35-jadval.
O’zbekiston Respublikasi qishloq joylaridagi uy-joy fondini maishiy
qulayliklar bilan ta’minlanganligi (%da)
|
1985
|
1990
|
1995
|
Suv bilan
|
50,1
|
49,5
|
49,8
|
Kanalizatsiya bilan
|
31,9
|
33,5
|
32,4
|
Markaziy isitish bilan
|
31,2
|
25,2
|
27,8
|
Vanna (dush) bilan
|
28,6
|
24,5
|
25,0
|
Issiq suv bilan
|
17,4
|
8,5
|
11,1
|
Gaz bilan
|
82,5
|
66,9
|
75,3
|
36-jadval.
O’zbekiston Respublikasi shahar uy-joy fondini maishiy qulayliklar bilan ta’minlanganligi (%da)
|
1985
|
1990
|
1995
|
Suv bilan
|
89,5
|
89,8
|
71,0
|
Kanalizatsiya bilan
|
83,1
|
82,1
|
53,9
|
Markaziy isitish bilan
|
82,4
|
82,5
|
60,6
|
Vanna (dush) bilan
|
78,5
|
78,3
|
80,0
|
Issiq suv bilan
|
69,2
|
70,1
|
70,6
|
Gaz bilan
|
99,0
|
99,5
|
90,3
|
Jadvallardan ko’rinib turibdiki, shaharlarda gaz bilan ta’minot ancha yuqori, Ammo bu ko’rsatkich oxirgi vaqtda ancha pasayib ketdi. Bu bizning nazarimizda, ayrim asosiy materilal va qismlarning yetishmasligi hamda moliyaviy muammolar bilan bog’liqdir.
Qishloq joylarda 1985 yilda vodoprovod bilan ta’minlanish 50,1% bo’lgan bo’lsa, 1995 yilda bu ko’rsatkich 49,8%ga teng bo’ldi.
O’zbekistonda qishloq aholisini kanalizatsiya qurilmalari, va ishlab chiqarish infrastrukturasining boshqa turlari bilan ta’minlash ham qonaqarli emas.
O’zbekiston aholisining 60 %dan ortiq qismi qishloq joylarda yashaydi. Ammo aholini injener-kommunikatsiya tizimi bilan ta’minlash darajasi hanuzgacha pastligicha qolyapti.
O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy infrastruktura
O’zbekistonda 1926 yilda nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida ishlab chiqarishda band bo’lgan aholining bor–yo’g’i 6 %i ishlagan bo’lsa, 1990 yilga kelib, bu ko’rsatkich qariyb 26 %ga yetdi, ya’ni bu tarmoqda ishlovchilarning soni 4 baravardan ziyod ko’paydi. Huddi shu davrda moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lganlar soni kamayib, 94 %dan 74,1 %ga tushib qoldi. Bu raqamlar Respublikada moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining o’smaganligi yoki kam o’sganligini ko’rsatmaydi, albatta. Ayniqsa, jamiyat taraqqiyoti, uning boyligi avvalo moddiy ishlab chiqarishning taraqqi¸t darajasi bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy taraqqiyot darajasi qanchalik yuksak bo’lsa, xizmat doirasiga bo’lgan talab, uning rivojlantirish imkoniyati shuncha yuqori bo’ladi.
Ijtimoiy infrastrukturaga – uy–joy komunal xo’jaligi, savdo, umumiy ovqatlanish, sog’liqni saqlash, maorif, maishiy xizmat va boshqalar kiradi.
Ma’lumki , har qanday hududni (iqtisodiy rayon, respublika, viloyat va hokazo) xizmat doirasini rivojlantirish uchun ma’lum sharoitlar majmui kerak bo’ladi. Ana shunday sharoitlar majmui xizmat doirasiga bo’lgan talab hajmi, uni hududiy tashkil qilish imkoniyatlarini belgilab beradi.
Tabiiy demografik, ijtimoiy–iqtisodiy va etnik sharoitlar bilan qisqacha tanishib o’tamiz.
Tabiiy sharoit xizmat doirasining ayrim tarmoqlariga bevosita ta’sir ko’rsatishi mumkin. Uy–joy qurilishida foydalaniladigan materiallar, sovuq va issiqdan saqlanish imkoniyatlari hisobga olinadi. O’zbekiston sharoitida uylarni isitish muddati sovuq iqlimli hududlardagiga nisbatan ancha qisqa bo’lib, bu maqsadlar uchun ancha kam yoqilg’i sarf qilinadi.
Demografik sharoit ham xizmat doirasini rivojlantirish, uni hududiy tashkil qilishga ta’sir ko’rsatadigan muhim omil hisoblanadi.
Aholisining yosh va jinsiy tarkibi, oila a’zolarining soni, ish malakasi, bilim bo’yicha tarkibi kabi demografik ko’rsatkichlar xizmat doirasining hajmi hamda uning umumiy tarkibiga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, aholi tarkibida ayollar sonining erkaklarga nisbatan ortiq yoki kam bo’lishi ham aholiga turli xil xizmat ko’rsatishni rivojlantirishda e’tiborga olinadi.
Ijtimoiy–iqtisodiy sharoitning xizmat doirasiga ta’siri juda katta ekanligi avvalo shu bilan belgilanadiki, iqtisodiy taraqqiyot darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, xizmat doirasiga talab va uni rivojlantirish imkoniyatlari ham shu qadar yuqori bo’ladi.
Etnik sharoitlar ham xizmat doirasiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Bunda aholining milliy tarkibi ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Ko’p millatli O’zbekistonning ko’pgina shahar va qishloqlarida o’qish ikki yoki undan ko’p tilda
olib boriladigan maktablar bor. Shuningdek, respublikamizda turli tillarda gazetalar chiqariladi va radio eshittirishlari olib boriladi.
Uy – joy kommunal xo’jaligi.
Uy-joy kammunal xo’jalik - ijtimoiy infrastrukturaning asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanib xalqning turmush darajasini oshirishda katta ahamiyatga ega va aholini mehnat va ijtimoiy faolligini rag’batlantiradi.
O’zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal fondiga ijtimoiy kooperativ va xususiy uylar kiradi. Mamlakatimizda esa 20 yillarda davlat mulkiga tegishli uy- joylar qurila boshlandi. Shunga qaramasdan xususiy uy-joy qurilish fondining uy-joy kommunal fondidagi ulushi yuqoriligicha qoldi.
Shahar uy-joy fondi Respublika umumiy 285,6 mln.m.kv. uy-joy fondining 42,6 %ini yoki 121,8 mln.m.kv.ni tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasida uy-joy fondi «Davlat uy-joy fondining xususiylashtirish» Qonuniga asosan deyarli xususiylashtirildi..
Shahar, shaharcha va tuman markazlarida aholini suv bilan ta’minlash, shuningdek ichimlik suvining sifatini yaxshilash maqsadida 1988–1995 yillarda sutkasiga 391 ming m3 ichimlik suvi yetkazib beradigan vodoprovod shohobchalari qurilib ishga tushirildi (Samarqand, Urganch, Nukus, Jizzax, Termiz va boshqa shaharlarda). 1990 yilda Tuyamo’yin–Urganch, Tuyamo’yin–Nukus, Uchqo’rg’on– Namangan va boshqa suv quvurlari foydalanishga topshirildi. Aholi jon boshi hisobiga bir kecha kunduzda iste’mol qilinadigan suv shaharlarda 536,3 l. va qishloqlarda 240,4 l.ni tashkil etdi.
Uy – joylarnii obodonlatirishda kanalizatsiya muhim ahamiyatga ega. O’zbekistonda arxeologik qazilmalar davrida ayrim yirik shaharlarda (Samarqanddagi Afrosiyob, Toshkentdagi Qoratosh xarobalari) sopol quvur qoldiqlari topilgan.
1993 yilda O’zbekistondagi kanalizatsiya bilan ta’minlangan aholi punktlari soni 235ga, kanalizatsiya tarmog’ining uzunligi 3501,9 km.ga yetdi. Kanalizatsiya – tozalash iinshoatlarining kecha–kunduzdagi quvvati esa 3,7 mln.m3ni tashkil etdi. 1995 yilda kanalizatsiya sanitariya inshoatlari orqali 1,19 mlrd.m3 oqova suv o’tkzildi.
Mustaqillik yillarida respublika, shahar va ayniqsa qishloqlrini gazlashtirish ustivor davlat siyosatiga aylandi.
Respublikaning shahar, shaharcha va qishloqlarida uzunligi ming km.dan ortiq yakka tortilgan gaz shohobchalari mavjud. Jumladan, 23,9 ming km.da ortiq yer osti gaz quvuri, 27,5 ming gaz taqsimlash punkti (shundan 1573 tasi ko’chmas) ishlab turibdi. Xonadonlar tabiiy gaz bilan ta’minlangan, bu umumiy xonadonlarning 66
%ni tashkil etadi, shu jumladan, qishloqlarda 1985 ming xonadon gazlashtirilgan. Binolarni isitish sohasida 935 ta (soatiga 5559 Gkal issiqlik beradigan) gaz bilan ishlaydigan bug’ qozonlari va 3671 ming km. uzunlikdagi issiqlik tarmog’i ishlab turibdi.
Tibbiy xizmat.
Tibbiy xizmat ham ijtimoiy rivojlanishning muhim sohasi hisoblanadi. Davlat ijtimoiy siyosatining asosiy elementlaridan biri – insonlar salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, uzoq umr ko’rish va faol ijod qilish, tibbiy yordam sifatini oshirishdir.
Bizga ma’lumki, meditsina xizmati darajasi vrachlar yoki kasalxonalar soni bilan emas, balki xodimlar saviyasi, tibbiy xizmat ko’rsatish darajasi bilan aniqlanadi.
O’zbekiston bu sohada ko’pgina sobiq Ittifoq respublikalaridan orqada. Bu haqda quyidagi solishtirma ma’lumotlar guvohlik beradi.
Ayrim MDH davlatlarda tibbiyotni rivojlantirishdagi solishtirma ko’rsatkichlar
(1997 yil)
Davlatlar
|
Vrachlar soni 10000 kishiga
|
O’rta meditsina xodimlar soni 10000 kishiga
|
Koykalar soni 10000 kishiga
|
Pediatrlar soni 10000 bolaga
|
Rossiya
|
46,9
|
122,6
|
137,5
|
24,3
|
Ukraina
|
44,0
|
117,5
|
135,5
|
21,8
|
Belorusiya
|
40,5
|
115,6
|
132,3
|
21,4
|
O’zbekiston
|
35,8
|
110,7
|
123,7
|
14,6
|
Maishiy xizmat ko’rsatish aholiga maishiy xizmat ko’rsatish xalq xo’jaligiin o’ziga xos sohalaridan biri.
Hozir O’zbekiston Respublikasida aholiga mashiy xizmat ko’rsatish xizmatining o’z an’analari va tarixiga ega bo’lgan tizimi shakllangan. Maishiy xizmat sohasida 121,0 ming kishi yoki respublika xalq xo’jaligida band bo’lgan jami ishchi va xizmatchilarning 8 %i ishlaydi.
Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari davlat, jamoa, kooperativ, shaxsiy, aktsiyadorlik kabi turlicha mulk shakllariga asoslangan korxonalardan iborat. Tizim korxonalari aholiga 800 dan ortiq xizmat turini ko’rsatdi. Ular poyafzal, kiyim–kechak, trikotaj buyumlarini yakka tartibda tikish, to’qish va ta’mirlash, radiotelevizion apparaturalar, ro’zg’orda ishlatiladigan asboblar, metall buyumlarni tuzatish va yasash, shaxsiy transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’minlash, mebellarni ta’mirlash, kiyimlarni kimyoviy usulda tozalash va bo’yash, kir yuvish, suratga olish, hammom, sartaroshlik xizmatlari, ro’zg’or buyumlarini ijaraga berish, transport xizmatlari, uy–joylar qurish va boshqa shunga o’xshash xizmatlar kiradi.
1989 yildan maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari xo’jalik hisobiga, ijara pudratiga o’tkazila boshladi. Korxonalarda har yili aholiga xizmat ko’rsatishning 150dan ortiq turi va usullari joriy qilindi, barcha xizmat turlarining soni qariyib 800 taga yetdi. Lekin aholiga maishiy xizmat ko’rsatish aholining o’sib borayotgan talabini yetarlicha qondira olmadi. Respublikaning ko’plab qishloqlarida maishiy xizmat ko’rsatish umuman yo’lga qo’yilmagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |