Qandolatchilik sanoati.
Bizda qadimgi qandolatpazlar uzum, tut shirasidan shinni asal, turli mevalarning shiralari, kunjut, un, o’rik magizi, yong’oq va boshqalardan xolva, novvot, pashmak, parvarda, nisholda, murabbo tayyorlaganlar. Hozir respublikada sanoat usulida 1000 dan ortiq turda qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yirik korxonalar Toshkent, Yangiyo’l, Samarqand, Namanganda joylashgan. "O’zbekbirlashuv" korxonalarida 15% qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Respublikaga chetdan qandolat mahsulotlari keltirish yildan-yilga kamaymoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |