Iqtisodiyoti


Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mulkiy va tarkibiy islohotlar, mulkni



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mulkiy va tarkibiy islohotlar, mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. 
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida sobiq ittifoq davrida asosan 
davlat mulki va qisman jamoa mulki mavjud bo‘lgan. Lekin jamoa 
mulkiga asoslangan jamoa xo‘jaliklarida ham davlatning ta’siri kuchli 
bo‘lib, ushbu xo‘jaliklarning mulki tom ma’noda jamoa mulki 
bo‘lmagan. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng mamlakatimiz qishloq 
xo‘jaligida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Shu jumladan, 
tarmoqda ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga alohida e’tibor berildi. 
Chunki davlat mulki bozor munosabatlari talablariga to‘liq javob 
bermaydi, ya’ni iqtisodiyot subyektlarida o‘z faoliyatlarini rivojlantirish, 
resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, mahsulot sifatini oshirish 
kabi jarayonlarga undovchi mexanizm mavjud emas. Shu sababdan 
mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida mustaqillikning ilk davridan boshlab 
davlat mulkini xususiylashtirishga va bozor munosabatlari sharoitiga 
mos mulk va tadbirkorlik shakllarini joriy etishga alohida e’tibor berildi. 
Shu maqsadda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida jamoa 
mulkiga 
va 
xususiy 
mulkchilikka 
asoslangan 
tadbirkorlik 
shakllantirishga ustuvorlik berildi. 
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida o‘tgan asrning 80-yillari oxiri va 
90-yillari boshida 887 ta jamoa xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatib, respublikada 
yetishtirilayotgan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotining 35 foizini berar 
edi. Ularning iqtisodiy negizini jamoa mulki tashkil etgan. Lekin 
mulkchilikning bu shakli uning haqiqiy mazmuni, mohiyatiga mos emas 
edi, chunki amalda ular davlat tasarrufida edi. Bunday hol bozor 
munosabatlari 
talablariga 
to‘g‘ri 
kelmaydi. 
Shu 
bois 
bozor 
munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga o‘tish munosabati bilan 
tarmoqdagi davlat xo‘jaliklari negizida jamoa xo‘jaliklari bosqichma-
bosqich yangicha ko‘rinishda tashkil etila boshlandi. 
Oliy Majlis tomonidan 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 
“Qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkatlar) to‘g‘risida”gi Qonun, uning 
hayotga tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida Respublika Vazirlar 
Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 229-sonli qarori qabul qilingan 
edi.


33 
Shirkat xo‘jaligi - qishloq xo‘jalik tovar mahsulotlari ishlab 
chiqarish va xizmatlarni bajarish maqsadida fuqarolarning paychilikka 
asoslangan oilaviy pudrat asosida uyushib, erkin, mustaqil faoliyat 
ko‘rsatadigan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan xo‘jalik yuritish 
subyektidir. Ular o‘tish davrida qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikning yirik 
tovar ishlab chiqaruvchi shakli sifatida namoyon bo‘ldi.
Mamlakatimizda tashkil etilgan shirkat xo‘jaliklari dehqonlarning 
moddiy manfaatdorligini oshirgan bo‘lsada, bozor munosabatlari 
talablariga to‘liq javob bera olmadi. Ayrim holatlarda esa shirkat 
xo‘jaliklarini tashkil etishda tashkiliy-iqtisodiy tomondan ma’lum 
kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi.
Shundan so‘ng qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga xususiy mulkka 
asoslangan tadbirkorlik shakllarini joriy etishga e’tibor berildi. Chunki 
xususiy mulk tarmoqda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining 
moddiy manfaatdorligini ta’minlaydi, ularda haqiqiy mulkdorlik hissini 
ta’minlaydi. Moddiy manfaatdorlik yuqori bo‘lgan joyda esa 
resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, mahsulot miqdori va sifatini 
oshirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirishga rag‘bat bo‘ladi.
1998-yil 
30-aprelda 
O‘zbekiston Respublikasining “Fermer 
xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonunning 
yangi tahriri 2004-yil 26-avgustda qabul qilindi. “Fermer xo‘jaligi 
to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida fermer xo‘jaligiga quyidagicha 
ta’rif berilgan: fermer xo‘jaligi - ijaraga berilgan yer uchastkalaridan 
foydalangan holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan 
shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir.
Mamlakatimizda fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p 
tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha dastur qabul qilingan. 
Tasdiqlangan dasturga ko‘ra, 2017-yilning o‘zida 23800 ta fermer 
xo‘jaligi ko‘p tarmoqli xo‘jalik turiga o‘tdi. Faoliyat yuritayotgan ko‘p 
tarmoqli fermer xo‘jaliklari asosan go‘sht, sut mahsulotlarini qayta 
ishlash, sovitgich, omborxona va issiqxonalarni tashkil etish, shuningdek 
aholiga xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 10-11-mart kuni xalq 
bilan muloqot qilish hamda joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar 
bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida “Paxta va 
to‘qimachilik klasteri” loyihasini tashkil etish fikrini ilgari surdi. Unda 
O‘zbekistonda klaster tizimi asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning 
ilmiy asoslari ko‘rsatib berildi.


34 
Klasterlarni shakllantirishdan maqsad – shahar, tuman va viloyat 
ichida joylashgan bir xil soha korxonalarini va ular bilan yagona 
texnologik zanjirda bo‘lgan ta’lim, ilmiy, injiniring, konsalting, 
standartlashtirish, 
sertifikatlashtirish 
va 
boshqa 
xizmatlarni 
uyg‘unlashtirish – innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida 
raqobatbardosh tovarlar yaratishga yo‘naltirishdan iboratdir. Qishloq 
xo‘jaligi tarmoqlarida klaster tizimi yaxshi samara bermoqda. Xususan, 
shuning natijasida paxtachilikka yangi texnologiyalar kirib keldi, 
moddiy 
manfaatdorlik 
oshdi. 
2020-yil 
holatiga 
paxta 
ekin 
maydonlarining 908 ming gektari yoki 88 foizida klasterlar faoliyat 
yuritmoqda. Bundan tashqari, meva-sabzavotchilik, g’allachilik, va 
chorvachilikda ham 500 ga yaqin klaster va kooperatsiyalar faoliyati 
yo’lga qo’yildi. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish