Metodika – ilmiy tadqiqotni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan texnik va tashkiliy yondashuvlar majmui.
Metodologiya – fan taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi nazariyani muhim elementlarining majmui; metodologiya nazariyada farqli o’laroq yangi bilim manbai hisoblanmaydi; kontseptsiyadan farqli o’laroq yangi bilim manbai hisoblanmaydi; kontseptsiyadan farqli o’laroq amaliyot uchun asos bo’lib xizmat qilmaydi; lekin metologiya shunday elementlarni rivojlantiradiki, ushbularsiz fanning taraqqiy etishi mumkin emas. Shunday qilib, metologiya nazariya taraqqiyotining kontseptsiyasi bo’lsa, kontseptsiya- bu nazariyadan amaliyotga o’tish metodologiyaisdir.
Tadqiqot ob’ekti - ma’lum fan tarmog’i o’rganadigan voqea va hodisa, tabiiy- hududiy komplekslar, iqtisodiy –ijtimoiy georafiyada hududiy sotsial-iqtisodiy tizimlar.
Tadqiqot usuli - umumiy tarzda maqsadga erishish yo’lini anglatadi. Umumiy ilmiy va ayrim fanlarning maxsus tadqiqot usullari mavjuddir.
Tadqiqot predmeti – m’lum fan va tarmog’iga taalluqli ob’ektning tadqiq etiladigan jihatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |