Iqtisodiyoti



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

Taqrizchilar: 
XATAMOV O.Q.
– iqtisod fanlari doktori
OTAMURODOV Sh.N.
– iqtisod fanlari falsafa doktori
© Nurmatov N.J., Avliyaqulov A.A., 2021 
ISBN 978-9943-709-45-4 © “Fan ziyosi” nashriyoti, 2021



 
 
 
 
 
KIRISH 
Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining o‘rni 
beqiyosdir. Chunki mazkur tarmoq aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
hamda sanoatning ayrim sohalarini xomashyo bilan ta’minlashda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, mamlakatimiz aholisining deyarli 
yarmi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ularning turmush farovonligi 
mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Mamlakatimiz yalpi ichki 
mahsuloti va eksporti tarkibida ham qishloq xo‘jaligi tarmog‘i sezilarli 
salmoqqa ega. Aholi soni va ehtiyojlarining o‘sishi hamda qayta ishlash 
sanoati quvvatlarining yuksalishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
yetishtirish hajmini yanada ko‘paytirishni obyektiv ravishda taqozo 
etadi. Shuning uchun ham mazkur tarmoqni rivojlantirish va 
samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan biridir.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish uchun tarmoqda erkin 
faoliyat yurituvchi turli mulkchilik shakllariga asoslangan tadbirkorlik 
shakllari hamda ular o‘rtasidagi erkin bozor munosabatlarining nazariy 
asoslarini o‘rganish va amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi 
o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan holda, tarmoqqa investitsiyalarni 
ko‘proq jalb etib, fan-texnika yutuqlarini, innovatsiyalarni ishlab 
chiqarishga joriy etish, yer, kapital hamda mehnat resurslaridan samarali 
foydalanish yo‘llarini aniq belgilash, mehnat unumdorligini yuksaltirish, 
mahsulot tannarxini pasaytirish, ishchi-xizmatchilarni rag‘batlantirish 
tizimini takomillashtirish negizida foyda summasini ko‘paytirish 
yo‘llarini belgilab olish maqsadga muvofiqdir. Bu masalalarning ilmiy 
hamda amaliy asoslarini yaratishda, rivojlantirishda, ularni ishlab 
chiqarishga joriy etishda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining o‘ziga xos 
xususiyatlarini e’tiborga olish zarur. 
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida amalga oshirilayotgan 
iqtisodiy islohotlarning yo‘nalishlari, ahamiyati hamda mazmunini 
yoritishda hukumatimiz tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar va 



Davlat dasturlariga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, 2017-
yildan boshlab mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan 
islohotlar yangicha mazmunda davom ettirilib, tub o‘zgarishlar amalga 
oshirilmoqda. Ushbu o‘zgarishlarni inobatga olgan holda “Qishloq 
xo‘jaligi iqtisodiyoti” fani bo‘yicha o‘quv adabiyotlari tayyorlash 
talabalarda fan bo‘yicha nazariy bilimlar bilan birga mamlakatimiz 
qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar va tarmoqni 
kelgusida rivojlantirish yo‘nalishlari haqidagi bilimlarni shakllantirishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 
qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan 
strategiyasida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 
asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Bundan tashqari, mazkur
darslikda qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy munosabatlarning mazmun va 
mohiyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, 
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi va boshqa manbalarning so‘nggi 
ma’lumotlaridan foydalanib, jadvallar, diagrammalar, grafiklar 
yordamida yoritishga e’tibor berildi. 
Hozirgi vaqtda oliy ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan asosiy 
talablardan biri – talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdir. Shuni 
inobatga olgan holda mazkur darslikning har bir bobida zamonaviy 
pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mustaqil fikrlash, o‘z 
fikrini himoya qila olish, jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini 
shakllantiruvchi topshiriqlar ham berilgan.
Mualliflar ushbu darslikning tuzilishi, tarkibi, mavzularning bayon 
etilish tartibi va uslubi bo‘yicha bildirilgan barcha taklif hamda fikr-
mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul qilib, ularni keyingi 
nashrlarda e’tiborga olishga harakat qiladilar. O‘z fikr va 
mulohazalaringizni 
norbek8@mail.ru
 
elektron 
manziliga 
yuborishingizni so‘raymiz. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish