Iqtisodiyoti



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

Uchinchidan,
suv resurslari tanqisligi yil sayin jiddiylashib 
borayotganligi sababli sug‘orishning tejamkor usullarini qo‘llashga 
alohida e’tibor berilmoqda.
Olimlarning taxminlariga ko‘ra, yer sayyorasi aholisi yaqin 30 yil 
ichida 2 milliardga ko‘payib, hozirdagi 7,7 milliard kishidan 2050-yilda 
9,7 milliardga, asr oxiriga esa 11 milliardga yetishi mumkin. Aholi 
sonining ko‘payishi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ham 
unga mutanosib ravishda ko‘paytirishni talab etadi. Ammo, ekologik 
vaziyatning yomonlashishi, suv taqchilligi va ekin maydonlarining 
cheklanganligi talab darajasidagi oziq-ovqat ishlab chiqarishda jiddiy 
to‘siq bo‘lishi ham ta’kidlanmoqda. Bu muammoni hal etishh uchun 
qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish, sohaga resurs tejamkor 
texnologiyalarni joriy etish talab etiladi. Chunki, mamlakatimizda 
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 20,2 mln. gektar yerlarning atigi 20,7 
foizi sug‘oriladigan yerlardir. Mamlakatimiz suv resurslarining qariyb 
80 foizi transchegaraviy suv havzalari hisobiga shakllanadi. Jahon 
resurslari institutining prognoziga ko‘ra, 2040-yilga borib O‘zbekiston 
suv tanqisligi eng yuqori bo‘lgan 33 ta mamlakatning biriga aylanadi.
Ikkinchi tomondan esa aholi soning ko‘payishi qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirishni talab etadi. Shuni inobatga 
olgan holda mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo‘jaligida 
tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etishga alohida e’tibor 
berilmoqda.


31 
Mamlaktimizda tejamkor sug‘orish usullarini qo‘llash orqali mavjud 
suv resurslaridan samarali foydalanish, shu orqali sug‘oriladigan ekin 
maydonlarini ko‘paytirishga erishish maqsad qilib qo‘yilgan. 2019-
yildan boshlab suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy qilindi. Natijada 
77470 gektar maydonda tomchilatib, 1123 gektar maydonda 
yomg‘irlatib, 2000 gektar maydonda esa diskret usulda sug‘orish 
texnologiyalari joriy qilindi. 
Shu bilan birgalikda ushbu zamonaviy sug‘orish texnologiyasi joriy 
qilingan maydon ulushi pastligicha (6 foiz) qolmoqda. Natijada, bir 
gektar maydonga to‘g‘ri keladigan suv sarfi miqdori 10 690 kub metrni 
tashkil qilib, rivojlangan mamlakatlarga nisbatan yuqoriligicha 
qolmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi 
“O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-
yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6024-
sonli farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini 
rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi qabul 
qilindi. Unga ko‘ra zamonaviy suv tejovchi sug‘orish texnologiyalardan 
foydalanish ko‘lamini kengaytirish yo‘nalishida qishloq xo‘jalik 
ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy 
qilish 175 ming gektardan 2025-yilgacha 1 million gektarga, 2030-yilga 
kelib 2 million gektargacha, shu jumladan, tomchilatib sug‘orish 
texnologiyasi 77,4 mingdan 2025-yilgacha 300 ming gektargacha va 
2030-yilga kelib 600 ming gektargacha yetkazilishi nazarda tutilgan. 
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 
23-oktabrdagi 
“O‘zbekiston 
Respublikasi 
qishloq 
xo‘jaligini 
rivojlantirishning 
2020-2030-yillarga 
mo‘ljallangan 
strategiyasini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-sonli farmoniga muvofiq tasdiqlangan 
dasturda mahalliy suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar va 
xaridorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini 
takomillashtirish belgilangan. O‘z faoliyatiga tomchilatib sug‘orish 
texnologiyalarini joriy etgan qishloq xo‘jalik korxonalariga bojxona 
bojlari va soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berilmoqda, subsidiyalar orqali 
qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun soliq imtiyozlari 
suvni tejaydigan texnologiyalarning boshqa turlarini o‘z ichiga olgan 
holda kengaytirilmoqda. 2021-yilning 1-yanvarigacha soliq imtiyozidan 
faqat tomchilatib sug‘orish tizimidan foydalangan soliq to‘lovchilar 


32 
foydalanishi mumkin edi. 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab, suvni 
tejaydigan sug‘orish texnologiyalari (suv purkagich, diskret va 
boshqalar) joriy qilingan yerlar ham ushbu texnologiyalar joriy qilingan 
oydan boshlab soliqdan besh yilgacha ozod qilinadi.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish