Iqtisodiy va madaniy hayot


Qoraxoniylar davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayot



Download 107,86 Kb.
bet18/48
Sana02.03.2022
Hajmi107,86 Kb.
#478882
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
Bog'liq
O\'ZBEKISTON

Qoraxoniylar davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayot. Qoraxoniylar davri O’rta Osiyo xalqlari hayotida muhim ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlarning ro’y berganligi bilan tavsiflanadi. Bu davrda o’lka somoniylar davridagidek markaziy asosda emas, balki ko’proq mahalliy-hududiy tarzda boshqarilar edi. Xonlar xoni hisoblangan Tamg’achxon asosan Qashqarda turib, viloyatlarni idora qilishni mahalliy zodagonlar ixtiyoriga to’la topshirib qo’ygan edi. Iloqxonlar o’z hududlarini katta vakolatli hukmdorlari sifatida faoliyat ko’rsatib amalda mustaqil siyosat yuritishga intildilar. Jumladan, poytaxti Samarqand bo’lgan Movarounnahr Iloqxoni Qoraxoniylar davlatida katta obro’ va ta’sirga ega bo’lgan. SHu bois viloyat boshqaruvi ma’muriyatida somoniylar davridagidek vazirlar, sohibbaridlar, mustafiylar va boshqa mansabdorlar faoliyat ko’rsatgan. SHaharlar esa shahar hokimi, rais va muhtasiblar tomonidan boshqarilgan. Tamg’ochxonlar mis tanga pullar zarb qilganlar.
Qoraxoniylar davrida ham musulmon ruhoniylari katta imtiyozga ega bo’lganlar. Bunga javoban ular mahalliy aholini itoatda tutishda hukmron sulolaga xolis xizmat qilganlar. Katta-katta, yer-mulklar ularning tasarrufiga vaqf mulklari sifatida berib qo’yilgan. Qoraxoniylar davrida aholi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ovchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullanganlar.
Somoniylar davrida juda katta siyosiy kuchga ega bo’lgan dehqonlar, yirik yer egalari qoraxoniylar davriga kelib o’zlarining ilgarigi mavqelarini yo’qota bordilar. CHunki qoraxoniylar bu yirik yer egalarining mulklarini tortib olib, asli kasbi-kori ko’chmanchi chorvachilik bo’lgan o’z amaldorlari, lashkarboshilariga bo’lib bera boshladilar.
Qoraxoniylarda ikki poytaxt Qoshg’ar va Bolasog’un sanalib, ulug’xon shu shaharlardan birida qarorgohda o’tirgan. Ulug’ hoqon yoki xon ul-hoqon degan nomda yuritilgan. Arab manbalarida mazkur unvon sulton ul-salotin, fors tarix asarlarida shahanshohga muvofiq keladi. Aynan yuqoridagi oliy unvon qoraxoniylar davri kitoblarida tamg’achxon deb ham yuritilgan.
Qoraxoniylarga qarashli yerlar tamg’achxon tomonidan uning o’g’illari, qarindoshlari o’rtasida taqsimlangan edi. SHu bois, yer-mulk masalasida ota-o’g’il, amaki, jiyanlar hamda aka uka-yu amakivachchalar o’rtasida doimiy nizolar yuz berib, u siyosiy ahvolga salbiy ta’sir ko’rsatib turgan.
Qoraxoniylar davlati boshlig’i lavozimi hoqonning taxti merosiy sanalgan. Ma’muriy idoralar ikkiga bo’lingan: dargoh va devonga. Hoqonning ulug’ xojibi hoqon bilan fuqaro o’rtasida vositachilik qilgan. Hoqon saroyida quyidagi amaldorlar bo’lgan: og’ichi-shoyi kiyimlar xazinasichi; biruk-mehmonlarni qabul qilish bo’yicha mutasaddi; oshchi-hoqon oshxonasi boshlig’i (bovarchi); bitikchi-munshiy; kotib-mirza; qushchi hoqon ovining tashkilotchisi.
Hoqon harbiy qo’shinlari cherik deyilgan, unga suboshi, yoki sipohsolor qo’mondonlik qilgan. Kichik zobitni chovush, sipahiylar to’dasi qo’mondoni xaylboshi deyilgan. Qo’shin o’nlik, yuzlik, mingliklarga bo’lingan.
Qoraxoniylar davrida jamiyatning ijtimoiy bo’g’inlari quyidagi shakl va ko’rinishga ega bo’lgan:
- elikxon-hoqon ul-hoqondan keyingi pog’onada turuvchi shaxs. U hoqon xonadoniga mansub bo’lib, viloyatning mulk sohibi hisoblangan;
- iqtadorlar-qoraxoniylar davlatining tayanch qatlami, asosiy harbiy harakatlarni amalga oshiruvchi jangovar bo’linmalar vakillari. Ular o’z martabalariga ko’ra bir-birlaridan farq qilganlar;
- islom dinining peshvolari-imomlar, sayyidlar, shayxlar, sadrlar. Qoraxoniy hukmdorlar musulmon rahbarlari bilan yaxshi munosabatda bo’lganlar. Diniy mansab sohiblarining mavqei benihoya katta bo’lgan;
- hokimlar, raislar, muhtasiblar va hokazo. Bunday shaxslar somoniylar davridagi singari qoraxoniylar davrida o’z mavqelarini mustaxkam saqlay olgan ijtimoiy qatlamlardir;
- tariqchilar-ziroatkorlarning turkcha nomi, qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan ta’minlovchi asosiy ijtimoiy qatlam sanaladi;
- hunarmandlar-turli xildagi xo’jalik ahamiyatiga ega, asbob-anjomlar yasovchi, tayyorlovchi mehnatkash qatlam;
- savdogarlar-savdo-sotiq bilan mashg’ul bo’lgan shahar ahli;
- ko’chmanchilar-chorvadorlar, ya’ni chorva mahsulotlari yetishtiruvchi asosiy qatlam
Qoraxoniylarda oddiy xalq budun deyilgan. Soliq to’lovchi fuqaro raiyyat deb atalgan. Qabila boshliqlari esa bek deyilgan. Savdogarlar sart deb atalgan. Qoraxoniylar davlatida hunarmandchilik (kulolchilik, to’quvchilik, shishasozlik, temirchilik, zargarlik), shuningdek ziroat va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi sohalar taraqqiy etgan. SHuningdek, qimmatbaho toshlar, oltin, mis, temir qazib olingan. SHaharsozlik inshoatlari pishiq g’ishtdan bunyod etilgan.
Movarounnahrda yuz bergan eng muhim o’zgarishlardan yana biri shuki, bu davrga kelib uzoq davom etgan etnik jarayonlar natijasida o’zbeklar xalq sifatida shakllandi. Qoraxoniylar davrida ham, somoniylar davridagidek, shaharlar hayoti o’sib, rivoj topdi, hunarmandchilik turlari, savdo-sotiq sohalari ham ancha yuksaldi. Samarqand, Buxoro, Termiz, O’zgan, Toshkent, Marv, Isfijob va boshqa shaharlarning xalqaro karvon savdosidagi roli va mavqei ham muttasil oshib bordi.

Download 107,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish