Agrofirma – muayyan turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va uni sanoat usulida qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxona.
Ekstensiv iqtisodiy o’sish - qo’shimcha ish kuchi ishlab chiqarish vositasi va resurslarini jalb qilish hisobiga, ya’ni mehnat va moddiy resurslarni ko’proq qo’llsha hisobiga o’sish. Bunda oddiy mehnat sarflari qisqarmaydi, mehnat unumdorligi oshmaydi. Miqdoriy o’sish.
Intensiv iqtisodiy o’sish – ishlab chiqarish ko’lami, ajratilgan mahsulotlar va xizmatlar xadmining resurslarni tejamli ishlatish hisobidan oshib borishi, ular sifatini yaxshilanishi. Sifat o’sish.
Mehnat unumdorligi – ma’lum vaqt (soat, sutka, oy, yil) ichida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori bilan o’lchanadi.
Asosiy fondlar – ishlab chiqarish vositalari, ular joylashgan binolar. Aylanma fondlar – pul, xom ashyolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |