Iqtisodiy geografiya


Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari



Download 296,14 Kb.
bet14/137
Sana02.02.2022
Hajmi296,14 Kb.
#425189
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   137
Bog'liq
Iqtisodiy geofrafiya (2)

Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari


Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xom ashyo, yoqilg’i, elektr- energiya, suv, iqlim, mehnat resurslari, iste’mol va transport, iqtisodiy geografik o’rin kabi omillar e’tiborga olinadi. Shuningdek, ekologiya, ITT va bozor iqtisodiyoti omillarining bu boradagi ahamiyati ham ortib bormoqda (3-chizma).


Ushbu omillarni tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik guruhlarga birlashtirish mumkin. Ularning mohiyati va ta’sirchanligi jamiyat o’zgarishi bilan o’zgarib turadi. Chunonchi, ITT natijasida xom-ashyo, yoqilg’i, elektr-energiya va tansportning hal qiluvchi ta’siri biroz susayib boradi. Ayni paytda ijtimoiy (iste’mol) va ekologik omillar hamda bozor iqtisodiyoti munosabatlari ishlab chiqarishni tashkil etishda ustivor o’ringa ega bo’lmoqda.
Xom ashyo. Ma’lumki, moddiy ishlab chiqarish xom-ashyo asosida rivojlanadi. Ammo ayrim mahsulotlar olish uchun xom ashyo boshqalariga qaraganda ko’proq sarflanadi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar xom ashyo rayonlariga yaqin joylashtirilgan.
Yoqilg’i – issiqlik elektr stantsiyalari, qora metalurgiya sanoatining dastlabki bosqichini (cho’yan eritish) joylashtirishda asosiy ro’l o’ynaydi. Ammo uning ta’siri har doim yyetakchi kuchga ega emas. Issiqlik elektr stantsiyalari yoki metalurgiya zavodlari iste’mol rayonlarida ham joylashtirilishi mumkin. Bunday xol neft va uning maxsuloti mazut, tabiiy gaz asosida ishlovchi issiqlik elektr stantsiyalarini qurishga taaluqli (yoqilg’ini quvurlarda keltirishni iqtisodiy jihatdan ma’qulroq) bo’ladi.
Biroq, qora metalurgiya (cho’yan erituvchi) zavodlarini joylashtirish qonuniyatlari bir xil emas. Ma’lumki, qazib olinadigan temir rudasining taxminan 48-50%i foydali, bu “o’rtacha” raqam xamma joyda ham bir xil emas – ayrim konlarda temirning qazib olinadigan rudadagi ulushi atigi 17-19%ni tashkil etadi. Bunday konlarga Uraldagi Qo’shqonarni yoki Qoraqalpog’iston Respublikasidagi Tebinbuloq konlarini misol qilib ko’rsatish mumkin. Bu yerlardan qazib olinadigan rudani bevosita domna pechlarida eritib bo’lmaydi, zero unda kerakli mineraldan ko’ra foydasiz jinslar ko’proq. Shuning uchun bu ruda dastlab boyitilishi va uning tarkibidagi foydali mineralning xissasi oshirilishi kerak. Boyitilgandan so’ng ruda tarkibidagi temirning (rangli metallar uchun boyitish jarayoni ayniqsa muhim, chunki ularning rudalar tarkibidagi ulushi ancha past) miqdori bir necha barobar ko’payadi.
Ammo bu bilan ham uning hissasi yetarlicha bo’lmaydi. Shuning uchun metallurgiya korxonalari ko’proq xom ashyo rayoniga yaqinroq joylashtiriladi. Ba’zi metallurgiya zavodlari xom ashyo va yoqilg’i rayonlari o’rtasida joylashgan, zero mazkur sanoat tarmog’i uchun bu ikki omilning ahamiyati deyarli bir xil. Bunga yorqin misol bo’lib Cherepovets metallurgiya kombinati (Rossiya Federatsiyasi) xizmat qiadi. U Pechera kokslanuvchi ko’mir xavzasi bilan Kola yarim oro’li temir rudasi konlarining taxminan o’rtasida qurilgan. Ammo korxona aniq ikki oraliq masofada emas, u biroz g’arbga “tortilgan”, sababi Sankt-Peterburg, uning yirik mashinasozlik sanoatini po’lat va prokatga bo’lgan ehtiyojini qondirishdir. Korxona yaqinida katta suv ombori ham bor.
Shuningdek, ko’mir va temir rudasini bir-biri bilan hududiy almashuvi asosida xar ikkala rayonda shakllangan qora metallurgiya markazlari mavjud. Bu borada 30- yillarda amalga oshirilgan Ural-Kuznetsk kombinati (UKK)ni ko’rsatish o’rinli. Ushbu dastur o’rinli ishlab chiqarish majmuining dastlabki ko’rinishi bo’lib, uni hayotga tadbiq etishda ham xom ashyo rayonida – Janubiy Ural temir rudasi konlari asosida (dunyodagi eng yirik Magnitagorsk metallurgiya kombinati), ham yoqilg’i rayoni – Kuznetsk toshko’mir xavzasida, ya’ni Novokuznetskda bunday ulkan korxonalar bunyod etilgan edi.
Elektroenergiya (elektr quvvati). Hozirgi zamon ishlab chiqarishini, hatto transport va qishloq xo’jaligini elektr quvvatisiz tasavvur qilish qiyin. Bu sohaning o’ziga xos xususiyati shundaki, u yaratgan mahsulotni, ya’ni elektr quvvatini jamg’arib omborxonalarga yig’ib bo’lmaydi undan ayni paytning o’zida foydalanish kerak.
Bundan tashqarish elektr quvvati yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari orqali uzoq masofalarga berilishi mumkin. Xuddi shu maqsadda yirik ko’mir havzalarida yirik yoqilg’i energetika majmualari barpo etilgan. Angren ko’mir xavzasida ham
xuddi shunday majmua yaratilmoqda. Ammo ba’zan murakkab tog’ sharoitiga ega bo’lgan rayonlarda elektr quvvatini uzoqqa uzatish iqtisodiy jihatdan maqul hisoblanmaydi. Bu quvvatdan mumkin qadar shu joyning o’zida foydalanish lozim bo’lib qoladi.
Odatda elektr quvvati omilini ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishida eng avvalo uning arzon turiga urg’u beriladi.
Arzon elektr quvvati suv stantsiyalaridan olinadi, chunki suv suvligicha keyin ham qolaveradi., yoqilg’i elektr stantsiyalarida esa ko’mir, mazut yoki tabiiy gaz sarflanadi.
Elektr quvvati omiliga quyidagi misollarni keltirish kifoya: 1 tonna titan ishlab chiqarish uchun (titan po’latdan bir necha marta yengil va chidamli) 40-50 ming kvt/s, alyuminiy uchun 17-19 ming kvt/s, misni tozalash, temir qotishmalarini ishlab chiqarish, elektr pechlarida po’lat eritish uchun ularning har bir tonnasiga 8-10 ming kvt/s atrofida elektr quvvati sarflanadi. Tabiiyki bunday korxonalarni arzon elektr quvvati manba’lariga yaqin joylashtirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’rta Osiyo mamlakatlarida yagona bo’lgan Tursunzoda (Regar) shahridagi Tojik alyuminiy zavodi Norak GESiga yaqin joyda qurilgan.
Demak, elektr quvvati bir qator sanoat korxonalarini o’z atrofiga omil sifatida “yig’ar” ekan. Shu sababli u yirik rayon va majmua hosil qilish quvvatiga ega. Bizning sharoitimizda elektr quvvati yangi yerlarni o’zlashtirish uchun ham kerak. Jumladan, Qarshi dashtining asosiy qismi Tolimarjondagi bir qator nasos stantsiyalar vositasi bilan sug’oriladi. Elektr quvvati Norak-Tursunzoda (Regar) –G’uzor orqali keladi. Hozirgi kunda esa shu yerning o’zida juda yirik mahalliy tabiiy gaz asosida ishlaydigan Tolimarjon GRESi qurilmoqda.
Suv va iqlim sharoiti ham ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda katta ahamiyatga ega. Suv manbalari ayniqsa kimyo, yog’och-sellyuloza, metallurgiya zavodlarining faoliyatiga sezilarli ta’sir qiladi. Jumladan, cho’yan erituvchi pechlarni sovutish uchun ham suv kerak.
Suv va iqlim sharoitlari boshqa sanoat korxonalarini qurishda ham e’tiborga olinadi. Bu omilning ahamiyati qishloq xo’jaligi uchun katta. Chunonchi, O’rta Osiyo, xususan O’zbekiston Respublikasida an’anviy dexqonchilik uning issiq va quruq iqlimiy sharoitida faqat sun’iy sug’orish asosida olib boriladi.
Paxta, meva, sabzavot, uzum va boshqa qishloq xo’jaligi ekinlariga suv hamda issiq iqlim (ma’lum miqdordagi vegetatsiya haroratining miqdori) juda zarur. Shu bilan birga bizning sharoitda sanoat korxonalarini ochiq usulda qurish, suv va boshqa alkogolsiz ichimliklar, ip-gazlama ishlab chiqarishga o’xshash tarmoqlarni rivoshlantirish ko’proq talab etiladi.
Sotsial-iqtisodiy omillar ichida eng muhimi aholi va mehnat resurslaridir. Albatta, har bir ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchisiz sodir bo’lmaydi. Bu o’rinda ikki holni qayd qilish lozim: birinchidan, shunday korxonalar borki, ularga son jihatdan ko’p ishchi kerak. Masalan, tikuv fabrikasi, konserva ishlab chiqarish, paxta yetishtirish va uni qayta ishlash va h.k. Ayni bir paytda boshqa bir korxonalarga mehnat resurslarining miqdori ko’p bo’lishi shart emas, ularga “oz va soz” malakali ishchi kuchi talab qilinadi. Mazkur korxona va tarmoqlar (radio va priborsozlik, aniq
mashinasozlik va shunga o’xshash) malakali ishchi kuchi mavjud bo’lgan shaharlarda, ilmiy texnik markazlarda joylashtiriladi.
Darhaqiqat O’zbekistonda mahalliy aholi tabiiy ko’payishining yuqoriligi va uning migratsion harakatini faolsizligi mehnat zahiralarini ko’plab shakllanishiga olib keladi. Shu sababli bizda mehnatga layoqatli aholi soni juda ko’p. Ularning miqdori qishloq joylarda va sust rivojlangan kichik shaharlarda juda yuqori. Binobarin, bunday joylarda ish o’rinlarini kengaytarish, yangi sanoat va boshqa korxonalar, madaniy-maishiy muassasalarni qurish zarur.
Aholi faqat ishchi kuchi emas, balki u eng avvalo iste’molchi hamdir. Bu omilning ro’li esa hozirgi kunda, xalqning yashash sharoiti va turmush darajasini yaxshilash doirasida keskin oshib bormoqda.
Ijtimoiy qiyinchiliklarga barham berish aholiga kerak bo’lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va uning boshqa ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni yetarli miqiyosda ishlab chiqarishni taqazo etadi. Shu sababli iste’mol omili oziq-ovqat korxonalarini o’ziga “tortadi”, ya’ni bunday zavod va fabrikalar bevosita aholi yashovchi maskanlarda joylashtiriladi. Iste’mol omili faqat xalq ehtiyoji bilan belgilanmaydi. Ishlab chiqarishning o’zining talabi, boshqa xil mahsulotlarning keng miqdorda sarflanishi, ularning transportda keltirishning noqulayligi ham bunday korxonalarni iste’mol rayonlarida qurilishini nazarda tutadi. Masalan, qishloq xo’jaligi mashinasozligi o’sha mintaqaning ishlab chiqarish ixtisoslashuviga muvofiq shu yerda rivojlanishi zarur.
Umuman, qaysi rayon nimaga ixtisoslashsa shunga mos mashinasozik tarmog’i bu yerda yaxshi rivojlangan bo’lishi qonuniy bir holdir. O’zbekitonda- paxta teruvchi, Belorussiyada- kartoshka, Ukrainada- qand, lavlagi, Gruziyada- choy teruvchi mashinalarni ishlab chiqarish bunga yaqqol misol bo’la oladi. Shuningdek, boshqa sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarini ham aholi yashab turgan joylarda joylashtirish maqsadga muvofiq.
Transport ham juda muhim chunki u ishlab chiqarishning bevosita davom ettiruvchi tarmog’i hisoblanadi. Transport shahobchalarisiz xom-ashyo ham keltirilmaydi, mahsulot ham iste’molchilarga etkazilmaydi. Bir so’z bilan aytganda hududiy mehnat taqsimoti rivojlanmaydi.
Shuning uchun tarnsportning ahamiyati barcha boshqa omillar bilan qo’shilib, uyg’unlashib ketadi va uni “sof” holda ajratib olish qiyin. Shu bilan birga transport masalasi iqtisodiy geografik o’rin omili bilan ham chambarchas bog’liq, zero bu o’rin ob’ektning eng avvalo tashqi iqtisodiy munosabatlarini anglatadi.
Biz ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishga ta’sir qiluvchi omillarni ko’rar ekanmiz, ilmiy texnika taraqqiyoti va uning ahamiyatini chetlab o’tolmaymiz. Bu omilning ta’siri bir qator tarmoqlarni hududiy tashkil etilishida aniq va ravshan ko’rinadi (mashinasozlik, elektrotexnika va kimyo). Shubhasizki mazkur sanoat tarmoqlariga tegishli ko’pgina korxonalar, ayniqsa mashinasozlik zavodlari yuksak darajada ilmiy-texnika qudratiga ega bo’lgan yirik shaharlarda joylashtiriladi.
Yuqorida ko’rilgan omillarni ahamiyati katta. Ammo ularning barchasi pirovard natijada ekologik omil balin “hisoblashishlari” kerak. Zotan vujudga kelgan vaziyat buni qat’iylik bilan talab etadi. Hozirgi kunda ayrim sanoat korxonalari ishlashi shu nuqtai nazardan to’xtatilgani bejiz emas. Ekologik jihatdan ko’p sanoat tarmoqlari
va eng avvalo kimyo, yog’och-sellyuloza, go’sht, konserva, charm zavodlari, issiqlik elektrostantsiyalari va shunga o’xshash korxonalar “nomaqbul” hisoblanadi. Binobarin ular aholi joylashgan markazlardan uzoqroqda bo’lgani yaxshi. Kimyo sanoati misolida ekologik omilning ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishiga ta’sirini ko’rish mumkin, chunki bu sanoat korxonalarini joylashtirilishi chinakam erkin xususiyatga ega. Zero kimyo sanoati o’simlik, hayvonot, mineral xom ashyosi, suv, havo (azot) asoida ham, boshqa sanoat chiqindisi (qora va rangli metallurgiya) negizida ham rivojlanishi mumkin. Shunday qilib kimyo sanoati korxonalarini har qaerda qursa bo’ladi, ammo bu masalaning bir nozik tomoni bor- bu ham bo’lsa ekologik omildir. Bu omil bilan hozirgi kunda hisoblashmasdan iloj yo’q, zero mamlakatimiz hududida ekologik sog’lom joyning o’zi juda sanoqli.
Yuqoridagi omillardan tashqari bozor iqtisodiyoti omilini ham unitmaslik kerak. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti to’g’risida barcha olimu oddiy xalq, kattayu- kichik so’z yuritadi. Lekin, bu juda murakkab tushuncha va iqtisodiy munosabatdir, xususan Yevropa davlatlari boy tajribaga ega, chunki bu munosabat mazkur davlatlarda 10 va 100 yillar davomida shakllanib kelgan.
Shuni alohida qayd etish joizki, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga birdaniga o’tib bo’lmaydi, buning uchun barcha shart-sharoitni yaratish kerak, ya’ni uning o’zini moddiy, maishiy va madaniy infrastrukturasi bo’lmog’i lozim. Shuning uchun bu munosabatlarga o’tish tarixan birmuncha uzoq davrni talab etadi va unga bosqichma-bosqich o’tish ya’ni evolyutsion rivojlanishni taqazo etadi.
Bozor iqtisodiyoti- ishlab chiqarish erkinligi xarid erkinligidir, bu raqobatdir.
Bunday sharoitda ko’p ukladli iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari va sog’lom raqobat muhitini vujudga keltirish, monopoliyaga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, bozor iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etishga nisbatan tahlil etar ekanmiz, unda bu boradagi ilgarigi an’anaviy fikr yuritishimiz tamomila o’zgarib ketadi. Chunki bu sharoitda nimaga ixtisoslashuvni va qaerda joylashttrishni pirovad natijada bozor, raqobat, talab va taklif belgilaydi, davlat esa o’zining regional (hududiy) va soliq siyosati orqali bu jarayonni boshqarib yoki tartibga solib turadi.

Download 296,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish