Beshinchidan,
qishloq xo‘jaligi yerlarining meliorativ holatini
yaxshilashga e’tibor berilmoqda. Yerlarning meliorativ holatini tubdan
yaxshilashni ta’minlovchi tadbirlarni kompleks amalga oshirishni
rivojlantirish juda muhim hisoblanadi. Hozirgi vaqtda respublika
bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarning 45,3 foizi turli darajada, shundan
31,1 foizi kuchsiz, 12,2 foizi o‘rtacha, 2 foizi esa kuchli darajada
sho‘rlangan, 24,4 foiz maydonda esa yer osti suv sathi 2 m va undan
yuqorida joylashgan.
Yerlarning sho‘rlanish darajasiga ayrim joylarda irrigatsiya tizimining
yaroqsiz holga kelganligi, suvdan tejab-tergab samarali foydalanish
qoidalarining
buzilishi,
ekinlarni
sug‘orish
texnologiyasining
takomillashmaganligi, yerdan foydalanuvchi subyektlar sonining
ko‘payishi, ularga ijaraga berilayotgan yer uchastkalarining maydalashib
ketganligi va ularning meliorativ tadbirlarni amalga oshirishga
mablag‘lari yetishmasligi sabab bo‘lmoqda.
Suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklarining 77 foiz
sug‘orish tarmog‘i tuproq o‘zanli bo‘lib, 44 foiz tarmoq ta’mirlash va
tiklashga, 10 foiz tarmoq esa rekonstruksiya qilishga muhtoj.
Mavjud lotok tarmoqlarining asosiy qismi 30 yildan ziyod xizmat
ko‘rsatib ularni o‘z vaqtida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmaganligi,
shuningdek, xizmat muddatlarini o‘tib ketganligi natijasida ularning 70
foizi rekonstruksiya qilish va almashtirishni talab qiladi. Suv
iste’molchilarining suv olish joylari esa aksariyat holda suvni boshqarish
va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan. Natijada irrigatsiya
tizimi va sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti o‘rtacha
0,63, bir qator hududlarda esa undan ham past bo‘lib, asosiy
manbalardan olinadigan suvning 35-40 foizi sug‘orish tarmoqlarida
yo‘qotilmoqda.
Bu muammoni yechishda davlatning bevosita ko‘magi lozim. Bu
muhim tadbirni qishloq xo‘jalik korxonalarining o‘zlari bajara olmasligi
mumkin, chunki ularning texnik-iqtisodiy quvvati yetmaydi. Qishloq
xo‘jalik korxonalari yerlarining meliorativ holatini yaxshilashda
26
irrigatsiya va melioratsiya davlat hissadorlik tashkilotlarining ma’lum
haq evaziga xizmat qilishini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Mazkur soha bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning
huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lib, ular jumlasiga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2007-yil 29-oktabrdagi “Sug‘oriladigan
yerlarning
meliorativ
holatini
yaxshilash
tizimini
tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3932-sonli farmoni,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 31-oktabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug‘oriladigan
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi faoliyatini tashkil
etish to‘g‘risida”gi PQ-718-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi “O‘zmeliomashlizing”
davlat lizing kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 266-sonli qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-martdagi “2008-
2012-yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-817-sonli qarori va boshqalarni kiritish
mumkin.
Bundan tashqari “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat
dasturida belgilab berilgan chora tadbirlarning to‘rtinchi yonalishi
-
2008-2012-yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash davlat dasturida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar tizimining
izshil amalga oshirilishiga, ya’ni ekin maydonlarining meliorativ
ahvolini yaxshilash, faoliyat ko‘rsatayotgan irrigatsiya-melioratsiya
obyektlarining tegishli texnik holatini ta’minlash, ixtisoslashgan suv
xo‘jaligi, qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlarining moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy texnika bilan jihozlash
masalalariga alohida e’tibor qaratishdir. Bundan tashqari mazkur
dasturda sug‘orishning tejamli usullarini, jumladan, tomchilatib
sug‘orishni joriy qilishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Unda tegishli
asbob-uskunalar va tizimlarni mamlakatimizning o‘zida ishlab
chiqarishni tashkil etgan holda 2009-2020 yillarda tomchilatib sug‘orish
tizimlarini joriy etish dasturini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Bundan
tashqari respublika viloyatlarida 2009-yilda jami 3710 gektar maydonda
tomchilatib sug‘orishni joriy etish mo‘ljallangan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-
1958-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2013-2017 yillar davrida
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv
resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi” qabul qilingan va u
bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
27
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarlariga
davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar 2.1-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |