Ishlab chiqarishni tashkil etishning shakllariga kontsentratsiyalashuv (mujassamlashuv), ixtisoslashuv, kooperatsiyalashuv va kombinatlashuv kiritiladi. Mujassamlashuv yoki ishlab chiqarishning to’planishi, yig’ilishi xalq xo’jaligining barcha tarmoqlariga tegishlidir. Geografik jihatdan u eng avvalo sanoat, qishloq xo’jaligi transport, ya’ni moddiy sohalarda yaqqol namoyon bo’ladi. Qolaversa, fanimiz ob’ektini aynan shu tarmoqlarning hududiy tashkil etilishi, ularning joylashish xususiyatlari belgilab beradi. Ijtimoiy (sotsial) ob’ektlarning hududiy tashkil etilishi esa yuqoridagi tarmoqlar joylashuvi bilan belgilanadi. Masalan, aholi va unga xizmat ko’rsatuvchi sohalarning hududiy tizimlari sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va boshqa tarmoqlarning to’g’ri joylashtirish asosida amalga oshiriladi. Biz bu yerda mujassamlashuvning hududiy tomoniga e’tibor berdik. Uning ijtimoiy tomoni ham xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida turlicha bo’ladi. Umuman professor A.Soliev ta’kidlashicha mujassamlashuv sanoat misolida juda aniq yoki sezilarli ko’rinadi. Bu borada ishlab chiqarish fondlari, yalpi mahsulot yoki ishchi va xizmatchilarning turli korxonalarda yig’ilishi, to’planishi sof xoldagi ishlab chiqarishning mujassamlashuvi, ularning shaharlar va rayonlarda joylashuvini esa urbanistik va hududiy mujassamlashuv sifatida ko’rsatish o’rinli.
Ixtisoslashuv ham ishlab chiqarishning tashkil qilishning muhim shakli bo’lib, bu mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarni tarkib topishi bilan chambarchars bog’liqdir.
Uning uch bosqich va uch turi mavjud. Ixtisoslashuvning uch bosqichi deganda korxona, shahar yoki rayon miqiyosidagi ixtisoslashuvi tushuniladi.
Ixtisoslashuvning uch turi :
Qism (detal)
Texnologik yoki yarim mahsulot
Predmet (tovar mahsuloti ishlab chiqarish) ixtisoslashuvidir.
Ixtisoslashuv, faqat moddiy ishlab chiqarishga tegishli emas. U barcha ijtimoiy jabhalarga molik xususiyatdir. Qolaversa, ayrim oliygohlar o’qituvchi, boshqalari- agranom, muhandis, iqtisodichi kabi mutaxassislarni tayorlaydi. Chunki bular shunday hodimlarni tayorlashga ixtisoslashgan.
Kooperatsiyalashuv pirovard natijada muayyan bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning xamkorligidir. Bu korxonalar faqat bir yoki ikki tarmoqqa tegishli bo’lmasligi mumkin. Kooperatsiyalashuvda qatnashuvchi korxonalar soni vujudga kelayotgan mahsulotning murakkabligiga bog’liq. Chunonchi, mashinasozlikda, aniqrog’i yengil va yuk mashinalari ishlab chiqarish uchun juda ko’p ehtiyot qismlar, detallar kerak. Shu bois bunday mashinalarning yaratilishida yuzlab ixtisoslashgan korxonalarning ulushi bor. Masalan, Moskvadagi yengil avtomobil yoki Lixochyov nomli zavod, Tolyattidagi avtomobil zavodi (Jiguli) va shunga o’xshash birlashmalar 200 va undan ortiq korxonalar bilan hamkorlik qiladi.
Kombinatlash kooperatsiyalashuvga o’xshab korxonalar birlashmasidan iborat. Kombinatlashuv ma’lum bir turdagi xom-ashyoni chuqur texnologik qayta ishlash, uning chiqindilaridan to’la foydalangan holda barcha mahsulotlar ishlab chiqarishni anglatadi. Kombinatlashuv sanoat tarmoqlarining ko’pchiligiga xosdir. Faqat mashinasozlikda «kombinat» so’zini uchratmaymiz, ammo mohiyatan bu yerda ham u mavjud, zotan metaldan asosiy mahsulot bilan bir qatorda keng iste’mol mollari ham ishlab chiqariladi. Masalan, Toshkentdagi Chkalov nomli aviatsiya birlashmasi samolyotdan tashqari avtomobil uchun ba’zi bir ehtiyot qismlar, bolalar aravachasi va shunga o’xshash turli xil xalq iste’mol mollarini ham ishlab chiqaradi
Ishlab chiqarish yoki korxonalarni mujassamlashuvi
Shahar (urbanistik)
Ishlab chiqarish yoki korxonalarni
Detal
Texnologiya
Predmet (tayyor mahsulot)
(2-chizma)
Ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllari.
Demak, kombinatlashuv ma’lum bir turdagi xom-ashyoni chuqur texnologik qayta ishlash, uning chiqindilaridan to’la foydalangan holda barcha mahsulotlar ishlab chiqarishni anglatadi. Xuddi shu ma’noda kombinatlashuv “to’ntarilgan” kooperatsiyadir.
Kombinatlashuv bir geografik nuqtada, hatto korxonalar birlashmasi doirasida kattaroq joy yoki rayonda ham bo’lishi mumkin.
Xalq xo’jaligi tarmoqlari orasida esa u ayniqsa qora va rangli metallurgiya, kimyo, o’rmon, oziq-ovqat, yengil va qurilish sanoatiga tegishlidir. Xullas, bu shaklni qaerda “kombinat” so’zini uchratsak, uni o’sha sohada ko’ramiz, hatto aholiga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarda ham (maishiy-xizmat kombinatlar).
To’qimachilik kombinatlari yigiruv, bo’yoqlash, tayyorlash sexlaridan iborat. Xom ashyo bitta- paxta tolasi yoki pilla mahsuloti. Go’sht kombinatida ham yagona xom ashyo asosida bir necha mahsulot: go’sht, konserva, kolbasa kabi boshqa go’sht mahsulotlari olinadi. Uning chiqindisidan masalan, suyak va qondan qishloq xo’jaligi va tibbiyot sohasida foydalanish mumkin, terisi esa oshlangandan so’ng charm-poyafzal sanoatida ishlatiladi.
Mustaqillikni mustahkamlash va bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish sharoitida ishlab chiqarishni tashkil etishni barcha shakllaridan to’g’ri va oqilona foydalanish zarur. Shu bois mamlakat uchun katta, o’rta va kichik, turli darajada ixtisoslashgan korxonalarning turg’un uyushmasi, majmuasi kerak.
Hozirgi sharoitda mamlakat iqtisodiyotini ham “pastdan”, ham “yuqoridan” qurish lozim. Binobarin, xorijiy davlatlar sarmoyalari orqali yoki ular bilan xamkorlikda barpo etilayotgan sanoat korxonalari uchun ularga zarur bo’lgan texnologik qismlar, detal va dastgohlarni o’zimizda tayyorlash imkoniyatlarini vujudga keltirish zamon talabidir. Shu bilan birga mavjud imkoniyat va resurslardan to’la foydalangan holda mamlakatimiz hududida ko’proq tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirishga ahamiyat berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |