13.3-rasm. Qishloq xo‘jaligida mahsulot tannarxi obyektlari
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini va tannarxini o‘rganish
boshqaruv hisobining muhim bo‘limlaridan biridir. Korxonada
moliyaviy va boshqaruv hisobining yaxshi yuritilishi xarajatlarni to‘g‘ri
hisobga olish va shu orqali ularning sarflanishini nazoratga olish
imkonini yaratib beradi.
Xarajatlarni kalkulyatsiyalash - qilingan xarajatlarni aniq xarajat
obyektlariga taqsimlash jarayonidir. Xarajatlarni kalkulyatsiyalash
orqali mahsulot tannarxi tarkibida har bir xarajat elementining
salmog‘ini aniqlash va tegishli choralarni ko‘rish imkoni yaratiladi.
Barcha tarmoqlarda bo‘lgani singari qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida
ham qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va
mahsulot
tannarxini
kamaytirishni
rag‘batlantirish
hisobidan
korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish muhimdir.
332
3. Qishloq xo‘jaligida xarajatlarni tejash va mahsulotlar tannarxini
pasaytirish yo‘llari.
Keyingi yillarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tannarxi tarkibida
moddiy
xarajatlar
salmog‘i
ortib
bormoqda.
Shu
sababli
mamlakatimizda korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik
jihatdan qayta jihozlash orqali mahsulot tannarxini pasaytirishga alohida
e’tibor berilmoqda. Bundan tashqari, mahsulot ishlab chiqarish
jarayonida qo‘llanilayotgan me’yorlarning ko‘pchiligi sobiq ittifoq
davrida ishlab chiqilgan bo‘lib, tejamkorlik talablariga to‘liq javob
bermaydi. Shu sababli mazkur dasturda ushbu me’yorlarni qayta ko‘rib
chiqishga ham e’tibor berilmoqda.
Qishloq xo‘jaligida har bir so‘mni oqilona, maqsadga muvofiq
sarflashga harakat qilish, ya’ni moddiy, pul va mehnat xarajatlarini
tejash, shu orqali yetishtiriladigan mahsulotlarning, bajariladigan ish va
xizmatlarning tannarxlarini pasaytirishga erishish lozim. Buning uchun:
•
dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida mavjud bo‘lgan barcha
ishlab chiqarish vositalaridan yil davomida tadbirkorlik bilan oqilona,
samarali foydalanib, barcha ishlarning vaqtida, sifatli bajarilishini
ta’minlash;
•
ekinlarning tezpishar, yuqori hosilli navlarini, urug‘chilikni,
chorva hayvonlarining mahsuldor zotlarini ishlab chiqarish jarayoniga
tatbiq etishni ta’minlash;
•
xarajatlarni tejaydigan yangi texnika, samarali texnologiyalarni
joriy etish natijasida ishlab chiqarish jarayonlarining yuqori darajada
mexanizatsiyalashganlik, avtomatlashganlik darajasini oshirib, mehnat
unumdorligini oshirish;
•
qishloq xo‘jalik korxonalarining texnik va texnologik jihatdan
ta’minlanganlik darajasini oshirish;
•
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va sug‘orishning
zamonaviy, tejamkor usullarini qo‘llash;
•
qishloq xo‘jalik mahsulotlari tayyor bo‘lganda o‘z vaqtida
yig‘ishtirib olish, saqlash va tashishni to‘g‘ri tashkil etish;
•
mehnatni tashkil etishning samarali shakllarini joriy etish va
rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;
•
ekinlar hosildorligini, chorva hayvonlarining mahsuldorligini
oshirishga erishish lozim.
333
Do'stlaringiz bilan baham: |