Iqtisodiyort fakultiteti makroiqtisodiyot



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana12.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#658017
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xudayorov kurs ishi 1[1]

Kurs ishining maqsadi:
Mehnatga talab va taklif miqdori oshgan bir davrda 
mehnat bozorining modellarinining va uning turlari modelllarini hamda talab va 
taklif egri chizig’ini o’rganish. 
Kursh ishidan ko’zlangan maqsadga erishish uchun quyidagicha vazifalar 
qo’yildi: 

Mehnat bozori va uning mohiyati kelib chiqish sabablarini yoritib 
berish va tahlil qilish; 

Mehnat bozorining ishlash mexanizmlarini tasniflash; 

Mehnat bozorining milliy modellarini o’rganish; 

Mehnat bzozori turlari va uning bo’linish segmentlarini o’rganish; 

Mehnat bozorini statistik tahlil qilish va uni jadvall va grafiklarda 
tasvirlash; 
1
:/Users/talaba/Desktop/Kalandar%20Abdurahmonov%20Mehnat%20iqtosodiyoti.%202019..pdf 



1.Mehnat bozori va uning mohiyati
.
Har bir jamiyat o‘zining boyligi, 
hukumat shakli, iqtisodiyot formasidan qat’i nazar, xalq farovonligi yo‘lida maqbul 
qarorlarni amalga oshirishi lozim. Shu bilan bir qatorda, u nimani, qancha va 
qanday ishlab chiqarishni va ishlab chiqarilgan mahsulot qanday taqsimlanishi 
zarurligini hisoblab borishi kerak. Bu qarorlarni qabul qilish uchun iste’molchilar 
nimani xohlayotganligini, mahsulotlami ishlab chiqarish uchun qanday 
texnologiyalar kerakligini, ishchilar qanday malakalarga ega bo‘lishi va nima 
ishlab chiqarish lozimligini aniqlab olishi zarur. Olingan ma’lumotlar asosida 
shunday qaror qabul qilish kerakki, natijada, mamlakat poytaxti hamda uning 
chekka hududlarida joylashgan viloyat va tumanlarda yashaydigan aholi bir xil 
miqdorda vabir xil sifatda sut, non, go‘sht, yog‘, tuxum va boshqa birlamchi oziq-
ovqat mahsulotlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo'lishsin. Koordinatsiya 
jarayoni natijasida kerakli sondagi insonlar o‘zlarining kerakli miqdordagi pul 
mablag‘i bilan kerakli joyda va kerakli vaqtda kerakli mahsulotni ishlab 
chiqarishdan manfaatdor bo‘lishi kerak.
Albatta, bunday qarorlar mamlakat Prezidenti, hukumat, tarmoq vazirliklari 
va boshqa hududiy idoralar tomonidan qabul qilinadi. Qarorlarni to‘g‘ri qaror 
qabul qilishda zarur ma’lumotlami to‘plash va ulami solishtirib chiqish juda qiyin 
vazifadir. Ko‘p sonli ishlab chiqaruvchilar to‘lanishga tayyor bo‘lgan tovar 
narxlarining, iste’molchilar esa ish haqi va daromadning o‘zgarishini kuzatib 
boradilar. Olingan ma’lumotlami birlashtirgan holda, ishlab chiqaruvchilar nimani, 
qancha va qaerda ishlab chiqarishni, buning uchun kimni yollashni hal qilishadi. 
Bunga hech kim javobgar emas. Bozor mexanizmi resurslami teng taqsimlay 
olganligi bois, odamlar o‘zlari xohlaydigan narsalami sotib olish imkonini 
beradigan ish haqi evaziga ishga joylashadilar. Mahsulot, ish bilan bandlik va 
iste’mol borasida qabul qilingan qarorlar bozordagi narxlar natijasida yuzaga 
keladi. Mehnat resurslarini taqsimlaydigan va ish bilan bandlik borasida qarorlar 
qabul qiladigan bozor mehnat bozori deb ataladi.Bozor ayrim tovarlar va 
xizmatlarga talab bilan murojaat qiluvchi xaridorlar va taklif asosida etkazib 
beruvchi sotuvchilarni bir-biriga qo‘shadigan institut yoki mexanizmdir. 



Xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, tayyor mahsulot, qimmatli qog‘ozlar, pul (kredit) 
bozorlari bir-biridan farqlanadi. Ana shu bozorlarni tashkil etishning o‘ziga xos 
xususiyatlari bor. Ularning namoyon bo‘lishiga, asosan, bozor negizi – mazkur 
bozorda oldi-sotdi ob’ekti bo‘ladigan tovar ta’sir etadi. Tovar ayirboshlanishining 
tabiiy negizi bo‘ladigan mehnat taqsimotining davom etishi jarayonida bozorlar 
maydalanishi kuchayadi, ularning ixtisoslashishi chuqurlashadi.
Shunga ko‘ra, bozorlar turli shakllarda: bular tamaddixona va kichik 
do‘konchadan tortib, yirik fond birjasi va xalqaro kreditlar bozorigacha bo‘lishi 
mumkin.
Ishchi kuchi tovar bo‘ladigan bozor xo‘jaligi tizimida o‘z jismoniy kuchiga 
ega bo‘lgan xodimlarning ish o‘rinlariga nisbatan harakatlari mehnat bozori orkali 
ro‘yobga chiqadi. Mehnat bozorida ishchi kuchining oldi-sotdisi amalga oshadi. 
Ish o‘rnining egasi ishchi kuchini xarid qilganida ishlab chiqarish jarayonida 
xo‘jalik faoliyati asosiy omillari birlashishining iqtisodiy va huquqiy shart-
sharoitlari yaratiladi. Shu tariqa mehnat bozori ishchi kuchi talab va takliflarining 
shunday majmuini o‘zida mujassam etadiki, ishchi o‘rinlariga nisbatan bo‘ladigan 
xarakat hamda iqtisodiy faol aholining tarmoq, hudud, demografiya va kasb-
malaka bo‘yicha xo‘jalik faoliyati sohalariga joylashuvi shular orqali amalga 
oshadi. Bozor mexanizmi raqobat jarayonida mustaqil tarzda tartibga solinish 
jihatlarini hamda davlat tomonidan maqsadga yo‘naltirilgan tarzda ta’sir 
o‘tkazilishini o‘zida mujassam etadi.
Mehnat bozori aslida shu ma’noda ob’ektiv hodisadirki, u odamlarning 
xohishirodalaridan qat’i nazar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning 
xususiyatlari bilan belgilanadi. Ishchi kuchi mazkur jamiyatning sharoitlarida tovar
bo‘lsa va ishlab chiqarish omillari (yollanma ishchi kuchi va ishlab chiqarish 
vositalari) birlashishining o‘zi mehnatning oldi-sotdisi orqali amalga oshadigan 
bo‘lsa, bu mehnat bozori mavjud deganidir. Mehnat bozorining rivojlangan 
darajada amal qilishi uning infratuzilmasi qay darajada tarkib topganligi, ushbu 
infratuzilma mehnat bozorining ishlashiga ko‘maklashadigan institutlarni o‘z 
ichiga olganligiga bog‘liq bo‘ladi. Tabiiyki, mazkur infratuzilma anglangan 



harakatlar natijasi bo‘ladi, demak, u, bozorning o‘zidan farqli o‘larok, ob’ektiv 
tusga ega bo‘lmaydi.
Mehnat bozori haqiqiy ishlashining muhim sharti unda barcha mehnat 
munosabatlari ishtirokchilari: davlat, ish beruvchilar va yollanma ishchilarning 
mos xatti-harakatlari hisoblanadi. Bugungi kunda rejali iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar boshqacha sharoitga tushib qoldi. Ularda 
mehnat munosabatlari doimo ham erkin tanlanavermaydigan to‘la ish bilan 
bandlikka muvofiq keladigan odamlarning sezilarli kontingenti shakllangan. Ish 
bilan band odam uchun mehnat munosabatlariga bozor munosabatlari 
elementlarining kiritilishi anchagina og‘ir kechadi. Bir xil ishga bir xil ish haqi 
berish odamlarning tushunmovchiliklar va noroziliklariga sabab bo‘lishi mumkin. 
Odamlarda ishsiz qolish gumoni, ayniqsa, ish joyidan o‘z aybi bilan emas, balki 
ish hajmining kamayishi yoki korxonaning (sinish) bankrot bo‘lishi tufayli 
mahrum bo‘lishi ruhiy zarbaga olib kelishi mumkin. YOllanma xodim mehnat 
bozorining asosiy xodimi hisoblanganligi uchun ham uning tushuncha va qarashlar 
tizimi shu bozorga muvofiq bo‘lishi kerak. Mehnat bozorida kishidan yuqori kasb-
malaka darajasi, kasbiy qayta o‘qish, malakani oshirishga, zarur bo‘lganda, kasbni 
yoki ish joyini almashtirishga tayyorlik va layoqat talab etiladi. Faqat ijtimoiy va 
hududiy harakatchanligi yuqori darajada bo‘lgan kishiga o‘zi uchun mehnat 
bozorida yuqori raqobatbardoshlik darajasini ta’minlashga imkon berishi mumkin.
2

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish