44
Qishloq xo‘jaligida soliqqa tortish va to‘lash mexanizmini
soddalashtirish bo‘yicha islohotlar.
Soliqqa tortish va soliq to‘lash mexanizmini soddalashtirish
maqsadida Respublika Prezidentining farmoni bilan, fermer xo‘jaliklari
tomonidan to‘lanadigan to‘qqizta soliq turi o‘rniga 1999-yilning 1-
yanvaridan boshlab qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun yagona yer
solig‘i joriy qilingan bo‘lib, u har tomonlama qulaylikka ega. Shungacha
bo‘lgan muddatda qishloq xo‘jalik korxonalari ko‘pgina turdagi
soliqlarni to‘laganlar. Yagona yer solig‘ining joriy etilishi ushbu soliqni
hisoblash va to‘lashni ancha soddalashtirdi. Bundan tashqari yagona yer
solig‘ini hisoblashda korxonaga ajratib berilgan
yer uchastkasining ball
boniteti, qanday turdagi ekinlar ekilganligi, tuman markazidan uzoq-
yaqinligi, sug‘orishtizimlari bilan ta’minlanganligini inobatga oluvchi
tuzatish koeffitsiyentlari qo‘llaniladi. Bu ijtimoiy adolatni ta’minlovchi
soliq turi hisoblanadi, ya’ni unumdor tuproqqa egalik qiluvchi, qiymati
qimmatroq mahsulotlar yetishtiruvchi,
tuman markaziga yaqinroq, suv
bilan yaxshi ta’minlangan xo‘jaliklar ko‘proq soliq to‘laydi va aksincha.
2019-yil
9-dekabrdagi
“2020-yil
uchun
O‘zbekiston
Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra yagona
yer solig‘ining nomlanishi yer solig‘i shaklida o‘zgartirildi, lekin uni
hisoblash va to‘lash tartiblari o‘zgarmagan.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida qishloq xo‘jaligi
sohasida bir qator soliq va bojxona imtiyozlari qo‘llaniladi:
-
yangidan tashkil etilgan paxta, g‘alla, sabzavot, poliz,
kartoshka
va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklari 2 yil
muddatga, bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan fermer
xo‘jaliklari 5 yil muddatga yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod etilgan;
-
fermer loyiha asosida o‘z hisobidan o‘zlashtirgan yer uchun 5 yil
davomida yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod qilindi;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-martdagi
304-sonli qaroriga asosan chet el texnikalari olib kelishda qo‘shilgan
qiymat solig‘i va bojxona to‘lovlari hamda chet el texnikalari uchun
ehtiyot qismlar olib kelishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-martdagi
308-sonli qaroriga muvofiq chet ellardan chorva mollari olib kelishda
qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovlaridan ozod etilgan.
2021-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy va yuridik\ shaxslar uchun
yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ
45
qiymatiga nisbatan belgilangan 0,95 foiz soliq stavkasi saqlab qolingan.
Bunda meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi
korxonalari uchun meva-
sabzavot mahsulotlari egallagan yerlar bo‘yicha, shuningdek, dehqon
xo‘jaliklari uchun soliqni sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan qishloq
xo‘jaligi yerlari uchun yer solig‘ining bazaviy stavkasi va yer
uchastkasining sifat xarakteristikasini
hisobga oladigan tuzatish
koeffitsiyentlaridan kelib chiqib hisoblash tartibi bekor qilinmoqda.
Ushbu toifadagi soliq to‘lovchilar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan
yerlar uchun belgilangani kabi soliq stavkasini belgilash bilan soliqni
qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatidan kelib chiqib
to‘lashga o‘tkazilmoqda.
2021-yilda suv resursidan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash
va to‘lash tartibi saqlab qolinmoqda. Soliq stavkalari 15 foizga,
iqtisodiyotning alohida tarmoqlari uchun esa 30 foizga indeksatsiya
qilinishini hisobga olgan holda Soliq kodeksida belgilanmoqda. Qishloq
xo‘jalik yerlarini sug‘orish uchun foydalanilgan suv hajmi va baliqlarni
o‘stirish, shu
jumladan, dehqon xo‘jaliklari uchun yagona soliq stavkasi
1 kub metr uchun 40 so‘m miqdorida belgilandi. Qishloq xo‘jaligida,
shu jumladan, baliqchilik xo‘jaliklarida suvdan foydalanuvchilar uchun
soliq bazasini aniqlash tartibi quyidagilarni nazarda tutgan holda
o‘zgartirildi:
•
suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ har
yili quyidagilar tomonidan ishlatilishi kutilayotgan suv resurslari hajmi
to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etadi;
•
joriy
soliq davrining 10-dekabridan
kechiktirmay
qishloq
xo‘jaligida, shu jumladan, baliqchilik xo‘jaligida suv resurslaridan
foydalanuvchi yuridik shaxslarga soliq bazasini aniqlash uchun;
•
dehqon xo‘jaliklari bo‘yicha soliqni hisoblash uchun soliq
organlariga suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha
hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay.
Sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi baliqchilik xo‘jaliklari
soliq bazasini tabiiy va sun’iy suv obyektlaridan olingan va ushbu suv
obyektlariga
qaytarib quyiladigan suv hajmi, bundan kollektor-drenaj
tarmoqlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi mustasno, o‘rtasidagi
farqdan kelib chiqib aniqlaydilar.
Qishloq xo‘jaligida, shu jumladan, baliq yetishtirishda suv
resurslarini hisobga olish vositalari mavjud emasligi va foydalaniladigan
suv resurslarining haqiqiy hajmini aniqlashning imkoni bo‘lmagan
taqdirda, soliq bazasi suvdan foydalanish va suvni iste’mol
qilish
46
sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv resurslari
iste’molining normativlariga ko‘ra aniqlanadi. Qishloq xo‘jaligi yerlarini
sug‘orish va baliq yetishtirish, shu jumladan, dehqon xo‘jaliklarida suv
o‘lchash uskunalari mavjud bo‘lganda, soliq stavkasiga 0,7
kamaytiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda, suv o‘lchash
uskunalari
asosida
aniqlanadigan,
foydalanilgan
suv
hajmiga
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: