Iqtisodiy va madaniy hayot


IX-XII ASRLARDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI



Download 107,86 Kb.
bet12/48
Sana02.03.2022
Hajmi107,86 Kb.
#478882
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
Bog'liq
O\'ZBEKISTON

IX-XII ASRLARDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI TARAQQIYOTI.

Reja;
1.Arab xalifaligining zaiflashuvi. Xalifalikdan mustaqil davlatlarning tashkil topishi.


2.Qoraxoniylar, G’aznaviylar va Saljuqiylar davlati.
3. Anushtegin - Xorazmshoxlar saltanatining yuksalishi.


Tayanch tushunchalar
Tohiriylar. Safforiylar. Somoniylar. Xutba. Kampir devor. G’oziylar. Markazlashgan davlat. Devon. Qoraxoniylar. Gaznaviylar. O’gizlar. Saljuqiylar. Dandanakon jangi. Qoraxiroylar. Qatvon jangi. Xorazmshox. “Ikkinchi Iskandar”.


1.Arablarning O’rta Osiyoda davom etgan deyarli bir yarim asrlik hukmronlik davri xalqning mustaqillikka bo’lgan intilishi va kurashini to’xta olmadi. Xalifalik hokimiyatining vakillari bo’lgan noiblar tomonidan O’rta Osiyo xalq ommasining tobora ko’proq ezilishi mehnatkash xalqning keskin noroziligiga sabab bo’ldi. Xalq noiblarning suiste’molchiliklariga chek qo’yilishini, soliqlarni kamaytirishni, ko’plab o’lponlarni bekor qilishni talab qilib chiqdi.
Movarounnahr va Xurosonda arab bosqinchilariga qarshi tinmay davom etgan xalq harakatlari xalifalikning qudratiga katta ta’sir ko’rsatdi. Uning siyosiy, ma’naviy va iqtisodiy poydevorini ma’lum darajada zaiflashtirdi. O’z navbatida bu jarayonlar mahalliy feodal zodagonlarning xalifalikni idora etishda keng ishtirok etishi uchun zamin hozirladi.
O’rta Osiyo xalqlarining to’xtovsiz ravishda olib borgan kurashi arab xalifaligining tinkasini quritdi va xalifalik hokimlari mahalliy zodagonlar vakillarini xalifalik davlat hokimiyatining oliy darajalariga ko’tarishga majbur bo’ldilar.
Davlatni idora etishda yuqori pog’onaga erishgan mahalliy zodagonlar sulolasidan biri barmakiylar bo’lgan. Xalifa Xorun ar-Rashid (786-809 yillar) barmakiylar qudratining oshib borayotganidan qo’rqib, bu sulolaning hammasini o’ldirib yuborgan. Taxt uchun, hokimiyat uchun olib borilgan kurashlar to’xtamadi. Xorun ar-Rashid o’limidan keyin taxt uchun bo’lgan kurashda yana bir mahalliy zodagonlar sulolasi tarix sahifasiga kirib keldi. Bu-Tohiriylar sulolasidir.Tohiriylar Xurosonning yirik oqsuyak yer egalaridan bo’lib, bu sulolaning asoschisi Tohir ibn Husayn edi. Tohiriylar asli Hirot viloyatining Bushang shahridan edi. Tohir 809-813 yillarda Xorun ar-Rashidning o’g’illari Ma’mun bilan Amin o’rtasidagi kurashda Ma’mun tomonida bo’ldi, unga Bag’dodni va xalifalik taxtini egallashda yordam berdi. 821 yilda asli Hirotlik bo’lgan Tohir ibn Husayn Xurosonning noibi etib tayinlandi. Xurosonda mustahkam o’rnashib olgan va uning aholisi madadiga tayangan holda Tohir mustaqil siyosat yurgiza boshlaydi, xalifalar buyrug’iga bo’ysunishdan bosh tortadi.
Tohir Xuroson noibligining poytaxti etib Nishopur shahrini tanladi. Xurosonga qaytgach u o’ziga qarashli noiblikni mustaqil davlatga aylantirish rejasirini tuzadi. Bir yil o’tmasdanoq Tohir ibn Husayn xalifa ismini juma namozidagi xutbada qayd qilishni man qildi. Bu xalifaga nisbatan ochiq isyon edi. Ammo uning rejalari amalga oshmadi. U to’satdan vafot etdi. Taxmin qilinishicha, uning o’limida xalifaning odamlarini qo’li bo’lgan.
Xalifa Ma’mun Tohir ibn Husayn o’rniga Xuroson noibi qilib uning o’g’li Talxani tayinlaydi (822-828 yillar)8. Tohirning ikkinchi o’g’li Abdullo noiblik qilgan yillarda (830-844 yillar) Xuroson xalifaga vassal hisoblansa-da, aslida mustaqil davlatga aylandi. Xalifa Mutasim (833-842 yillar), bir necha bor Abdulloni bo’ysundirishga harakat qildi. Ammo bunda u muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Tohiriylar kuchli hokimiyat tuzishga, qishloq xo’jaligini tashkil etishga astoydil harakat qildilar. Yangi sug’orish inshoatlarini barpo etdilar. Tohiriylar boshqaruvi davrida kumush tangalar-dirhamning zarb etilib, muomalaga kiritilishi ham bu o’lkaning mustaqillik maqomidan dalolat beradi. Mamlakatda ziroatchilik, hunarmandchilikning bir qadar rivoj topishi, suv inshoatlari qurilishi ham Tohiriylar davlati amalga oshirgan muhim tadbirlardan edi.
Tohiriylar mahalliy amaldorlarni o’z lavozimlarini suiste’mol qilmasliklarini nazorat qildilar. Albatta bunda ular dehqonlar manfaatini emas, balki aholidan olinadigan soliqning xazinaga izchil kelib tushishini nazarda tutganlar. Ular na dehqondan olinadigan soliq miqdorini, na ular o’taydigan majburiyatlarni kamaytirmaganlar. Soliqlar miqdori juda katta bo’lgan. Manbalarda qayd etilishicha, 844 yil aholidan 48 million dirham soliq yig’ilgan. Soliqlarning ko’pligi dehqonlarni qo’zg’olon ko’tarishiga olib kelgan. Tohiriylar bu qo’zg’olonlarni shafqatsizlik bilan bostirib turganlar.
Tohiriylar islom dinini xalq orasida keng yoyish siyosatini davom ettirib, islom ruhoniylarini o’z rejalarini amalga oshirishda tayanch deb bilganlar. Talh ibn Tohir noibligi(842-864) davrida zardushtiylik dini saqlanib kelgan Ustrushonada ham islom dini qabul qildirilgan. Davlatni idora etishda tohiriylar malakali, bilimli amaldorlarga muhtoj edilar. SHuning uchun ular bilimdon odamlarga homiylik qilganlar. Ma’lum toifadagi odamlarga bilim olish uchun keng sharoitlar tug’dirib berganlar. Manbalarda qayd qilinishicha Tohiriylar ilimli bo’lganlar. Xususan, Tohir ibn Husayn va Abdullo ancha tanilgan shoir bo’lganlar.
Abdullo vafotidan keyin Tohiriylar davlati asta-sekin inqirozga yuz tutdi va ko’p o’tmay ularning hokimiyati butunlay tugatildi. Tohiriylar sulolasining so’nggi vakili Muhammad ibn Tohir(862-873 yillar) Yoqub ibn Lays bilan bo’lgan jangda mag’lub bo’ldi. Natijada Xurosonda tohiriylar o’rniga safforiylar (miskarlar) sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. 876 yilda Yoqub katta qo’shin bilan Bog’dodga yurish qildi va xilifadan yengilib orqaga qaytadi. 879 yilda Yoqub vafot etgach, taxtga uning ukasi Amir ibn Lays (879-900) o’tirdi. U xalifaga o’z vassalligini bildiradi. Bunga javoban xalifa Amir ibn Laysni Xuroson va Eron noibi deb yorliq yubordi.
873 yilda Buxoroni tohiriylarning so’nggi vakili Muhammad ibn Tohir bosib oldi va xalqqa nisbatan zulmni kuchaytirdi. Buxoro xalqi Muhammadga qarshi qo’zg’olon ko’tardi. SHahar amaldorlari Nasr ibn Ahmadga murojaat qilib somoniylardan Buxoroga noib yuborishni iltimos qildilar. Ko’pdan beri Buxoroni o’ziga qo’shib olishni rejalashtirib yurgan Nasr bu taklifni xursandchilik bilan qabul qildi va ukasi Ismoilni bu yerga noib qilib jo’natdi. Ismoil Buxoroga kelib qo’zg’olonni bostirdi. Ana shu tariqa tohiriylarga qarashli hudud-Buxoro ham somoniylarga moyil nufuzli kuchlar yordamida ular tasarrufiga qo’shib olinadi (874). Tohiriylarning bu yerdagi so’nggi hokimi Muhammad ibn Tohir Buxorodan haydab yuboriladi. Buxoroda Ismoil Somoniy hokimligi qaror topadi.

Download 107,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish