Iqtisodiy va madaniy hayot


Qoraxoniylar davlati (927-1212)



Download 107,86 Kb.
bet17/48
Sana02.03.2022
Hajmi107,86 Kb.
#478882
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Bog'liq
O\'ZBEKISTON

2.Qoraxoniylar davlati (927-1212). X asr o’rtalariga kelib Yettisuv va Qashqar hududida yashovchi qorluq, chig’il va yag’molarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o’zgarishlar sodir bo’ladi. Avvaldan asosan chorvachilik bilan shug’ullanib kelgan bu qabilalar endilikda bir qator omillar ta’siridan o’troq hayotga o’ta bordilar. Ularda dehqonchilik bilan shug’ullanish kuchli rivoj topdi10. SHaharlar o’sdi.
X asr o’rtalariga kelib bu qabilalarning birlashuvi jarayoni yangi pallaga kirdi. Issiqko’l janubi va Qashqarda yashagan yag’molarning o’zlaridan shimolda yashagan chig’il qabilalari bilan ittifoq tuzishi bu birlashuvga negiz yaratdi. Ular Yettisuvga hujum uyushtirib, ko’p sonli qorluqlarni buysundirdilar. Ushbu qabilalarning hayoti va turmush tarzi, tili va madaniyati to’g’risida mashhur turkshunos olim Mahmud Qoshg’ariy XI asrda «Devoni lug’atit turk» ya’ni «Turkiy so’zlar lug’ati» asarini yozgan. Qorluqlar to’g’risidagi to’la ma’lumotni noma’lum muallif tomonidan yozilgan «Hudud al Olam» kitobidan olish mumkin.
Markaziy Osiyoning Oltoy janubiy yonbag’ridan boshlanadigan Sharqiy qismida, Markaziy Tyanshan etaklarida, CHu, Ili, Norin, Talas daryolari vodiylari bo’ylab to Pomirgacha bo’lgan hududlarda turk tilida so’zlashuvchi xalqlar uyushmasi yashagan. Bu turk qabila va urug’lari turlicha nomlar bilan atalsalarda, sheva jihatidangina bir-birlaridan farqlanadigan yagona bir tilda so’zlashar edilar, ularning turmush tarzi, madaniyatlari, urf-odatlari bir xil bo’lgan. Ularning jismoniy baquvvatligi, tabiatidagi xususiyatlari, mardligi, urishqoqligi va epchilligi ham bir-biriga o’xshagan.
Bu ulkan xalqlar tarkibiga turk qabila va urug’larining juda ko’plab guruhlarini: qarluqlar, chigillar, yag’molar, tuxsilar, uyg’urlar, o’g’uzlar, qipchoqlar kirgan. Bular orasida eng yirigi va madaniyatlisi qarluqlar bo’lgan. Qarluqlar yashagan mamlakat barcha turk xalqlari yashagan mamlakatlarga nisbatan eng boy va go’zal bo’lib, oqar suvlari ko’p va iqlimi mo’’tadil bo’lgan ekan. Toroz tumani va Issiq-ko’l atroflarida joylashgan chigillar V.V.Bartoldning xulosalariga qaraganda qoraxoniylar davlatida katta mavqega ega bo’lganlar.
Ular madaniy taraqqiyotda qarluqlarga qaraganda orqada bo’lsalar-da, boy, to’q va farovon turmush kechirganlar, chorvachilik bilan shug’ullanganlar, quyosh va yulduzlarga topinganlar.
Turk qabilalarining uchinchi yirik guruhi yag’molar edi. Ular Issiqko’lning janubida, Qashqar shahri tomonlarda, ko’pchilik qismi esa, Sharqiy Turkiston hududlarida ko’chib yurgan. «Hudud al Olam» muallifi yag’molarni madaniyatda orqada qolgan qabila edi, deb yozadi. Ular dehqonchilik bilan shug’ullanmaganlar, asosan yovvoyi hayvonlarni ovlash va mo’ynachilikni o’zlariga kasb qilib olganlar. SHu boisi yag’molarning yilqi va qo’y podalari ko’p bo’lgan va boshqa turk qabilalariga nisbatan nihoyatda jasur va jangovorliklari bilan mashhur bo’lganlar.
Qoraxoniylar davlatining vujudga kelishida yuqorida tilga olingan turkiy qabilalar muhim rol o’ynaganlar. Bu davlatning tashkil topishini Satuk Bug’raxon nomi bilan ham bog’laydilar. Unga aniq bo’lmagan ma’lumotlarga binoan Qoraxonlar davlatiga 930 yildan to uning vafotiga qadar (955y. boshqa ma’lumotlarda 959 y.) hukmronlik qilib kelgan, uning nomiga unvon sifatida «qora» so’zi qo’shilib Satuk Bug’ra Qora hoqon deb atalgan.11 «Qora» iborasi qadimgi turkiy tillarda «buyuklik», «ulug’lik» ma’nolarini anglatgan. SHu bois u buyuk hukmdor so’ziga tengdir.
Qoraxoniylar hukmdori Hasan Xorun Bug’raxon barcha turkiy qavmlardan tashkil topgan lashkar bilan 992 yilda Movarounnahr sarhadlari sari yurish boshlaydi. Yo’l-yo’lakay SHosh, Farg’ona va boshqa o’lkalarning xalqlari ham unga madad ko’rsatadilar. Bu davrda somoniylar har tomonlama tushkunlikka yuz tutib, uning hukmdorlarining nufuzi va ta’siri keskin tushib ketgan edi. Somoniylar hokimiyatining asosiy tayanchi bo’lib kelgan turk g’ulomlari, ularning sarkardalari ham katta ta’sirga ega bo’lib, somoniy hukmdorlarning izmiga bo’sunmay qo’ygandilar.
Bug’raxonning 992 yilgi birinchi hujumi Buxoroni egallashidan dalolat beradi. Hasan Bug’raxon kasallanganligi tufayli Buxoroni tark etdi va yurtiga qaytish chog’ida yo’lda halok bo’ldi. Bundan foydalangan somoniylar vakili No’h II ning o’g’li Nasr Somoniy Buxoro taxtiga qayta chiqib oldi. Biroq qoraxoniylar 996 yilda Buxoro tomon yangi harbiy yurish boshlaydilar. Bu yurishga Nasr Bug’raxon boshchilik qiladi. 999 yilga yilga kelib Buxoro to’liq ishg’ol qilindi. Butun Movarounnahr qoraxoniylar tasarrufiga o’tadi.
1001 yilda Sulton Mahmud Qoraxoniylar xoni Nasr bilan shartnoma tuzib, Amudaryoni ikki o’rtadagi chegara qilib belgiladi. Somoniylar davlati o’rnida ikki ulkan davlat tashkil topdi.
Birinchisi-Qoshg’ardan Amudaryogacha cho’zilgan Sharqiy Turkistonning bir qismini, Yettisuv, SHosh, Farg’ona va qadimgi hududlarini o’z ichiga olgan qoraxoniylar davlati.
Ikkinchisi-SHimoliy Hindiston sarhadlaridan Kaspiy dengizining janubiy qirg’oqlarigacha cho’zilgan hamda hozirgi Afg’oniston va shimoli Sharqiy Eronni o’z ichiga olgan G’aznaviylar davlati edi.
SHuni qayd etish lozimki, qoraxoniylar o’rtasidagi sulolaviy kurashlar oqibatida XI asrning 40-yillariga kelib xonlik ikkiga bo’linib ketdi. G’arbiy xonlik markazi Buxoro bo’lib, unga Movarounnahr va Farg’onaning g’arbiy hududlari kirgan. Sharqiy xonlik markazi Bolasog’un bo’lib, uning tarkibiga Talos, Isfijob, SHosh, Farg’onaning Sharqiy qismi, Yettisuv va Qashqar yerlari kirgan. Qoraxoniylarning yer, mol, dunyo va davlat talashib g’aznaviylar, saljuqiylar va qoraxitoylar bilan olib borgan kurashlari oqibatida bu davlat kuchsizlanib qoldi. 1130 yilda Qoraxoniylar davlati saljuqiy Sulton Sanjarga butunlay qaram bo’lib qoldi. 1211 yilda Xorazmshoh Aloviddin Muxammad qoraxoniylarga so’nggi marotaba zarba berdi va qoraxoniylar sulolasini butunlay tugatdi.

Download 107,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish