Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan
o‘rni.
2. Qishloq o‘jaligi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlari.
3. “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” fanining predmeti, maqsadi,
vazifalari va usullari.
Qishloq xo‘jaligi
tarmog‘ining o‘ziga
xos xususiyatlari
nimalardan iborat?
18
2-BOB: O‘ZBEKISTONDA AGRAR ISLOHOTLARNING
MOHIYATI, BOSQICHLARI VA ASOSIY YO‘NALISHLARI.
1. Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini shakllantirishning zarurligi
va ahamiyati.
2. Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarda davlatning roli.
3. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy
bosqichlari va yo‘nalishlari.
4. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha islohotlarning istiqbolli
yo‘nalishlari.
Tayanch so‘zlar:
agrar islohotlar, bozor munosabatlariga asoslangan
iqtisodiyot, ko‘p ukladli iqtisodiyot, xususiylashtirish, xususiy mulk,
shirkat xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari, yagona yer solig‘i, moliyalashtirish.
1. Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini shakllantirishning
zarurligi va ahamiyati.
Sobiq ittifoq davrida mamlakatimizda ma’muriy boshqariladigan
rejali iqtisodiy tizim amal qilgan bo‘lib, ushbu iqtisodiy tizimning asosiy
kamchiligi – mulkning egasizligidir. Ushbu iqtisodiy tizimda asosan
davlat mulki va qisman jamoa mulki mavjud bo‘lgan bo‘lib, xususiy
mulkchilikka ruxsat berilmagan. Jamoa mulki deb ataluvchi mulk shakli
ham o‘z nomiga to‘liq mos bo‘lmasdan, amalda davlat tomonidan
boshqarilgan. Bunday sharoitda xodimlar tomonidan korxonalarda
mavjud resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, ishlab chiqarish
hajmini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish, yetishtirilyotgan
mahsulot sifatini yaxshilab borish, iqtisodiy samaradorlikni oshirishga
rag‘bat beruvchi mexanizm mavjud bo‘lmagan.
Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda mamlakatimizda
mustaqillikka erishilgandan so‘ng yangicha iqtisodiy tizim – bozor
munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga o‘tish bo‘yicha islohotlar
amalga oshirila boshlandi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha
tarmoqlarida bo‘lgani singari qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ham keng
qamrovli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Amalga oshirilayotgan
ushbu islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ham bozor
munosabatlari shakllanib, mulkiy munosobatlar takomillashdi, bozor
iqtisodiyoti sharoitlariga mos yangicha tadbirkorlik shakllari paydo
bo‘ldi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |