37-jadval.
Turli mulk shakllaridagi korxonalarda aholiga pullik maishiy xizmat ko’rsatish (1998 y.)
|
mln.so’m
|
1997 yilga nisbatan, marta
|
1998 yilda mulk shakllari hissasi,
%
|
Pullik xizmat ko’rsatish
|
70314,2
|
2,1
|
100
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
davlat mulki shakli bo’yicha
|
40191,3
|
1,8
|
57,2
|
nodavlat mulki shakli bo’yicha
|
30122,9
|
2,7
|
42,8
|
Shundan:
|
|
|
|
Xususiy
|
16583,0
|
3,0
|
23,6
|
Jamoa
|
11247,4
|
2,2
|
16,0
|
qo’shma korxonalar
|
1007,9
|
40,8
|
1,4
|
aralash mulk korxonalari
|
1284,6
|
2,4
|
1,8
|
aholi jon boshiga pullik xizmat ko’rsatish so’m
|
2972,1
|
2,0
|
–
|
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirish sanoat, qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojni qondirishda ichki savdo muhim o’rinlardan birini egallaydi. Respublika mustaqilikka erishgandan keyin ilgari sobiq Ittifoqning Markaziy hukumati tasarrufida bo’lgan tashqi savdoni O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi olib boradi. Aholiga zarur barcha sanoat va oziq– ovqat mahsulotlarini sotish do’kon, supermarket, umumiy ovqatlanish muassasalari va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Aholining shaxsiy ehtiyojiga mo’ljallangan barcha moddiy boyliklarning 80% ichki savdo orqali taqsimlanadi. Xalq xo’jaligida band bo’lgan ishchi va xizmatchilarning 11,1 %i savdo va umumiy ovqatlanish sohasida ishlaydi. Davlat va davlatga tegishli bo’lmagan 43,4 mingta chakana savdo korxonalari aholiga xizmat ko’rsatadi.
38-jadval.
Davlat va kooperativ savdosining tovar aylanmasi
|
1990
|
1991
|
1992
|
1993
|
1997
|
Oziq–ovqat mahsulotlari
|
42,4
|
39,4
|
54,8
|
55,7
|
58,2
|
Nooziq–ovqat mahsulotlari
|
57,6
|
60,6
|
45,2
|
44,3
|
41,8
|
O’zbekiston iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi davrida respublikada savdo “O’zbeksavdo”, “O’zbekbirlashuv”, “O’ztayyorlovsavdo”, respublika tovar xom-ashyo, fond birjalari, shuningdek sanoat, tansport kontsernlari
va kompaniyalari huzuridagi ishchilar ta’minoti bo’limlari, Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi (dori va atir–upa savdosi), Matbuot davlat qo’mitasi (kitob savdosi) va boshqa vazirliklarning savdo tashkilotlari orqali amalga oshirilmoqda, shuningdek, xususiy savdoga keng yo’l berildi.
Maishiy xizmat
Savdo va umumiy ovqatlanish
Umumiy ta’lim
Shahar trasporti
Sog’liqni saqlash
Uy-joy xo’jaligi
Kanalizatsiya qurilmalar
Suv ta’minoti
Gaz ta’minoti
Aloqa
Elektr uzatish liniyalari
Transport barcha turlari va transport xo’jaligi
4-chizma
Asosiy tayanch tushunchalar
Infrastruktura – xalq xo’jaligi tarmoqlari faoliyatiga, bevosita sharoit yaratib beruvchi ishlab chiqarish va ijtimoiy tarmoqlar tizimi majmuasiga aytiladi.
Ishlab chiqarish infrastrukturasi deb barcha transport turlari va xo’jaliklari, injener-kommunakatsiyalari tizimi, aloqa uzatish vositalari majmuasiga aytiladi.
Ijtimoiy infrastruktura deb moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan va aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan tarmoqar tizimi tushuniladi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
Infrastruktura nima? Uning iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyati.
Infrastruktura turlari va ularning ahamiyati.
Ishlab chiqarish infrastrukturasi va uning elementlari.
O’zbekiston Respublikasi ishlab chiqarish infrastrukturaga baho bering.
O’zbekiston Respublikasi transport tizimiga ta’rif bering.
Ijtimoiy infrastruktura va uning tarkibiy elementlari.
O’zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xo’jaligiga baho va uning injener-kommunikatsiya tizimi bilan ta’minlanganlik darajasi qanday?
Savdo, maishiy xizmat ko’rsatish tarmoqlariga baho bering.
Ishlab chiqarish infrastrukturasida vujudga kelgan muammolar va ularning istiqboldagi taraqqiyotiga baho bering.
Ijtimoiy infrastruktura muammolari va ularning istiqboldagi taraqqiyoti qanday?
Adabiyotlar
I.A. Karimov «O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» T.: «O’zbekiston», 1993 yil.
I.A. Karimov «O’zbekiston o’z taraqqiyot yo’li va istiqlol yo’li» T.:
«O’zbekiston», 1994 yil.
Asanov G., Nabixonov M., Safarov I. «O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jug’rofiyasi», T.: «O’qituvchi» 1994 yil.
Yo’ldoshev Z.Y. «Iqtisodiy va sotsial rivojlanishni rejalashtirish» T.:
«O’qituvchi» 1992 yil.
Nabiev E., Qayumov A. «O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati» T.: Akademiya, 2000 yil.
O’zbekiston Respublikasi Entsiklopediya. T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1997 yil.
O’lmasov A., Sharifxo’jaev M. «Iqtisodiyot nazariyasi», T.: «Mehnat» 1995 yil.
O’lmasov A., To’hliev N. Bozor iqtisodiyoti qisqacha lug’at ma’lumotnoma, T.: 1991 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |