Iqtisodiy va madaniy hayot


Mamlakatning xo’jalik va madaniy hayoti



Download 107,86 Kb.
bet15/48
Sana02.03.2022
Hajmi107,86 Kb.
#478882
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
Bog'liq
O\'ZBEKISTON

Mamlakatning xo’jalik va madaniy hayoti. Somoniylar davlatidagi markaziy hokimiyat boshqaruvi ta’sirida xo’jalik hayoti ham o’sib asta-sekinlik bilan rivojlanib bordi. Mamlakat xo’jalik hayotida «iqto» mulklarining o’rni katta edi. Bu mulk egalari esa iqtodor deb yuritilgan. Iqtodorlar ko’pgina mulklarini davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun yer va suv shaklida olganlar. Iqto shaklida hatto viloyatlar, vohalar, shahar va tumanlar hadya qilingan.
Somoniylar davrida xo’jalikning barcha sohalari rivoj topdi. Dehqonchilik va chorvachilik bundan mustasno emas. Sug’orish shaxobchalarining kengayishi, suv inshoatlari (kanallar, ariqlar, to’g’onlar)ning ko’plab bunyod etilishi natijasida ziroatchilikning muhim tarmoqlari g’allachilik, sholikorlik, polizchilik, bog’dorchilik tez o’sib bordi. Bu sohalar ayniqsa Zarafshon, Qashqadaryo, SHosh, Farg’ona vodiysi va Xorazm vohasida ko’proq rivojlandi. Murg’ob, Buxoro, Samarqand va SHosh atroflarida paxtachilik maydonlari kengaydi.
Arab sayyohi ibn Havqalning yozishicha, So’g’d daryosi Buxoro chegarasigacha faqat obod qishloqlar, bog’-bo’stonlar hamda sug’orish tarmoqlari bo’ylab oqqan. Buxoroda 17 ta sug’orish shoxobchalari barpo etilib, dehqonchilikka xizmat ettirilgan. O’lka xalqlari qo’shni dashtlik chorvador xo’jaliklar bilan chorva mahsulotlari bobida ayirbosh bilan ham shug’ullanganlar.
IX-X asrlar xo’jalik hayotida hunarmandchilik ham alohida o’rin tutgan. SHaharda to’qimachilik, kulolchilik, degrezlik, chilangarlik, miskarlik, zargarlik, shishasozlik singari hunar turlari ancha rivojlandi. Bu esa shaharlar qiyofasining keskin o’zgarishiga, ularda oliy imoratlar masjidu madrasalar, ko’rkam rastalaru karvonsaroylarnining qad rostlashiga bois bo’ldi.
Ma’lumki Buxoro atrofidagi devor 831 yil Muhammad ibn Yahyo ibn Abdulloh ibn Mansur davrida qurilgan. CHunki turk kofirlari Buxoro xalqiga bosqin etib jabr qilardi. Bu devor «Kampirak devori» deb atalgan. Lekin undan oldin ham Buxoroda devor bo’lgan. Har bir amir Buxoro devorini ta’mirlashga say’-harakat etar, bunga ko’p mablag’ va kuch sarflanardi. Amir Ismoil Somoniy esa xalqni bu qiyinchiliklardan qutqardi. U: «Men Buxoroning qal’asi, to tirik ekanman, Buxoroga hech qanday yov kirolmaydi!», dedi va u o’z so’zi ustidan chiqdi. Buxoro shahri devori esa 850-yil bino etildi.
Buxoroda somoniylar davrida boy kutubxona bo’lgan. Amir Nuh ibn Mansurdan (hukmronlik davri 976-997) ijozat olgan Ibn Sino bu kutubxonadan foydalangan. Somoniylar davrida juda ko’p ilmiy va adabiy asarlar ijod qilindi. Agar bu asarlar ro’yxatini tizmoqchi bo’lsak, ko’rkam bir kitob bo’lar.
Buxoroda kumush tanga va dirham zarb qilingan. Narshaxiyning yozishicha, Buxoroda bayt-ut-tiroz, ya’ni to’qimachilik korxonasi bo’lgan. Buxorodan zandanicha nomli matoni SHom, Misr, Rumga olib ketganlar. Somoniylar davrida juda ko’p inshoatlar, obidalar qurilgan. Somoniylar maqbarasi Buxorodagi eng go’zal, noyob obidadir. Bu obida haqida juda ko’p kitoblar yozilgan. Rivoyatga ko’ra, uni Ismoil Somoniy otasi Ahmad ibn Asad uchun qurdirgan. Keyin bu maqbara Somoniylar xonadonining dahmasi bo’ldi. Maqbaradagi yozuvga ko’ra, unda Ismoil va uning nevarasi Nasr II ibn Ahmad dafn qilingan. Bu bino kub shaklida qurilgan bo’lib, odam aqlini lol qoldiradigan darajada mukammaldir. Inshoat pishiq g’ishtlar bilan bino etilgan. Butun dunyodan keladigan sayyohlar ming yillardan beri bu obidani hayratlanib tomosho qiladilar va ota-bobolarimiz san’atiga, aqliga, ilmiga, madaniyatiga qoyil qolib, ta’zim qiladilar.
Tim qishlog’idagi Arab ota mozori, Buxorodagi Mag’oki Attoron, Termizdagi CHorsutun masjidi shu davrdan qolgan nodir yodgorliklardir.

Download 107,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish