328
foyda yoki ko‘riladigan zararlar aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich xo‘jaliklar
uchun juda muhimdir.
Tannarx deganda bir birlik
mahsulot ishlab chiqarish, ish va
xizmatlarni bajarish uchun sarflangan xarajatlar nazarda tutiladi. Uning
mutlaq darajasini aniqlash uchun barcha xarajatlarning umumiy
summasi shu xarajatlar yordamida
ishlab chiqarilgan mahsulot
miqdoriga taqsimlanadi.
Qishloq xo‘jaligida tannarx quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
YM
X
T
=
;
Bunda:
T
– mahsulot, ish yoki xizmatning tannarxi;
X
– qilingan xarajatlarning summasi;
YM
– yalpi yetishtirilgan mahsulot, jami bajarilgan ish,
ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori.
Qishloq xo‘jaligida mahsulotlar tannarxining
quyidagi turlari
aniqlanadi:
- reja tannarxi;
- ishlab chiqarish tannarxi;
- to‘liq tannarxi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash uchun ishlab
chiqarish xarajatlari yig‘indisini yalpi yetishtirilgan mahsulot miqdoriga
taqsimlash orqali aniqlanadi. To‘liq tannarx esa barcha xarajatlarning
yetishtirilgan yalpi mahsulot miqdoriga yoki sotiladigan mahsulot
miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi. To‘liq tannarx
tijorat tannarxi deb
ham ataladi, chunki u asosan sotilgan mahsulotlar uchun hisoblanadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari (ishlar va xizmatlar)ning reja tannarxi
ham aniqlanadi. Reja tannarxi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan
ishlab chiqilgan me’yorlar asosida aniqlanib, qishloq xo‘jalik korxonasi
tomonidan yil boshida tuziladigan “Biznes reja”da aks ettiriladi. Qishloq
xo‘jalik mahsulotlarining reja tannarxini aniqlash yil boshida amalga
oshiriladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – ishlab chiqarilishi
ko‘zda tutilgan mahsulotlarning ilmiy asoslangan me’yorlar asosida reja
tannarxini aniqlab olish va shu asosida tannarxni nazorat qilib borishdir.
Bunda xarajatlar ilmiy asoslangan me’yorlar
darajasida amalga
oshirilayotganligi kuzatib boriladi. Agar ilmiy asoslangan me’yorlardan
ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilsa, uni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf
etish imkonini yaratib beradi.
Qishloq xo‘jaligida barcha xarajatlarni amalga oshirish natijasida
asosiy va turli xildagi qo‘shimcha mahsulotlar olinadi. Jumladan,
329
paxtachilikda paxta xomashyosi asosiy mahsulot hisoblansa, g‘o‘zapoya
qo‘shimcha mahsulot sanaladi. G‘alla yetishtirishda don asosiy, somoni
(poyasi) qo‘shimcha mahsulotdir. Sut yo‘nalishidagi
qoramolchilikda
sut asosiy, buzoq va go‘sht qo‘shimcha mahsulot hisoblanadi. Lekin
tarmoqdagi barcha xarajatlar asosiy mahsulotni yetishtirishga qaratilgan
bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan asosiy va qo‘shimcha
mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxini aniqlashda xarajatlar asosiy
va qo‘shimcha mahsulotlar o‘rtasida koeffitsiyentlar orqali taqsimlanadi.
Masalan, donchilikda qo‘shimcha mahsulot hisoblangan somon
belgilangan koeffitsiyentlar yordamida asosiy mahsulotga aylantiriladi.
Ularni asosiy mahsulotlarning miqdoriga qo‘shib,
yalpi don
mahsulotining shartli miqdori aniqlanadi. Jami shartli mahsulot
tarkibidagi asosiy hamda qo‘shimcha mahsulotlarning salmoqlari
aniqlanadi. Shundan so‘ng jami ishlab chiqarish xarajatlari aniqlab
olingan salmoqqa mutanosib ravishda asosiy va qo‘shimcha
mahsulotlarga taqsimlanadi. Asosiy mahsulot hissasiga to‘g‘ri keladigan
ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy mahsulotning
haqiqiy miqdoriga
taqsimlab, asosiy mahsulotning tannarxi aniqlanadi. Qo‘shimcha
mahsulot hissasiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlarini
qo‘shimcha mahsulotning haqiqiy miqdoriga taqsimlash orqali esa
qo‘shimcha mahsulotning tannarxi aniqlanadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda olinadigan
qo‘shimcha mahsulotlarni shartli asosiy
mahsulotga aylantirish
koeffitsiyentlari 13.1-jadvalda keltirilgan.
13.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: