Iqtisodiyoti


Yer resurslaridan foydalanish sohasidagi islohotlar



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

Yer resurslaridan foydalanish sohasidagi islohotlar. 
Yer qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi 
hisoblanadi. Shu sababli mustaqillikning ilk davridan boshlab qishloq 
xo‘jaligida yer resursidan foydalanishni takomillashtirish borasida 
islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Birinchidan, 
mamlakatimizda yerga nisbatan mulkchilik bo‘yicha 
Konstitutsiyamizga alohida norma kiritildi.

Bosh qomusimiz 


hisoblangan 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-
moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi 
hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona 
foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” - deb belgilab 
qo‘yilgan.
 
Ikkinchidan,
mustaqillikning dastlabki yillarida aholiga tomorqa 
yеrlarining bеrilishi ularning turmush sharoitini yomonlashib kеtishiga 
yo‘l qo‘ymadi. Mustaqillik yillarida aholiga 682,5 ming gеktardan 
ortiqroq yеr yakka tartibda uy-joy qurish va tomorqa uchun bеrildi. 
Ushbu islohotni amalga oshirishdan quyidagi maqsadlar ko‘zlangan edi: 
-
aholi 
bandligini 
ta’minlash 
va 
daromadini 
oshirish. 
Mustaqillikning ilk davrlarida sobiq ittifoq davridagi iqtisodiy aloqalar 
uzilishi, ko‘plab korxonalarning o‘z faoliyatini to‘xtatishi natijasida 
mamlakatimiz aholisining ma’lum qismi ishsizlikka duch kelgan edi. 
Ayniqsa bu muammo qishloq joylarda murakkab edi. Qishloq 
aholisining bandligini ta’minlash va shu orqali ularning daromadini 
oshirishda aholiga tomorqa sifatida yerlarning berilishi muhim ahamiyat 
kasb etdi; 
-
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish. 
Mustaqillikning 
dastlabki 
davrida 
qishloq 
xo‘jaligida 
faoliyat 
yuritayotgan xo‘jaliklar faoliyatining pasayishi o‘z navbatida ularda 
ishlab chiqarish hajmining kamayishiga ham olib keldi. Aholiga 
tomorqa sifatida yerlarning berilishi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab 
chiqarish hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Aholi o‘z 
tomorqasida yetishtirgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini o‘z ehtiyojlari 
uchun sarfladi, ehtiyojdan ortgan qismini esa bozorlarda sotib, qishloq 


23 
xo‘jalik mahsulotlari taklifining oshishiga olib keldi. Bu o‘z navbatida 
qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxining keskin ko‘tarilib ketishining 
oldini oldi. Ushbu islohot natijasi o‘laroq hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida dehqon xo‘jaliklarining ulushi 
yuqori. Masalan, 2019-yil holatiga jami qishloq xo‘jalik mahsulotlari 
tarkibida dehqon xo‘jaliklarining ulushi 68,3 foizni tashkil etgan. Shu 
jumladan dehqonchilik tarmog‘ida ushbu ko‘rsatkich 46,8 foizni, 
chorvachilikda esa 91,2 foizni tashkil etgan. 
-
aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirishda muhim ahamiyat 
kasb etdi. Tomorqa sifatida berilgan yerlarda aholi uy-joylar qurdi va bu 
holat ma’lum davrda aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda 
muhim rol o‘ynadi.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish