Iqtisodiy va madaniy hayot


Arablar istilosi va hukmronligi davrida O’rta Osiyo



Download 107,86 Kb.
bet8/48
Sana02.03.2022
Hajmi107,86 Kb.
#478882
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48
Bog'liq
O\'ZBEKISTON

4. Arablar istilosi va hukmronligi davrida O’rta Osiyo. VI asrning oxiri va VII asr boshlarida (ya’ni islom dinining vujudga kelishi arafasida) Arabiston yarim orolida Somiy (semit) qavmiga mansub arab qabilalari tarqoq holda yashadilar. Ular o’rtasidagi mavjud ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot darajasi bir xil emas edi. Arablar asosan ko’chmanchi, Chorvachilik bilan hayot kechirgan. Ko’chmanchilar badaviylar deb yuritilgan. Vohalardagi aholi dehqonchilik bilan shug’ullangan. Dengiz bo’ylari, vohalarda, xususan, yarim orolning Qizil dengizga tutash Hijoz vohasi va janubiy Yamanda ahvol birmuncha boshqacharoq bo’lib, bu hududlarda arab qabilalari asosan o’troq hayot kechirgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik ham ancha rivoj topgan edi. Ayniqsa Hijozning bosh shahri-Makka xalqaro karvon savdosining muhim markazi hisoblangan.
Aholi oarsida islom dinigacha ko’p xudolik-butparastlik urf bo’lgan. Jumladan, Ka’bada 360 ta but bo’lib, ularning eng yiriklari Hubal va Lut bo’lgan. Mamlakatda ko’p xudolikning mavjud bo’lishi oqibatida o’zaro qabilaviy urushlarni yuzaga keltirgan. Bu holat hamjihatlik va barqarorlikka xavf solib, siyosiy parokandalikka sabab bo’lmoqda edi. Shunday bir vaziyatda Hijoz (G’arbiy Arabiston)da yakka xudolikka asoslangan insonlarga to’g’ri va haq yo’lni ko’rsatuvchi islom dini yuzaga keldi. Islomarabcha – bo’ysunish, itoat etish, o’zini Alloh irodasiga topshirish ma’nolarini bildiradi. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha «muslim» («sadoqatli»; ko’pligi «muslimun») deb ataladi. Bu dinning asoschisi payg’ambar Muhammad alayhissalomdir. Islom ta’limotiga ko’ra, Muhammad nomini aytgan yoki eshitgan kishi «sallalohu alayhi vasallam» (sav) yoki «alayhissalom» (as) deb salovat aytib qo’yish vojib hisoblanadi.
Muhammad alayhissalom 570-yil 27 avgustda Makka shahrida Quraysh qabilasining Hoshimiylar xonadonida dunyoga keldi. Uning bobosi Abumutallib Makkadagi Ka’ba ibodatxonasi kalitining nigohboni (saqlovchisi) bo’lgan. Muhammad (sav) go’dakligidayoq yetim qolgan. Tug’ilmasidan avval otasi-Abdulloh, 6 yoshligida esa-onasi Omina vafot etgan. U dastlab bobolari, so’ng amakilari Abu Tolib qo’lida tarbiya oladilar. Muhammad (sav) amakilarining maslahatiga ko’ra badavlat savdogar ayol Xadicha binti Xuvaylidning savdo ishlariga boshchilik qiladi va 25 yoshlarida unga uylanadi, Xadicha bu davrda 40 yoshda edilar.
Muhammad ibn Abdullohislom dini va birinchi musulmonlar jamoasi asoschisi sifatida 40 yoshida, ya’ni 610 yilda payg’ambarlik faoliyatini boshlab, islom dini dastlab o’ziga yaqin bo’lgan kishilarga so’ngra aholi orasida targ’ib qila boshladi. Bu ta’limot aholining barcha qatlamlari manfaatlariga mos bo’lib, tez orada birinchi navbatda shahar ahli ichida tarqala boshlaydi. Lekin yangi din tarafdorlarining ahvoli ularning e’tiqodlariga ko’ra og’irlashib borgandan so’ng bir qism musulmon aholi Habashistonga, ba’zilari Shimolga qarab ketishga majbur bo’ldilar. Muhammad ham o’ziga qarshi turgan quraysh qabilasi a’zolarining ta’qibi kuchayib ketgach 622 yil 16 iyulda (ba’zi adabiyotlarda 15 iyul deyiladi) o’zining eng yaqin do’sti va safdoshi Abu Bakr bilan Makkadan Madinaga ko’chishga majbur bo’ladi. Bu arab tilida «hijrat» deb atalib, shu kundan boshlab musulmon olamida qabul qilingan hijriy yil boshlanadi. Hijriy yil hisobi 2 xil bo’ladi: hijriy-qamariy, ya’ni oy hisobi bo’yicha va hijriy-shamsiy, quyosh hisobi bo’yicha belgilanadi. Madinada Muhammad o’z ta’limotini davom ettiradi.
Muhammad binni Abdulloh hayotining oxirlariga kelib 630 yilda ko’p sonli arab qabilalarining islom bayrog’i ostida birlashuvi negizida yagona davlatga asos soldi. Mazkur davlat Yamandan Sino yarimoroligacha, Qizil dengiz sohillaridan Markaziy Qum sahrosigacha cho’zilgan yerlarni o’z ichiga olar edi. Bu davrdanboshlab Makka islim dini markaziga, Ka’ba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylandi. 632 yil 25 yanvarda Makkayi Mukarramaga so’nggi hajga safar qilgan Muhammad alayhissalom haj safaridan so’ng qattiq betob bo’lib qoladilar. U kishi betobligida Ka’ba masjidiga imomlikni o’tashni qaynotalari Abu Bakrga topshiradilar (622 yilda Xadicha vafotidan so’ng Abu Bakrning qizi Oyshaga uylangan edi).
Muhammad alayhissalom nasroniy yil hisobida 632 yil (hijriy yil hisobida 10 yili) 25 mayda o’z uylarida vafot etadi. Payg’ambarimiz vafotidan so’ng u kishining ishonchli noiblari yoki o’rinbosarlari (arabcha xalifalar) davlatni boshqarganlar. Ana shu tariqa tarixda «Arab xalifaligi» (632-1258) paydo bo’lgan.
Islom musulmonlarida asosan ilk to’rt xalifa alohida ahamiyatga ega. Bular – Abu Bakr Siddiq (632-634), Hazrati Umar (634-644), Hazrati Usmon (644-656) va Hazrati Ali (656-661). Ular «al-Xulafo arroshidun» (to’g’ri yo’ldan boruvchi xalifalar) degan nom oldilar5.
Bundan keyin xalifalik 661-750 yillarda umaviylar sulolasiga o’tgan. Bu sulolaga Muoviya I (661-680) asos solgan. Bu davrda islom Shimoliy Afrikaga keng tarqaldi, xalifalik poytaxti Damashq bo’lgan. Shu tufayli bu xalifalikni Damashq xalifaligi deb ham atashadi. Umaviylardan so’ng xalifalik taxti Abbosiylar (750-1258) sulolasi qo’liga o’tgan. Bu sulolaning asoschisi Muhammad alayhissalomning amakilari avlodlaridan «Saffoh» («Xunrez») laqabi bilan mashhur bo’lganAbul-Abbos Abdulloh (750-754) edi.
Arab xalifaligi VII-VIII asrlarda Misr, Suriya (Shom yurti), Falastin, Irok, Eron va boshqa hududlarni bosib oldi va o’z hukmronligini o’rnatdi. Shundan so’ng u o’z e’tiborini O’rta Osiyo hududlariga qaratadi.
O’rta Osiyoning qulay va go’zal tabiiy iqlim va sharoiti hamda behisob boyliklari hamisha arablarning diqqat - e’tiborini o’ziga tortib kelgan.
Arablarning O’rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlarini ikki davrga bo’lish mumkin. Birinchi davr 650/651 - 705 yillarni o’z ichiga oladi. Mazkur davrda arablar bu hududni to’la istilo etishni emas, balki shu maqsadda harbiy jihatdan tayyorgarlik ko’rish, mahalliy hukmdorlar harbiy kuch-qudratini sinab ko’rish, mavjud geografik, harbiy, iqtisodiy, siyosiy joylashuvi haqida ma’lumotlar to’plash, kichik yurishlar orqali katta o’ljalar orttirish rejasini amalga oshiradi. Ikkinchi davr 705 yildan keyingi davrlarni o’z ichiga olib, bunda arablar O’rta Osiyoni batamom bosib olishga qaror qiladilar.
Dastlabki yurishlar Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida 651 yilda Marvni ishg’ol etish bilan boshlandi. So’ngra hozirga Afg’onistonning Shimoli, Eronning Shimoliy-Sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlarni istilo etadilar. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataydilar. Uning markazi Marv shahri bo’ldi. Arablar bu yerda o’rnashib olgach Amudaryo (Joyxun)dan Shimolda joylashgan boy viloyatlarni bosib olishga tayyorgarlik ko’radilar. Bu yerlarni arablar «Movarounnahr» ya’ni «daryoning narigi tomoni» deb ataganlar. Hozirgi zamon tarixiy-geografik ilmiy adabiyotda Movarounnahr deganda, asosan, Turkmanistondan tashqari bo’lgan O’rta Osiyo hududlari, ya’ni O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston va Qozog’istonning janubiy qismi tushuniladi.
Arablar 652 yilda Balx yaqinidagi hal qiluvchi jangda Balx shahrini egallashadi. O’sha yili Amudaryodan o’tib Movarounnahrga hujum qilish rejasi arablar uchun muvaffaqiyatsiz tugaydi. Movarounnahrga ilk bor hujum 654 yil Sug’ddagi Maymurg’ va 667 yil Chag’oniyonni egallanishidan boshlangan. Biroq xalifalik ichidagi o’zaro hokimiyat uchun ichki nizolarning kuchayishi natijasida arablarning Movarounnahr yerlariga hujumlari bir oz to’xtab qoladi.
Narshaxiyning yozishicha, 673 yilning kuzida xalifa Muoviya I (661-680)ning farmoni bilan Xuroson noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o’tib Buxoro viloyatiga bosib kiradi, Poykand va Romitonni egallab, Buxoro shahrini qamal qiladi. Bu jangda arablar g’olib keladilar. Arablar o’z foydasiga sulh tuzib, yuz ming (bir lak) dirham hajmida boj undirib, katta o’lja bilan orqaga qaytishgan.
676 yili Xurosonning yangi noibi Said ibn Usmon boshliq arablar Buxoro va Samarqandga yurish qiladi. Buxoro malikasi Xo’takxotun o’z qo’shini bilan arablarga qarshi chiqdi. Bu jangga So’g’d, Kesh, Nasafdan harbiy qo’shin yordamga kelgan. Ammo so’g’dliklar jang maydonini tashlab chiqib ketganlaridan so’ng malika kattagina boj to’laydi.
Said ibn Usmonning Samarqandga qilgan yurishida Muhammad payg’ambarning jiyani Qusam ibn Abbos ibn Abdul - Mutallib ishtirok etadi. Lekin u Samarqand Namozgohida halok bo’ladi. U keyinchalik Shohizinda («Tirik shoh») nomini olgan qabristonga dafn etiladi. Samarqand 1 oy davomida qamal qilinadi. So’g’dliklar jasorat bilan qarshilik ko’rsatadilar. Said ibn Usmon so’g’dliklar bilan sulh tuzishga majbur bo’ladi. U Samarqanddan 30000 kishini asirga olib, orqaga qaytadi va yo’l - yo’lakay Termiz shahrini ham istilo etadi.
680 yilda xalifalik taxtini egallagan Yazid I 683 yilda vafot etdi. Bundan so’ng toju - taxt uchun kurash boshlanib ketadi. Bunday vaziyatda arablar yana Movarounnahrga hujum qilishdan deyarli to’xtab, o’z ichki nizolari bilan band bo’lib qoladilar.
Xalifa Abdulmalik ibn Marvon (685-705) davrida ichki nizolarga chek qo’yildi. Arablar yana o’z e’tiborini Movaraunnahrga qaratdilar. 704 yili xalifa Qutayba ibn Muslimni Xurosonning yangi noibi etib tayinladi va uning zimmasiga butun O’rta Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasini yukladi. 705 yildan bu hududni xalifalikka butunlay qo’shib olish va zabt etishning ikkinchi davri boshlandi.
Bu paytda O’rta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik davlatlar o’rtasida tez-tez nizolarning bo’lib turishidan Qutayba unumli foydalandi6. O’z harbiy yurishlarini Qutayba 705 yil Balx viloyatini bosib olish bilan boshladi. Balxdan tashqari u Chag’oniyon, Shuman va O’rta Osiyoning janubidagi kichik viloyatlarni o’ziga bo’ysundiradi. Chag’oniyon hokimi Tish arablar tomoniga o’tib ketadi.
Qutayba 707 yilda Amudaryodan o’tib Poykandni qamal qilib, 50 kunlik qamaldan so’ng shahar egallandi. 708-709 yillarda Buxoro va uning atrofidagi yerlarni egallaydi. 710 yilda esa Nasaf va Kesh zabt etildi. Shundan so’ng Sug’dning bosh shahri - Samarqandni bosib olishga tayyorgarlik ko’radi. Biroq 711 yilda aka-uka Chag’on va Hurzod janjalidan foydalanib Xorazmni bosib oladi. 712 yilda Qutayba Samarqandga hujum qiladi. Bu paytda norozilik va qo’zg’olon natijasida podsho Tarxun taxtdan ag’darilib, uning o’rniga Sug’d podshosi va Samarqand hokimi sifatida G’urak (710-737) taxtga o’tiradi. Tarxun esa hibsda o’zini - o’zi halok etadi. G’urak arablarga qarshi chiqadi. U dushmanga qarshi qattiq qarshilik ko’rsatdi, ammo Qutayba yana g’olib keldi. Ikki o’rtada sulh tuziladi. Sulh talablariga ko’ra G’urak arablarga yiliga 200 ming dirham tovon to’lashi kerak bo’ladi. Yana arablarga 30 ming sog’lom kishini qul o’rnida berish sharti ham bor edi. Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi - Afrosiyob arablarga bo’shatib beriladi. Qutayba u yerda masjid qurdiradi. Qutayba buning evaziga G’urakni Samarqand, Kesh va Nasafga hokim etib tayinlaydi.
Qutayba jo’nab ketishi oldidan shaharda o’z ukasi Abdurahmon ibn Muslim boshliq yaxshi saralangan qo’shinni qoldirib ketadi. Ammo Sug’d aholisining qarshiligi bu bilan tugamaydi. Al-Yaqubiyning yozishicha, 712 yil kuzida Samarqandda arab noibiga qarshi qo’zg’olon ko’tariladi. Ularga turklar yordam beradi. Faqatgina 713 yil bahorida Qutaybaning yetib kelishi bilan shahardagi qo’zg’olon bostiriladi.
Mug’ tog’idan topilgan hujjatga ko’ra Qutayba o’zining keyingi yurishlarida Shosh, Farg’ona va Turkiy hoqonlik qo’shinlaridan iborat yana bir harbiy ittifoqning qarshiligiga duch keladi. Sug’d, Choch, Farg’ona ittifoqiga Panjikent hokimi Devashtich ham qo’shiladi. Shunday bo’lsa-da, Qutayba 713 yilda Choch vohasini, 715 yilning boshida esa Farg’ona vodiysini uzil-kesil bosib oldi.
Xullas, 713-715 yillarda Qutayba ibn Muslim Qashg’argacha bo’lgan yerlarni egallaydi. Ana shu tariqa u O’rta Osiyo yerlarini zabt etib, Xitoy hududigacha cho’zilgan o’lkada yashayotgan xalqlarni islom diniga kiritadi. U hamma viloyatlarga arablardan bo’lgan amirlarni noib etib tayinlaydi. Biroq uning faoliyati uzoqqa chuzilmadi. 705 yilda arab xalifaligi taxtini egallagan Volid 715 yilda vafot etdi. Xalifalik taxtiga Sulaymon ibn Abdulmalik (715-717) chiqdi. Qutayba Sulaymonga nisbatan g’animlik munosabatida bo’lib, unga isyon ko’tardi. Natijada bu isyon muvaffaqiyatsiz tugab, 715 yil Farg’onada askarlar tomonidan Qutayba o’ldirildi.
Shunday qilib, o’n yil davomida olib borilgan doimiy kurashlar natijasida Movarounnahr xalifalik tarkibiga kiritildi. Buning eng asosiy va bosh sabablari quyidagilardan iborat:

Download 107,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish