Iqtisodiy va madaniy hayot



Download 107,86 Kb.
bet6/48
Sana02.03.2022
Hajmi107,86 Kb.
#478882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
O\'ZBEKISTON

G’arbiy Turkxoqonligi (o’z davrida «O’n O’q xoqonligi»» deb yuritilgan) tarkibiga Oltoy tog’larining g’arbida joylashgan o’lkalar; Yettisuv, Chu vodiysi, Volga, Kubanning quyi qismi, Irtish, Ishim daryolari bo’yidagi yerlar, O’rta Osiyoning kichik yarim mustaqil davlatlari kirib, uning markazi Yettisuv edi. G’arbiy xoqonlikdagi yozgi qarorgoh Isfijob yaqinidagi Mingbuloqda, qishkisi Suyob shahrida edi.
Sharqiy Turkxoqonligi bir muddat Oltoy tog’larining Sharqidan to Uzoq Sharqqacha bo’lgan hududni, ya’ni Janubiy Sibir, O’rxun daryosi havzalari ( Mo’g’uliston), Shimoliy Xitoy hududlarini o’z ichiga olib, uning markazi Oltoyda joylashgan. Xoqonlikning poytaxti O’tukan vodiysi (Mo’g’uliston)da qaror topgan.
Sharqiy Turk xoqonligi Shibi xoqon (Sivar, 609 - 619) davrida Xitoy (Suy) imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615 yilda Xitoyga yurish qilib Yaymin (Ordos) viloyatida imperator Yandini qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qal’adan 39 tasi Turk xoqonligi qo’liga o’tadi. SHibi xoqon 618 yil Xitoy taxtga Suy sulolasi (589-617) o’rniga kelgan Tan sulolasi (618-907)ning ishlariga ham aralashgan. U harbiy harakatlarini yana Xitoyga qaratdi. Biroq Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. Taxtga El xoqon (620-630) o’tiradi va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan kurash olib boradi. 2 marta, 624-626 yillarda poytaxt Chananni qurshab oladi. Uning o’limidan so’ng Sharqiy Turk xoqonligi Xitoyning Tan sulolasiga qaram bo’lib qoldi. Xususan, xoqonlik 630 yildan-682 yilgacha Xitoyga qaram bo’lib yashadi. Ammo bu yillarida ham turkiylarda urug’-qabilachilik va davlatning ma’muriy qurilishi o’zgarmadi. Ayrim turk sarkardalari Xitoy imperiyasining harbiy lavozimlariga, askarlari esa harbiy yurishlarga jalb etildi. Oradan yarim asr o’tib, Qutlug’ Eltarish (682-691) davrida xoqonlik yana o’z mustaqilligini tikladi. Uning ukasi Qapag’an xoqon (691-716) davrida esa mintaqadagi eng yirik davlatga aylandi. Bilga xoqon (716-734) hukmronligi davrida Turk xoqonligi mintaqaning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. 716 yilda Selenga daryosi havzasida istiqomat qiluvchi uyg’urlarga, 717 yilda o’g’uzlarga, 718 yilda qarluqlarga qarshi jang qilib, ularni xoqonlikka bo’ysundiradi. Bu davrda xoqonlik hududlari Sharqda Sirdaryoning Sharqidan to g’arbda Xingan tog’lari yonbag’irlari (Manjuriya), Shandun o’lkasini (Xitoyning Shimoli-Sharqi, Sariq dengizdagi Boxay ko’rfazigacha bo’lgan yerlar), janubda Tibetning Shimoli, Sharqiy Turkiston, Xitoyning Shimoliy viloyatlaridan to Shimolda Yenisey daryosi va Baykalbo’yini o’z ichiga olganligi ma’lum bo’ladi.
G’arbiy Turk xoqonligi hukmdori Istamining o’g’li Tardu xoqon (576-603) davrida Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borildi. U g’arbda o’z hokimiyatini kuchaytirdi. Uning o’g’li Sheguy xoqon (610-618) davrida ham uning qo’shinlari janubi-g’arbiy hududlarda faol harakat qilgan. U Eronning Shimoli-Sharqiy viloyatlariga hujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik g’alabaga erishadi va Isfahon, Ray kabi shaharlarni egalladi. Uning inisi Tun yabg’u (618-630) xoqonlikning g’arbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. Bu davrda G’arbiy Turk xoqonligi yana yuksalib, uning chegarasi g’arb va janubi - g’arbda Janubi - Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgabo’yi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shimoliy Hindiston va Afg’onistonning aksariyat viloyatlarini o’z ichiga olardi. Shunday bo’lsa-da, lekin bu yuksalish uzoqqa chuzilmadi.
Xitoyliklar VII asrning 30-yillarida turklarni yana mag’lubiyatga uchratganlar. Natijada, 659 yilda bir necha mag’lubiyatdan so’ng turklar Xitoy oliy hokimiyatini tan olganlar. 660 yillarda esa xitoyliklar O’rta Osiyo hududlarida ham xuddi o’zlaridagi kabi ma’muriy-uslubiy boshqaruvni joriy qilmoqchi bo’ldilar, ammo bu ishni eplay olmadilar. Chunki, 670 yilda tibetliklar Sharqiy Turk xoqonligini tashkil etdi. Bu voqea Xitoy ma’murlarining diqqat-e’tiborini O’rta Osiyodan chalg’itib Tibetga qaratishga majbur qildi.
VII asrning oxirlarida O’rta Osiyo hududlarida Turk xoqonligini qaytadan tiklashga bir qadar urinishlar bo’ldi. Biroq 740 yilga kelib Turk xoqonligi ham ichki, ham tashqi ziddiyatlarga duch keladi. Bilga xoqonning o’g’illari hukmronligi davrida xoqonlik zaiflashadi. 742-744 yillarda uyg’ur, qarluq va basmil qabilalari birlashib, xoqonlikka hujum uyushtirishadi. 745 yilda ittifoqchilar Turk xoqonligining so’nggi hukmdori-Bo’lmish (Bolmish, 744-745) xoqonni o’ldirishadi va taxt uyg’urlar qo’liga o’tadi.

Download 107,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish