Iqtisodiyort fakultiteti makroiqtisodiyot


Mehnat bozorining turlari: ularning segmentlarga bo‘linishi va



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana12.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#658017
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xudayorov kurs ishi 1[1]

4.Mehnat bozorining turlari: ularning segmentlarga bo‘linishi va 
moslashuvchanligi.
Barcha turdagi bozorlarda sotuvchilar va xaridorlar mavjud 
bo‘lib, ular harakat kilganidek, bu jarayon mehnat bozorida ham amal qiladi. Bu 
bozor mehnatni sotadiganlar va sotib oladiganlardan iborat bo‘ladi. Agar sotuvchi 
va xaridorlar birbirlarini o‘zlari yashaydigan mamlakat bo‘ylab izlasalar, bunday 
bozor milliy mehnat bozori deyiladi. Sotuvchi va xaridorlar bir-birlarini faqat 
muayyan hududda yoki viloyat va tumanlarda izlasalar, bunday bozor mahalliy 
bozor deb nomlanadi. 
Agar ishchi kuchini izlash geografik, firma ichidagi, kasbiy harakati, ish 
joylarini to‘ldirish mezonidan kelib chiqilsa, unda bozorning turli mamlakatlarda 
turli nisbatlarda mavjud bo‘lgan ikki turini ajratish mumkin.
Birinchi turi – ishchi kuchi uchun ish joylarini geografik va kasbiy harakati, 
korxona (firma)lar o‘rtasidagi harakatlanish yo‘li bilan to‘ldirilsa, u shartli tarzda 
tashqi bozor deb atalgan. Amerika Qo‘shma SHtatlaridagi mehnat bozorining 
modeli bunga ko‘proq to‘g‘ri keladi. Bunday bozor doirasida firmalar o‘z 
kadrlarini chetdan kelgan, zarur kasb va malakaga ega bo‘lgan tayyor xodimlarni 
ishga taklif qilish asosida amalga oshiradilar. 
Ikkinchi turi – xodimlarning firma ichidagi kasbiy harakatiga mo‘ljallangan 
bozor bo‘lib, unda kadrlarni tayyorlash, kasblar va malaka bo‘yicha tuzilmasini 
shakllantirish firma ichida korxonani rivojlantirish istiqbollariga muvofiq amalga 


19 
oshiriladi. Bu turdagi bozor shartli tarzda ichki bozor nomini olgan. Bunday usul 
YAponiya mehnat bozori modeliga mansubdir. 
O‘zbekistonda zamon talablariga javob beradigan mehnat bozori endigina 
shakllana boshladi. U mazkur mezonlar bo‘yicha bozor tizimida hali o‘z shaklini 
egallaganicha yo‘q. SHuning uchun ham uni aralash hamda mehnat bozorining 
birinchi turiga moyilroq deyish mumkin. 
Mehnat bozori – yalpi ko‘lamli bozor bo‘lib, u yalpi taklifni (jami iqtisodiy 
faol aholini) va yalpi talabni (iqtisodiyotning mehnatga, ya’ni xodimga bo‘lgan 
jami ehtiyojini) qamraydi. Tor ma’noda mehnat bozori joriy bozor bo‘lib, u yalpi 
bozorning bir qismini tashkil etadi va bo‘sh o‘rinlar hamda ish qidirish bilan band 
bo‘lgan shaxslar miqdori bilan belgilanadi. 
Joriy bozor ham o‘z navbatida ikki qismga bo‘linadi: 1) ochiq bozor, unda 
taklif ish qidirayotgan, shu jumladan, qayta kasb tanlashga, kasb tayyorgarligi va 
qayta tayyorgarligiga muhtoj bo‘lgan odamlarni qamraydi, talab esa bo‘sh o‘rinlar 
bilan tavsiflanadi; 2) yashirin bozor, u rasman ish bilan band bo‘lgan, lekin ishlab 
chiqarishga zarari etmaydigan tarzda bo‘shatib olinishlari mumkin bo‘lgan 
shaxslarni o‘z ichiga oladi. Ana shu har ikkala bozorning rasmiy ro‘yxatga olingan 
va norasmiy ro‘yxatga olinmagan qismi bo‘ladi. 
Nufuz mezonlari bo‘yicha mehnat bozorlari quyidagilarga ajraladi: 

yoshlar mehnat bozori; 

xotin-qizlar mehnat bozori; 

keksa yoshdagi fuqarolar mehnat bozori; 

nogironlar mehnat bozori. 
Ushbu mehnat bozorlarida amal qiluvchi ishchi kuchining ko‘rsatkichlari 
barqaror bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar ulardan foydalanish xarakteri va mehnat 
sharoitlarini belgilab beradi. Mazkur mehnat bozorlaridagi xodimlar uchun 
mushtarak holat shuki, ularning hammasi marginal guruhlarga kiradi va ularni 
ishga solish muayyan cheklovlar bilan bog‘liq. Yoshlarning ish bilan bandligi va 
ularni kasb jihatdan mehnat faoliyatiga tayyorlash ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga 
ega. O‘zbekistonda mehnatga yaroqli aholining yarmidan ko‘prog‘ini 29 


20 
yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Ana shuning uchun ham yoshlar bilan 
ishlash, ularni kasbga tayyorlash mamlakatda ustuvor vazifalardan birisifati 
qaraladi. O‘zbekistonda “2008 yil – YOshlar yili” deb e’lon qilinishi bunga misol 
bo‘la oladi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ishsizlikning yuqori darajada 
ekanligi kuzatilmoqda. Bu hol ma’lum darajada yoshlarning o‘z xulq-atvor 
xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular birinchi ish joyida ish haqi yuqori 
bo‘lmasligi sababli muqim ishlab qolishdan moddiy manfaatdor bo‘lmaydilar; 
barqaror daromad olishga undovchi sabab yo‘q bo‘lib, ushbu vaziyat yoshlarni ota-
onalari ko‘pchilik hollarda moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari bilan bog‘liq 
bo‘lmoqda. Buning ustiga ular ko‘pincha dastlabki mehnat tajribalarini muayyan 
ishda emas, balki ish joylarini o‘zgartirish yo‘li bilan kasb faoliyati turlarida 
orttirishga harakat qiladilar. Shu bilan birga, yoshlarning ish bilan bandligi asosan 
ish beruvchilarning munosabati bilan belgilanadi – kon’yunktura yomonlashgan 
har bir holatda ular, avvalo, malakasi kam va tajribasiz bo‘lgan yosh xodimlarni 
qisqartiradilar.
Demografik omilning o‘zgarib borishi global muammo bo‘lib, u ko‘p 
jihatdan jamiyatning holati va rivojlanishini belgilaydi. Mehnat iqtisodiyoti mehnat 
munosabatlarining qatnashchisi bo‘lgan aholining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga 
alohida e’tibor beradi. 
Dunyo aholisi yiliga 80 mln.dan ziyod kishiga ko‘payish jarayoni davom 
etmoqda. Dunyo aholisi 1804 yilda bir mlrd. kishiga etgan bo‘lsa, atigi 125 yildan 
so‘ng yana bir mlrd. kishiga ko‘paydi, uchinchi mlrd. 33 yilda, to‘rtinchisi 14 
yilda, beshinchisi 13 yilda qo‘shildi. Aholining rekord darajada – o‘rta hisobda 87 
mln. kishi miqdorida yillik ko‘payishi 1980 yillarda kuzatildi. Dunyo aholisi soni 
1950- 2010 yillarda oshishining deyarli uchdan ikki qismini Osiyo qit’asi 
ta’minlamoqda. Uning ulushi oshib, 56,8 dan 61,0 %ga etdi. Aholi ko‘payishining 
hajmi jihatidan Afrika ikkinchi bo‘lib qoldi, uning ulushi oshib 9,0dan 13,0 %ga 
etdi. 
2010 yilga kelib, sayyora aholisining soni 6,5mlrd. kishidan oshdi va 
ko‘payish sur’ati birmuncha qisqarayotganligiga qaramay, uning o‘sish jarayoni 


21 
davom etmoqda va 2050 yilga borib, chamasi 10,2 mlrd. kishiga etishi 
mo‘ljallanmoqda.
Dunyo olimlarining tahliliga ko‘ra, havo va suv bulg‘anishi, yashash sifati 
pasayishi, elatlararo va millatlararo nizolar, cheklangan tabiiy resurslar uchun 
kurash zo‘rayishi kabi jiddiy muammolar aholining ko‘payib borayotganligi bilan 
bog‘liq. Aholining ko‘payish jarayoni rivojlangan mamlakatlar bilan sust taraqqiy 
etayotgan mamlakatlar va ular o‘rtasida ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
tafovutlar saqlanib kelayottanligi ayrim muammolarni keltirib chiqarayotganligi 
kuzatilmoqda. 
Hozir sanoati rivojlangan mamlakatlarda (immigratsiyani hisobga 
Olimlarning hisoblashlaricha, yaqin yarim asr ichida sayyoramiz aholisi soni 
qariyb ikki baravar oshganidan keyin, tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari barcha 
mamlakatlarda umuman tenglashadi. Demografik o‘tish nazariyasi insoniyatga 
resurslar etmay qolishi mumkinligi to‘g‘risidagi vahimali bashoratlarni rad etadi. 
Ovqatlanish bo‘yicha xalqaro tashkilotning ma’lumotlariga qaraganda, mavjud 
resurslardan samarali foydalanilsa, 20-25 mlrd. odamni boqishga bemalol etadi. 
YA’ni, olimlarning hisoblariga ko‘ra, ularsayyoramizda yashaydigan odamlarning 
eng ko‘p miqdoridan ham ko‘proq miqdordagi odamlarni boqishga yetarlidir.
2050 
yilga borib, Italiya, YAponiya va Rossiya kabi mamlakatlar aholisi qisqaradi, 
Buyuk Britaniyaning aholisi esa hozirgi darajada qoladi. Mali, Saudiya Arabistoni 
va Nigeriyada shu davr ichida aholi soni 3 baravar, Misr va Keniyada esa 2 baravar 
oshadi. BMT mutaxassislari, rivojlangan mamlakatlarning aholisi umuman 2050 
yilga borib qisqaradi (1,8 mlrd. kishidan 1,16 mlrd. kishigacha), rivojlanayotgan 
mamlakatlarning aholisi esa ko‘payadi (4,57 mlrd. kishidan 8,2 mlrd. kishigacha) 
deb hisoblamoqdalar. Har soniyada dunyoda 21 kishi tug‘ilib, 18 kishi nobud 
bo‘lmoqda. Har kuni Er aholisi 250 ming kishiga ko‘paymoqda. (4.1-rasm) 


22 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish