Iqtisodiyoti


Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va krеditlash sohasidagi



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va krеditlash sohasidagi 
islohotlar. 
Mamlakatimizda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini davlat ehtiyojlari 
uchun yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi takomillashtirilib 
borildi. 2002-yilgacha qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchilarga 
tayyorlov korxonalari tomonidan bo‘nak berilar edi. 2003-2004-yillarda 
ayrim viloyatlarda fermer xo‘jaliklarini bo‘naklashning amaldagi 
mexanizmi o‘rniga, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarining imtiyozli 
kreditlash mexanizmi sinov tariqasida joriy etildi. 2005-yil hosilidan 
boshlab paxta, 2006-yil hosilidan boshlab esa g‘alla yetishtirish 
xarajatlarini 
to‘liq 
hajmda 
imtiyozli 
kredit 
ajratish 
orqali 
moliyalashtirish yo‘lga qo‘yildi.
Davlat ehtiyojlari uchun topshiriladiga paxta xomashyosi va g‘alla 
yetishtirishni bo‘naklash ayrim kamchiliklardan xoli emas edi, ular 
quyidagilar: 
- bo‘nak mablag‘lari texnologik xaritaga muvofiq barcha xo‘jaliklarga 
bir vaqtda ajratiladi va bunda mahalliy sharoit, rentabelli faoliyat 
yuritayotgan, o‘z aylanma mablag‘iga ega bo‘lgan aksariyat 
xo‘jaliklarning moddiy-texnik resurslarga bo‘lgan ehtiyoji inobatga 
olinmaydi; 

xo‘jaliklarni 
moliyaviy 
va 
moddiy 
resurslardan 
samarali 
foydalanishga rag‘batlantirmaydi va ayrim xo‘jalik rahbarlarida 
boqimandalik kayfiyatini vujudga keltiradi; 
- fermerlar o‘z xo‘jaliklarining moliyaviy mablag‘lar oqimini mustaqil 
belgilab borish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar va bu o‘z navbatida 


35 
fermerlarda haqiqiy mulkdorlik hissining to‘liq shakllanishiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi; 
- fermer xo‘jaliklari soni ko‘payishi va bu orqali davlat ehtiyojlari 
uchun mahsulot topshiruvchi xo‘jaliklar soni keskin oshib borishi 
natijasida ajratilayotgan transh mablag‘larini tayyorlov korxonalari 
tomonidan har bir xo‘jalikka o‘z vaqtida yetkazib berishda qiyinchiliklar 
vujudga keladi; 
- qishloq joylarda bank amaliyotlari, ayniqsa kredit operatsiyalari 
rivojlanishi sekinlik bilan o‘tadi; 
- qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar orasida raqobat 
tegishli darajada rivojlanmaydi. 
2005-yil 11-avgustda Adliya vazirligida 1508-raqam bilan 
ro‘yxatdan o‘tgan “Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari 
uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat 
banklari tomonidan kreditlash tartibi” to‘g‘risidagi Nizomga asosan:
- kreditlar davlat ehtiyojlariga sotiladigan mahsulot qiymatining 
60 foizigacha miqdorlarda yillik 3 foizlik ustama haq to‘lash sharti bilan 
(2 foizlik qismi bank marjasi) g‘alla uchun 12 oygacha, paxta 
xomashyosi uchun 18 oygacha bo‘lgan muddatga berilgan. Bunda 
kreditlar agrotexnik tadbirlar muddatidan kelib chiqqan holda quyidagi 
tartibda ajratilgan: 
a) paxta xomashyosi uchun yilning 1-yanvariga qadar paxta 
xomashyosi qiymatining 10 foizigacha, 1-aprelga qadar 25 foizigacha, 
1-iyulga qadar 50 foizigacha, 1-sentabrga qadar 60 foizigacha; 
b) g‘alla uchun yilning 1-yanvariga qadar g‘alla qiymatining 35 
foizigacha, 1-aprelga qadar 50 foizigacha, 1-iyunga qadar 60 foizigacha. 
- kreditlar ish haqi va unga tegishli ajratmalarni to‘lash, MTPlar, 
Suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va qishloq xo‘jalik texnikasi 
mavjud bo‘lgan boshqa xo‘jalik subyektlarining xizmatlari va olingan 
urug‘lik uchun to‘lovlarni amalga oshirish, lizingga olingan texnika 
vositalarining lizing va sug‘urta to‘lovlari, foydalanilgan elektr 
energiyasi, yagona yer solig‘i to‘lovlariga, mineral o‘g‘it va 
o‘simliklarni biologik va kimyoviy himoya qilish vositalarini, xo‘jalik 
ixtiyoridagi texnikalarga ehtiyot qismlar va boshqalarni xarid qilish 
uchun ajratilgan.
Xo‘jaliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyozli kreditlash mexanizmining 
afzalliklari quyidagilardan iborat: 
- mablag‘lar fermer xo‘jaliklariga ularning o‘z ehtiyojlaridan kelib 
chiqqan holda ajratib boriladi, bu esa o‘z navbatida mablag‘larning 


36 
muvaqqat hisob raqamlarida ishlatilmasdan qolib ketilishi hollariga 
chek qo‘yadi; 
- moliyaviy mablag‘larni mustaqil ishlatish imkonining yaratilishi 
olingan kreditlardan samarali foydalanishga olib keladi. Fermer 
xo‘jaliklarining paxta xomashyosi va g‘alla yetishtirish xarajatlarining 
ayrim turlari bo‘yicha to‘lovlarga ehtiyoji bo‘lmagan holda, ular mazkur 
mablag‘larni texnologik xaritalarda belgilangan boshqa xarajatlarga 
ishlatishi mumkin; 
- moddiy-texnik resurslarga ehtiyoji bo‘lmagan holda asossiz 
oldindan to‘lovlarni amalga oshirish holatlariga chek qo‘yiladi, buning 
natijasida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq korxonalarining qishloq xo‘jalik 
korxonalari oldida katta miqdorda kreditorlik qarzlari vujudga kelishi 
oldi olinadi; 
- xo‘jaliklar tomonidan kredit mablag‘laridan mustaqil va oqilona 
foydalanishi natijasida yonilg‘i-moylash materiallari va mineral 
o‘g‘itlarni samarali ishlatish bo‘yicha manfaatdorlikni oshiradi; 
- tijorat banklari va xo‘jaliklarning ajratilgan kredit mablag‘larini 
o‘z vaqtida qaytarilishida mas’uliyatini va manfaatdorligini yanada 
oshiradi. 
Mamlakatimizda joriy etilgan davlat ehtiyojlari uchun xarid 
qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarilishini imtiyozli 
kreditlar 
orqali 
moliyalash 
tartibi 
fermerlarimizda 
moliyaviy 
resurslardan unumli foydalanish imkonini bergan edi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi 
“Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4633-sonli qaroriga muvofiq, paxta 
xomashyosi yetishtirish va qayta ishlashni kreditlashning yangi 
mexanizmi joriy etiladi. 2020-yil 15-martdan boshlab: 
a) paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun 
tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq 
xo‘jaligini 
davlat 
tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash 
jamg‘armasi 
mablag‘lari hisobidan 12 oy muddatgacha yetishtiriladigan paxta 
umumiy 
qiymatining 
50 
foizigacha 
bo‘lgan 
miqdorda 
moliyalashtirilganda yillik 8 foiz, 60 foizgacha bo‘lgan miqdorda 
moliyalashtirilganda yillik 10 foiz stavkadan (shundan bank marjasi 2 
foiz) oshmagan miqdorda kreditlar ajratiladi. Bunda kredit oluvchi 
agrotexnik tadbirlardan kelib chiqib, kredit mablag‘laridan erkin 
foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy 
tanlaydi; paxta yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga ajratilgan 


37 
kredit mablag‘larining muddatida qaytarilmagan qismi tijorat krediti 
sifatida qayta rasmiylashtiriladi. 
b) yetishtirilgan paxta xomashyosini xarid qilish uchun tijorat banklari 
tomonidan 12 oy muddatga paxta yig‘im-terimi hamda yakuniy hisob-
kitob uchun tijorat kreditlari ajratiladi. Bunda: 
- milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz 
stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 
foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga;
- xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha tijorat banklari 
tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz 
punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya beriladi.
Yuqoridagi qarorga ko‘ra, 2021-yil hosilidan boshlab paxta xomashyosi 
yetishtirishni kreditlash tartibi fermer xo‘jaliklari tomonidan mustaqil 
ravishda aniqlanashi belgilab qo‘yilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi 
“G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng 
joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4634-sonli qaroriga 
muvofiq 2020-yil 1-iyundan boshlab: 
a) fermer xo‘jaliklari, g‘allachilik klasterlari va Urug‘chilikni 
rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklarining g‘alla 
yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 
mablag‘lari hisobidan 12 oy muddatgacha g‘alla yalpi hosili umumiy 
qiymatining 40 foizigacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirilganda yillik 
10 foiz, 50 foizgacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirilganda esa yillik 
12 foiz stavkadan (shundan bank marjasi 2 foiz) oshmagan miqdorda 
kreditlar ajratiladi.
Bunda: 
- fermer xo‘jaliklari, g‘allachilik klasterlari va Urug‘chilikni 
rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari agrotexnik 
tadbirlarni o‘tkazish xususiyatidan kelib chiqib kredit mablag‘laridan 
erkin foydalanish hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni 
ixtiyoriy tanlaydi; 
- g‘allachilik klasterlari tomonidan fermer xo‘jaliklarining g‘alla 
yetishtirish bilan bog‘liq xarajatlarini bo‘naklash pul mablag‘lari 
shaklida amalga oshiriladi; 


38 
- g‘alla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga ajratilgan kredit 
mablag‘larining muddatida qaytarilmagan qismi tijorat krediti sifatida 
qayta rasmiylashtiriladi; 
b) mulkchilik shaklidan qat’i nazar, faqat donni qayta ishlovchi 
korxonalar hamda donni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan g‘allachilik 
klasterlari tomonidan respublikada yetishtirilgan g‘allani xarid qilish 
uchuntijorat banklari tomonidan 12 oy muddatga 50 milliard so‘mgacha 
miqdorda tijorat kreditlari ajratiladi. 
Bunda: 
- milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz 
stavkasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy 
stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga;
- xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha tijorat banklari 
tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz 
punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda foiz xarajatlarini qoplash 
Tadbirkorlik 
faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlash 
davlat 
jamg‘armasi 
hisobidan kompensatsiya beriladi; 
- g‘allani xarid qilish uchun ajratilgan kredit mablag‘larining 
muddatida qaytarilmagan qismiga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya berilmaydi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini moliyalashtirishda O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ham muhim ahamiyatga ega. 
2021-yil 
26-fevralda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq 
xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini 
tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra 
quyidagilar jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilandi: 

paxta 
xomashyosi 
va 
bug‘doy 
yetishtirish 
xarajatlarini 
moliyalashtirish; 
- asosiy maydonlarda ekiladigan sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni 
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash; 
- ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini 
ta’minlash uchun zarur bug‘doyni bozor narxlarida xarid qilish va birja 
savdolariga qo‘yish; 
- fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga 
zamonaviy, yuqori samarali qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib 
berishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash; 


39 
- qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va hisob-kitob tizimiga zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; 
- rivojlangan davlatlarning agrar sohasini moliyalashtirish bo‘yicha 
tajribasini o‘rganish hamda ularni respublikada joriy qilish. 
Ushbu farmonga ko‘ra: 
a) agrotexnik tadbirlarni, jumladan, kuzgi shudgorlashni va ekin 
maydonlariga mineral o‘g‘itlarni solishni o‘z vaqtida ta’minlash 
maqsadida 2022-yil hosilidan boshlab paxta xomashyosini yetishtirish 
xarajatlarini moliyalashtirish tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-
noyabridan boshlanadi; 
b) paxta yig‘im-terimi uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan 
kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun 
kompensatsiya to‘lash jamg‘arma hisobidan amalga oshiriladi. 
Bunda: 
- milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz 
stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 
foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini; 
- xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha tijorat banklari 
tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz 
punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya 
kreditning dastlabki 9 oyi uchun to‘lanadi. 
Ushbu farmonga ko‘ra, sabzavot yetishtirish faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash maqsadida shunday tartib o‘rnatilmoqdaki, unga muvofiq 
2021-yilda: 
- sabzavotchilik klasterlari, fermer xo‘jaliklari va boshqa sabzavot 
yetishtiruvchilarga tijorat banklari tomonidan 9 oy muddatga yillik foiz 
stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasida (shundan, bank marjasi 2 
foiz) yetishtiriladigan sabzavot qiymatining 40 foizigacha miqdorda 
kredit ajratiladi; 
- sabzavot yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun jamg‘arma 
tomonidan 9 oy muddatga yillik foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy 
stavkasidan ikki foiz punkt kamaytirgan holda tijorat banklariga 
joylashtiriladi. 
2022-yil 
hosilidan boshlab, 
asosiy 
maydonlarda 
sabzavot 
yetishtirish uchun ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz 
stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan qismi 
uchun kompensatsiya to‘lash tizimi joriy etiladi. 
Hozirgi vaqtda hukumatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligini 
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tarmoqqa 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish