Iqtisodiy va madaniy hayot



Download 107,86 Kb.
bet5/48
Sana02.03.2022
Hajmi107,86 Kb.
#478882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
O\'ZBEKISTON

3. Turk xoqonligi. VI asrning o’rtalariga kelib Oltoy, Yettisuv va O’rta Osiyodagi turli qabilalar va xalqlar birlashib katta Turk xoqonligi davlatini tashkil qildilar. Lekin bundan VI asrga qadar turkiyzabon xalqlar va ularning davlat uyushmalari bo’lmagan deb bo’lmaydi. Xususan, turkshunos olimlar I. Bichurin, N. Gumilyovlar Xitoy manbalari asosida bergan ma’lumotiga binoan, ilk turkiy qabilalar mil. avv. 1756 yildan boshlab tilga olingan.
Turk xoqonligi xususidagi ma’lumotlar yetarli bo’lsa-da, ammo ularning ko’pchiligi bir-biriga qarama-qarshi va aniq ma’lumotlar bermaydi. Birinchi navbatda VII-VIII asrlarda to’plangan manbalar ancha qimmatlidir. Bular epigrafik yodgorliklar-Urxun-Enisey, Turk-Run yozuvlari, Xitoyning «Tan xonadoni tarixi» (VII - IX asrlar) tarixiy manbasi, VI asr oxirlarida yashagan vizantiyalik tarixchilar Menandr Protektor, Feofan Vizantiyskiy, suriyalik tarixchi Ionna Yefesskiylarning tarixiy asarlaridir. Shuningdek, Turk xoqonligi to’g’risidagi ma’lumotlar o’rta asr mualliflari at - Tabariy, Denovariy (IX - X asr), Abu Rayhon Beruniy, Narshaxiylar asarlarida ham uchraydi.
Qadimgi Xitoy manbalaridagi ma’lumotlarga ko’ra, turk atamasi bundan 3,5-4 ming yil muqaddam ierogliflar bilan yozilgan bitiklarda «tiek» va «tiauk» shaklida uchraydi. «Turk» so’zi-baquvvat, barkamol, odillik kabi ma’nolarni anglatadi. Turklarni kelib chiqishi bo’yicha turli afsona va rivoyatlar mavjud. Xususan, Abu Ishoq Nishopuriy (VIII) o’zining «Qissai al-anbiyo» asarida turklarning kelib chiqishini Nuh payg’ambar o’g’li Yofasning to’ng’ich o’g’li Turk bilan bog’laydi. Boshqa afsonaga ko’ra, ular o’n yashar bola va ona bo’ridan tarqalganligi ta’kidlanadi. Bu ma’lumotlar Bey shi va Suy shu Xitoy yilnomalarida berilgan bo’lib, turklarning ota-bobolari katta botqoqlik chekkasida («G’arbiy dengiz»ning o’ng qirg’og’ida) yashagan. Biroq ular qo’shni qabilalar tomonidan qirib tashlanadi. Ammo ulardan o’n yashar bola tirik qolgan. U Turfon tog’lariga ketib, u yerda urg’ochi bo’ridan o’nta bola ko’rgan. Bo’ri bolalari Turfondagi ayollarga uylanadilar. Har bir boladan bir urug’ kelib chiqadi. O’g’illardan birining ismi Ashin edi. Uning nomi hamma qabila nomini anglatadigan bo’ladi. Afsonaga ko’ra, «Turk» so’zi Oltoy tog’ining eng qadimgi nomidir. Yana boshqa afsonaga ko’ra, turk qabilasining ajdodlari Oltoyning Shimoliy yon bag’irlarida joylashgan So viloyatidan kelib chiqqan bo’lib, bu yerdagi qabila boshlig’i Abanbu ularning ilk yo’lboshchisi bo’lgan.
Ma’lumki, VI asrning 2 - yarmida Turk xoqonligiga qadar mintaqada ikkita yirik davlat: Eftaliylar va Jujanlar davlati mavjud bo’lgan. VI asr boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug’ining mavqei ko’tariladi. Ashin urug’iga mansub Asan (Asyan, Asyan-shod) va Tuu (460-545 yillarda boshqa urug’larni o’zlariga bo’ysundiradilar va Oltoyda turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar. Tuuning o’g’li Bumin 545 yil Tele qabilasini ham bo’ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551 yilda Jujan xonining qo’shinlarini yengib, ularni o’ziga bo’ysundiradi. Xuddi shu yili Bumin yangi davlat - Turk xoqonligiga (551-745) asos soladi4. Ushbu xoqonlik 551 yildan 745 yilgacha faoliyat ko’rsatdi. Bumin Ili daryosi bo’yida hukmdor deb e’lon qilinib, «Ili qag’an» degan unvonni oladi Endi hukmdor o’zini-xoqon (turkcha - qag’an) deb yurita boshladi. Oltoydagi O’tukan shahri xoqonlikning poytaxti qilib belgilandi.
Bumin o’z ukasi Istamiga (Istami - turkcha, Sedimi - xitoycha, Sinjibu - arabcha, Stembi - xagah yunoncha) birinchi sarkarda, davlatning birinchi amaldori unvoniga to’g’ri keluvchi «Yabg’u» (bahodir) unvonini berib, u bilan birgalikda o’z davlatini kengaytirish payiga tushdi. Istami ko’proq g’arbiy yo’nalishga boshchilik qilib tez orada Sharqiy Turkistondagi nushibi, turkash, duli qabilalarini o’ziga bo’ysundiradi. 552 yilning oxirida Bumin xoqon vafot etdi. Shundan so’ng taxtga Qora Issiq o’tiradi. Bundan foydalangan Jo’jonlar xoqonlikka hujum uyushtiradi. Biroq u jujanlarni qayta bosh ko’targanligiga qarshi kurashib, natijada ularning rahbari Din o’z qo’shini bilan tor-mor keltiriladi. Tez orada Qora Issiq ham vafot etadi. Shundan so’ng uning ukasi Muqan (ba’zi adabiyotlarda Muxan, Mug’an) xoqon «Kushu» unvoni bilan taxtga o’tirdi. U yigirma yil (553-572) hukmronlik qildi.
Muqan xoqon 556-557 yillarda Xitoyga yurishlar qilib, bu yerdagi G’arbiy Vey (Toba) sulolasi o’rnini egallagan Si (550-577) va Chjou (577-581) sulolalarini o’z ta’sir doirasiga oladi. 558 yilda esa jo’janlarga so’nggi hal qiluvchi zarbani berdi. Shu bilan birga xoqonlik ushbu yilda Ural va Volga bo’ylarini zabt etib, Shimoliy Kavkazdagi ko’chmanchi ovarlar bilan to’qnashadi. Turkiylar eftaliylar va ovarlarga qarshi kurashishda Vizantiya va Eron bilan do’stona aloqani mustahkamlashga harakat qila boshlaydi. Vaziyatdan foydalangan Eron eftaliylardan Toxariston, Chag’oniyon, Kobul atrofidagi yerlarni tortib oldi. Turk xoqonligi ovarlarga qarshi harakat qilib, ularga yordam berib turgan Vizantiyani bu yo’ldan qaytarish uchun 563 yilda nushibi qabilasining rahbari Esxilni Vizantiyaga elchi qilib jo’natdi.
Ta’kidlash lozimki, Muqan xongacha ham amakisi Istami yabg’u xoqonlikning g’arbiy qismini, boshqarar edi. U 552-555 yillarda «o’n tuman qo’shinining» sarkardasi sifatida harbiy yurishlar qilib, yurishlar natijasida Yettisuv turklarini, Oltoy hududida yashovchi eftaliylarni bo’ysundiradi va o’zini «o’n qabilali» deb atab, xoqon deb e’lon qilgan. Istami akasi Bumin vafotidan keyin (555 yilda) Toshkent va uning atroflarida, Qozog’iston, Yettisuv va Xorazm hududlarida mustahkam o’rnashib oldi. Endi Turk xoqonligining chegaralari Amudaryogacha yetib boradi.
Istami yabg’u o’z qo’shini bilan dastlab 563 yilda Eftaliylar davlatiga yurish qildi. 565 yilda esa eftaliylarga Naxshab shahri (hozirgi Qarshi shahri yaqinidagi Yerqo’rg’on xarobasi) atrofida og’ir zarba beradi. Natijada Turk xohonligi eftaliylarga qarashli Choch, Farg’ona, Ustrushona, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Kesh va Nasafni qo’lga kiritdi. Ayni bir paytda xoqonlikning eftaliylarga qarshi ittifoqchisi Sosoniylar Eroni hukmdori Xusrav I Anushirvon esa eftaliylar tarkibida bo’lgan Toxariston, Kobuliston, Zobuliston (Shimoliy Afg’oniston) viloyatlarini egallaydi.
Xullas, Turk xoqonligining eftaliylar davlatiga qarshi 563-567 yillar davomida qilgan ketma-ket zarbalari asosida O’rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo’lgan yerlar egallandi. Buning oqibatida Eftaliylar davlati qulaydi. Biroq Eron turkiylar qo’liga ko’pgina muhim ahamiyatga ega bo’lgan hududlar o’tib qolganligidan o’z noroziligini bildiradi.Bu davrda Turk xoqonligi O’rta Osiyo yerlarini ishg’ol etgach, uning hududlari bevosita Eron chegarasiga tutashadi. Natijada ikki o’rtadagi munosabatlar keskinlashdi.
Dastlabki paytlarda har ikki davlat o’rtasida munosabatlar yaxshi bo’lgan. Hatto Eron shohi Xusrav I Anushirvon turk malikasiga uylangan ham edi. Biroq Turk xoqonining Eronga ikki bor yuborgan elchilari faoliyati muvaffiyatsiz chiqdi. Eron bilan munosabatlarni o’rnatishga intilishlar foyda bermaydi. Xusrav I Turk xoqoni Istamining birinchi marta 567 yilda yuborgan elchisi Maniax olib kelgan ipak buyumlarni hammasini ko’zi oldida o’tga tashlaydi. Istami tomonidan yuborilgan ikkinchi elchilarni esa Xusrav zaharlab o’ldiradi.
Istami yabg’u Eron bilan munosabatlar keskinlashib ketsa, uning oldini olish uchun Vizantiya bilan yaqinlashish siyosatini qo’llamoqchi bo’ladi. Shu maqsadda 568-569 yillarda sug’d savdogari Maniax boshchiligidagi elchilar Vizantiyaga yuborildi. Ular Kavkaz orqali Konstantinopolga yetib keldilar. Elchilar imperator Yustinian II qabulida bo’lgan. Imperator turkiylar bilan harbiy-siyosiy, savdo shartnomasiga kelishib oldi. Yustinian II javob tarzida Vizantiyannig Zemarx boshliq elchilarini xoqonlik davlatiga jo’natadi. 569 yilda xoqon Zemarxni Tyan-Shandagi «Oltin tog’» yaqinidagi qarorgohida qabul qildi. Muzokaralar davomida asosiy diqqat ipak savdosi va birgalashib Eronga qarshi kurash olib borish masalalariga qaratilgan. Shundan so’ng Turk xoqonligi Eronga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yuboradi. Istami Xusrav I Ashushirvon qo’shinlarini tor-mor qilib, Eronning Shimoliga bostirib kiradi. Turkiylar eftaliylar yerlarining Eronga o’tib qolgan yerlarini yana o’z qo’liga qaytarib oladilar. Eron tinchlik bitimini imzoladi va har yili 40.000 Vizantiya tillasi to’lash majburiyatini oladi.
Biroq Muqan xoqon va Istami yabg’ularni vafotidan so’ng Turk xoqonlikning ta’siri ancha zayiflasha boshlaydi. Eron sarkardasi Bahrom Chubin turkiylarning Chur Bag’a xoqon qo’mondonligidagi 300.000 kishilik qo’shinini tor-mor keltiradi. Chur Bag’a jangda halok bo’ldi. Bahrom Chubin Buxoro yaqinidagi Poykand shahriga bostirib kirib, xoqonning o’g’li Barmuda Teginni asirga oladi va xoqon xazinasini Eron shohiga yuboradi.
Muqan xoqon vafotidan (576 y.) so’ng taxtga uning ukasi Arslon To’ba o’tirdi. Arslon To’ba qo’lida 8 ta viloyat jam etilgan bo’lib, o’z vaqtida ular o’zaro bir-birlari bilan chiqisha olmas edilar. 581 yilda Arslon To’ba xoqon vafot etdi. Xoqonlikda o’zaro ichki kurashlar avj oldi.
Aynan mana Shunday keskin vaziyat sharoitida Buxoroda xoqon xonadoniga mansub Abruy (?-taxm. 585, Poykend) boshchiligida 585-586 yillarda xalq qo’zg’oloni bo’lib o’tadi. Bu qo’zg’olonning kelib chiqishi sababi mamlakat ichida ijtimoiy-iqtisodiy tanazzulning avj olishi bilan bog’liq edi. Jumladan, VI-VII asrlarda O’rta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlarni egallash jarayoni tobora avj oldi. Qashshoqlashib borayotgan ziroatkor-kashovarzlar mulkdor zodagon dehqonlarning asoratiga tushib, qaram kadivarlarga aylanadi. Natijada qashshoqlik va dehqonlarning asoratiga qarshi aholi bosh ko’tarishga majbur bo’lgan. Qo’zg’olonga boshchilik qilgan Abruyning asl ismi-To’ramon bo’lib, Abruy esa unvon edi. Qadimgi turkcha-Ala, xitoycha Abo-katta ma’nosini anglatadi. U boy zodagonlar va savdogarlar ustidan qattiq nazorat o’rnatadi. Buxoro aholisi Abruyni Poykend shahriga hokim qilib tayinlaydi. Shu bois qo’zg’olondan vahimaga tushgan mulkdor dehqon va savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib, Turkiston va Taroz atrofiga borib o’rnashadilar. Ular turk xoqoni Qorachurindan qo’zg’olonchilarga qarshi kurashda yordam so’raydilar. Qorachurin o’g’li Sheri Kishvar boshchiligida Buxoroga katta lashkar yuboradi. Natijada qo’zg’olon bostiriladi. Sheri Kishvar Abro’yni tutib uni qizil asalari to’la qopga tiqib o’ldirishni buyuradi va o’zi Buxoro vohasining noibi bo’lib, Buxorodagi yerlarni yana o’z egalari-dehqonlarga qaytarib berish Choralarini ko’rgan.
Qo’zg’olonlar bostirilgan bo’lsa-da, biroq o’zaro ichki kurashlar, urug’ - aymoq udumlarining kuchliligi hoqonlikni zaiflashtira bordi. Natijada Turk xoqonligi VI asrning 80-yillari oxirlariga kelib (bu sana ba’zi adabiyotlarda 603 yillar bilan belgilanadi) o’zining ichidagi ichki nizolar va Xitoydagi Suy imperiyasining aralashuvi natijasida ikkiga, ya’ni G’arbiy va Sharqiy xoqonliklarga bo’linib ketdi.

Download 107,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish