Iqtisodiy geografiya


Mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi



Download 296,14 Kb.
bet11/137
Sana02.02.2022
Hajmi296,14 Kb.
#425189
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   137
Bog'liq
Iqtisodiy geofrafiya (2)

Mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi


Har qanday ishlab chiqarish avvalambor umuminsoniy iqtisodiy faoliyat bo’lib, unga xos belgilardan biri – bu ixtisoslashuvdir.


Ixtisoslashuv - ishlab chiqarishning muayyan mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishga moslashuvidir. Ixtisoslashuv asosida mehnat taqsimoti turadi. Har bir mehnat turi aniq bir mahsulotni yoki uning ba’zi-bir qismini yaratishga qaratiladi. Jamiyat a’zolarining mehnati- bu ijtimoiy mehnat bo’lib, uning turlari ixtisoslashadi.
Mehnat taqsimoti - ijtimoiy mehnatni mustaqil vazifalarni bajaruvchi mehnat turlariga ajralishi jarayonidan iboratdir. Mehnat taqsimoti, mehnat turlarini ko’paytirib, ularni ayrim kishilarga kasb sifatida birkitib qo’yadi. Ishlab chiqarishda har xil mehnatni bajaruvchi kishilar qatnashadiki, ularni ingliz iqtisodchisi Adam Smit “Iqtisodiy individlar” deb atagan. Mehnat taqsimoti ana shu kishilarning o’zaro munosabatda bo’lishini taqazo etadi.
Uning vositasida kishilar o’z faoliyati bilan bir-biriga xizmat qiladi, ya’ni kishilar boshqalarning aniq mehnati natijalaridan bahramand bo’ladilar.
Faoliyat turlari bo’yicha qaraganda, mehnat taqsimoti uch yo’nalishda rivojlanadi: umumiy, xususiy, qisman.
Umumiy mehnat taqsimoti - yirik mehnat turlarining bir-biridan ajralib, mustaqil ahamiyat kasb etishi, mehnatning yirik sohalarga bo’linishidir. Bunga mehnatning moddiy va nomoddiy, sanoat va qishloq xo’jaligi, transport va qurilish, savdo va maishiy xizmat, xalq ta’limi va sog’liqni saqlash sohalaridagi mehnat turlariga ajralishi misol bo’lishi mumkin. Shu jihatdan olganda, industrial mehnat, agrar mehnat, xizmat ko’rsatish mehnati mavjuddir.
Xususiy mehnat taqsimoti - yirik sohalar ichidagi mehnat taqsimoti. Muayyan sohadagi bir mehnatdan boshqasi ajralib chiqib ixtisoslashadi, mehnat turlari ko’payadi. Masalan, qishloq xo’jaligidagi agrar mehnat chorvachilik, dehqonchilik, bog’dorchilik mehnat turlariga ajraladi. Sanoatda ham shunday jarayon yuz beradi, xususan undirish va qayta ishlash, og’ir va yengil sanoat mehnat turlari ajralib chiqadi. Mashinasozlikni olsak, u yerda avtomobilsozlik, traktorsozlik, samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqlarga xos mehnat turlar paydo bo’lgan.
Qisman mehnat taqsimoti - korxona doirasida bo’ladigan mehnat turlarining o’zaro ajralib, ixtisoslashishi. Bunda mehnat muayyan mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari bo’yicha, aniqrog’i mahsulot uchun kerak bo’lgan ayrim qismlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan turlariga ajraladi. Masalan, qurilish korxonalarida mehnat g’isht teruvchi, suvoqchi, bo’yoqchi, duradgor, elektrpayvandchi kabi turlarga ajraladi.
Mehnatning faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi bilan birgalikda, uning muayyan hudud doirasida ham taqsimlanishi yuz beradi. Mehnatning hudud miqyosida taqsimlanishi ikki xil bo’ladi:

  1. Hududiy mehnat taqsimoti - muayyan mamlakat doirasida ayrim hududlar yoki mintaqalardagi mehnatning ixtisoslashuvi. Sanoat va qishloq xo’jaligi hududlari borki, ular industrial yoki agrar mehnat sohasida ixtisoslashadilar. Har bir hudud doirasida ham ichki ixtisoslashuv yuz beradi. Masalan, agrar hududda bog’dorchilik, donchilik, sabzovotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan kichik bo’limlar ham bo’ladi.

  2. Xalqaro mehnat taqsimoti - mehnatning miqdori va sifatini hisobga olib, uning malakatlar o’rtasida ma’lum nisbatda va iqtisodiy nafni ko’zlagan holda taqsimlanishi. Bu mehnat turining bir-biridan ajralishi emas, balki mavjud mehnat turlarining ayrim mamlakatlarga ularning ustivor faoliyati sifatida biriktirilishidir.

Xalqaro mehnat taqsimoti- ijtimoiy mehnatning turli davlatlar yoki davlatlar guruhi o’rtasida taqsimlanishi, ishlab chiqarishning baynalminal miqyosda ixtisoslashuvini bildiradi, davlatlararo iqtisodiy aloqalarni zaruratga aylantiradi.
Xalqaro mehnat taqsimoti mehnat taqsimlanishining eng yuksak darajasi hisoblanadi. Mehnat taqsimoti qanchalik chuqurlashsa, mehnat unumi shunchalik yuqorilashadi. Ishlab chiqarish kuchlarining naqadar rivoj topganini mehnat taqsimotining rivojidan ko’rish mumkin. Agar mehnat qanchalik tor ixtisoslashgan bo’lsa, uning sir-asrorlarini chuqur egallab, mahoratni oshirib, ish unumini ko’tarish mumkin, ish operatsiyalarini aniq bajarib, mahsulot sifatini ta’minlash mumkin. Xullas, mehnatning ixtisoslashuvi uning unumdorligini oshirish shartiga aylanadi.
Mehnat taqsimotining muqarrar yuz berishi va davom etishi ma’lum iqtisodiy qonun ta’sirida boradi. Umumiqtisodiy qonunlar jumlasiga mehnat taqsimoti qonuni ham kiradi, unga binoan mehnat turlari uzluksiz ravishda bir-biridan ajralib, yangi mehnat turlari uzluksiz paydo bo’lib, mehnatning ixtisoslashib borishi uning unumdorligini oshiradi. Mazkur qonun iqtisodiyot taraqqiyotining hamma bosqichlariga xosdir.



    1. Download 296,14 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish