qulay. Umuman olganda, Surxondaryo respublikamizda nisbatan suv resurslari bilan 
yaxshi ta’minlangan viloyat hisoblanadi. 
Surxon-Sherobod vohasining eng yirik irrigatsiya qurilishlaridan biri Zang kanali 
Janubiy Surxon suv omboridan 28 km pastda, Jarqo‘rg‘on tumanining “Arpapoya” 
qishlog‘idan boshlanadi. Surxondaryo viloyatidagi jami sug‘oriladigan yerlarning 22 % 
ushbu kanal yordamida sug‘oriladi. Kanal uzunligi 88 km bo‘lib, sekundiga 85 m³ suv 
o‘tkazish quvvatiga ega. Maydoni: 49,3 ming gektar. Zang kanalining qurilish tizimi 
ikki qismdan ya’ni: pastki va yuqori qismdan iboratdir. Pastki qismining o‘zi ham ikkiga 
bo‘linadi: Tallimaron kanali (uzunligi 25 km) va Pastki Zang kanali (uzunligi 12 km). 
Zang kanalining yuqori qismi uzunligi 29 km bo‘lib, viloyatning Tallimaron, pastki 
Zang kanallarining yuqori qismidagi yerlarning 2/3 qismini suv bilan ta’minlaydi. 
Shuningdek Sherobod vohasining janubiy qismida joylashgan dasht yerlarni sug‘orish 
imkoniyatini ham beradi. Zang kanalining qayta ta’mirlanishi natijasida, uning umumiy 
uzunligi yanada ortdi. Kanal Surxondaryoning o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab, dastlab Xovdag 
tepaligining sharqiy tomonidan aylanib o‘tib, Jarqo‘rg‘ondan 15 km uzunlikda, janubiy 
tomondan esa 24,8 km.ga cho‘zilib pastki Zang va Tallimaron bo‘ylab oqib o‘tadi. Zang 
kanalining 25,7 km.ida Tallimaron “Shoxidyuker” suv osti ko‘prigi orqali 
Qorasuvdaryosidan o‘tib, Beshqo‘ton massivi orqali Muzrabotsoyigacha uzaytirilgan va 
u 67 km.ga yetgach to‘la sug‘orishga sarflanadi. 
Zang kanali tizimini yaxshilash va suvning isrof bo‘lishi oldini olish maqsadida 
Respublika hukumatining 1964-yil 10-avgustdagi qarori asosida kanalni beton qoplama 
bilan qoplash, suvni isrof qilish miqdorini keskin kamaytirish chora-tadbirlari ishlab 
chiqildi. Ushbu qaror natijasida kanalning beton qoplamasi tufayli suvni tejash bilan 
birgalikda, yerlarning meliorativ holatini ham yaxshilash ko‘zda tutildi. Qayta 
ta’mirlash loyihasida kanal uzunligini 90,5 km, suv o‘tkazish xususiyatini esa 85 
m
3
/sekundga yetkazish belgilandi. 1965-yili minglab kishilar viloyatning muhim suv 
arteriyasini qayta ta’mirlash ishlarida ishtirok etishdilar. Zang kanalini qayta ta’mirlash 
bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilib, kanalning suv o‘tkazuvchanlik imkoniyati 56 
m
3
/sekunddan 73 m
3
/sekundga oshdi. 1967-yil 25-martda Janubiy Surxon suv ombori 


~ 177 ~ 
Zang magistral kanalining kengaygan va betonlangan o‘zani bo‘ylab suv berdi. Yil 
davomida Zang kanaliga 21 km uzunlikda beton yotqizildi. Zang kanalini uzaytirish va 
qayta ta’mirlash 1968-yilning martida tugatildi. Zang kanalini betonlash har yili 40 mln. 
m

suvni tejash imkoniyatini berdi. Bu esa Uchqizil suv ombori foydalilik hajmining 
deyarli yarmiga teng deganidir. Qayta ta’mirlash ishlari natijasida, Zang kanalining 
uzunligi 90,5 km.ga, suv o‘tkazish quvvati esa 86 m
3
/sekundga yetdi. Natijada 
qo‘shimcha minglab gektar yerlar sug‘oriladigan bo‘ldi. Agar 1958-yilda Zang sistemasi 
27,1 ming gektar yerni sug‘organ bo‘lsa, 1968-yilda bu ko‘rsatkich 60 ming gektarga 
yetdi. Zang kanalining ta’mirlanishi va uzaytirilishi natijasida paxta maydoni 1958-yilda 
20 630 gektar bo‘lib, 50 ming tonna paxta hosili olingan bo‘lsa, 1968-yilda paxtaning 
Termiz, Angor va Jarqo‘rg‘on rayonlaridagi maydoni 49 580 gektarga yetkazilib, paxta 
hajmi tonna hisobida 2,5 barobarga oshdi. 1962-yildan 1968-yillargacha Sherobod 
dashtida 30 841 gektar qo‘riq yerlar o‘zlashtirildi. Shundan 1969-yilning 1-
yanvarigacha 15 450 gektar maydonga paxta ekildi. Ushbu o‘zlashtirilgan yerlarga Zang 
magistral kanalidan suv chiqarildi. 1975-yilda umumiy maydoni 35 ming gektar bo‘lgan 
Muzrabot va Boldir massivlari to‘liq o‘zlashtirilib, Zang kanali tarmoqlari orqali 80 
ming gektar yerni sug‘orish imkoniyati yaratildi. Shunday qilib, Janubiy Surxon suv 
omborining qurilishi va qadimiy Zang magistral kanalining qayta ta’mirlanishi, yangi 
Sherobod mashina magistral kanalining qurilishiga imkoniyat yaratib berdi. Natijada 
Sherobod dashtining shimoliy qismidagi minglab gektar qo‘riq yerlarning 
o‘zlashtirilishiga imkoniyat yaratildi. 
Bugungi kunda Zang kanalining 40 km.ga yaqin qismida beton yotqizilgan. Sug‘orish 
mavsumidan boshqa davrda kanal suvi Uchqizil suv omboriga beriladi. Surxon 
vohasining iqtisodiy rivojlanishi va qishloq xo‘jaligining yanada yuksalishida Zang 
kanalining ahamiyati nihoyatda katta bo‘ldi. Zang kanalining qurilishiga asos solgan va 
mahalliy irrigator sifatida tanilgan Shonazar o‘g‘li Ismoil Miroxo‘rning nomini 
abadiylashtirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligining 1994-yil 7-iyun № 212-
sonli qaroriga asosan, Zang kanaliga Shonazar o‘g‘li Ismoil Miroxo‘r nomi berildi. 
Xulosa qilib aytganda Surxondaryo viloyati qulay agroiqlimiy sharoitlarga ega. 
Vegetatsiya davri uzoq, haroratlar yig‘indisi 5500
0
-5900
0
ni tashkil qiladi.Shu bois, bu 
erda turli xil issiqsevar subtropik mevalar yetishtiriladi. Bu borada mintaqa 
respublikamizda alohida ajralib turadi. Vohada anjir, anor, bodom, pista, yong‘oq, 
uzum, xurmo, sitrus mevalari ko‘plab yetishtiriladi. Bu mevalarning yetishtirilishida esa 
Zang kanali alohida ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda Zang kanali Surxondaryo 
viloyatining qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligida, shuningdek iqtisodiyotida ham juda 
muhim gidrografik obyekt sanaladi. Sababi bu kanal orqali minglab aholi o‘z xo‘jaligini 
yuritadi. Bugun bozor rastalarida xilma-xil ravishda ko‘zimizni qamashtirib, yurtimiz 
fayziga ko‘rk berib turgan poliz, sabzavot, bog‘dorchilik va uzumchilik 
mahsulotlarinining yetishtirilishida Zang kanali suvining xizmati katta. Bu mahsulotlar 
orqali viloyatimiz keyingi yillarda o‘zining eksport salohiyatini yanada yaxshilab oldi 
va qishloq xo‘jaligi sohasida ham yuqori siljishga erishdi. Bugungi kunda Zang kanali 
oqib o‘tadigan hududda
300 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Bu esa 300 ming aholining turmush kechirishi 
uchun Zang kanalining o‘rni beqiyos ekanligidan dalolat beradi. Demak Zang kanali 
Surxondaryo sharoitida aholining qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishdagi asosiy 


~ 178 ~ 
obyektlartdan biri sanaladi. Xalqimiz, yeri boyning eli boy deydi. Yerni daromad 
manbayiga aylantiruvchi muhim omillardan biri suvdir. Bu ne’matni isrof qilmay, undan 
oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish har birimizning insoniylik va fuqarolik 
burchimizdir. 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish