Iqtisodiyoti


Suv resurslaridan foydalanish sohasidagi islohotlar



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

Suv resurslaridan foydalanish sohasidagi islohotlar. 
Mustaqil rivojlanish yillarida hukumatimiz tomonidan suv 
resursidan samarali foydalanish va suv xo‘jaligini boshqarishni 
takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Birinchidan,
suv xo‘jaligini davlat tomonidan boshqarishni 
takomillashtirish va samaradorligini oshirish, mas’uliyat sohalarini aniq 
chegaralash va oydinlashtirish, ushbu sohada dolzarb va muayyan 
muammolarni hal etish uchun mavjud kuch va vositalar bilan oqilona 
ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-
yil 12-fevraldagi “Qishloq va suv xo‘jaligini davlat tomonidan 
boshqarish tizimini tubdan takomillashtirishga doir tashkiliy chora-
tadbirlar to‘g‘gisida”gi PF-5330-sonli farmoniga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi negizida O‘zbekiston 
Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi 
Suv xo‘jaligi vazirligi tashkil etildi. 
Ikkinchidan,
mamlakatimizdagi mavjud suv xo‘jalik tashkilotlari va 
xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar hamda ularning hududiy bo‘linmalari 
negizida Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tashkil etildi. Uning 
vazifasi xalq xo‘jalik tarmoqlari hamda qishloq xo‘jalik korxonalarida 
mahsulot yetishtirish uchun suv bilan ta’minlash va suv xo‘jaliklariga 
servis xizmat ko‘rsatishdan iboratdir. Irrigatsiya tizimlari havza 
boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining suv 
xo‘jaligi sohasidagi hududiy organi hisoblanib, suv resurslarini tartibga 
solish va foydalanishni amalga oshiradi. Mamlakatimizdagi mavjud suv 
xo‘jalik tashkilotlari va xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar hamda ularning 
hududiy bo‘linmalari negizida Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi 
tuzildi. Uning vazifasi xalq xo‘jalik tarmoqlari hamda qishloq xo‘jalik 
korxonalarida mahsulot yetishtirish uchun suv bilan ta’minlash va suv 
xo‘jaliklariga servis xizmat ko‘rsatishdan iboratdir. Irrigatsiya tizimlari 
havza boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 


30 
suv xo‘jaligi sohasidagi hududiy organi hisoblanib, suv resurslarini 
tartibga solish va foydalanishni amalga oshiradi. 
Magistral kanallar boshqarmasi Irrigatsiya tizimlari havza 
boshqarmasining tashkiliy bo‘linmasi hisoblanib, suv resurslarini 
tartibga solish bo‘yicha faoliyat yuritadi. Magistral kanallar 
boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilar: 
- magistral kanallar, inshootlar va suv resurslarini oqilona boshqarish, 
uning tezkorligini oshirish; 
- suv inshootlarining texnik ishonchliligini ta’minlash, ishonchli 
foydalanish uchun ish holatida saqlash; 
- suv bo‘yicha hisob-kitob yuritish; 
- suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, ajratilgan mablag‘lar, 
moddiy-texnika resurslari, asbob-uskunalardan samarali foydalanish.
Suv xo‘jaligini boshqarishning hududiy tartibidan Irrigatsiya tizimlari 
havza boshqarmasi va magistral kanallar boshqarmalari tartibiga
o‘tilishi sug‘orish tizimlaridan foydalanish jarayonini takomillashirdi. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish