va jamg‘arish maqsadiga qaratiladi.
Investitsiyalar tasnifi
2
Kapital investitsiyalarga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga,
shu jumladan yangi qurilishga,
modernizatsiyalashga, rekonstruktsiya qilishga, texnik jihatdan
qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga
kiritiladigan investitsiyalar kiradi.
Innovatsiya investitsiyalariga yangi yoki takomillashtirilgan tovarlarni (ishlarni,
xizmatlarni), ishlab chiqarish jarayonini, tadbirkorlik faoliyatini
yuritishda yangi marketing
uslubini yoki tashkiliy uslubni ishlab chiqish va o‘zlashtirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.
Ijtimoiy investitsiyalarga inson salohiyatini, ko‘nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini
oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan
investitsiyalar kiradi.
Real investitsiyalar - bu korxona asosiy vositalarini vujudga keltirish va takror ishlab
chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga
qo‘shiladigan investitsiyalardir. Buxgalteriya hisobida bu turdagi investitsiyalar kapital
2
K.B.O’razov «Investitsiyalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortilishi», Iqtisodiyot va huquq nashriyot uyi,-
Toshkent 2003 y.
INVESTITSIYA
Takror ishlab chiqarish bo’yicha
qo‘yilmalar sifatida e’tirof etiladi.
Moliyaviy investitsiyalar - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tasarrufidagi daromad olishga (foiz,
royalti, dividend va ijara haqi shaklida) mo‘ljallangan, investitsiya qilingan sarmoya qiymatining
ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniya boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.
3
Intellektual mnvestitsiyalar - bu korxonaning intellektual
boyliklarini xarid qilishga
sarflangan mablag‘laridir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy investitsiyalar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Moliyaviy investitsiya yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyorida mavjud bo‘lgan bo‘sh pul
mablag‘larida samarali foydalanishni ta’minlaydi (2-chizma).
Moliyaviy investitsiyalar joriy (qisqa) va uzoq muddatli investitsiyalarga ajratiladi.
Joriy (qisqa) investitsiyalar - erkin sotiladigan va bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda
egalik qilishga qaratilgan qimmatli qog‘ozlardir, ular odatda bozor (likvidli) qimmatli qog‘ozlari
deb ataladi.
Bozor qimmatbaho qog‘ozlari ko‘p hollarda bo‘sh turgan naqd pullarni vaqtincha
qo‘yishasi bo‘ladi. Ular shuningdek, bino, asbob-uskunalar qo‘yilishi kutilayotgan kapital ham
bo‘lishi mumkin.
Joriy (qisqa) investitsiyalar ulushi, qarz va qimmatli qog‘ozlari bilan aks ettirilgan bo‘lishi
mumkin.
Ulushli qimmatbaho qog‘ozlar, odatda, oddiy va imtiyozli aktsiyalar bilan ifodalanadi.
Qarz qimmatli qog‘ozlari odatda obligatsiyalar, xazina veksellar, depozit sertifikatlari va
hokazolar bilan ifodalanadi.
Uzoq muddatli investitsiyalar - bir yildan uzoq bo‘lgan muddatda egalik qilishga
mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan investitsiyalardir. Ular odatda investitsion portfelda
ulushli (aktsiyalar) va qarz (uzoq muddatli obligatsiyalar) qimmatli qog‘ozlar bilan ifodalangan
bo‘ladi.
Korxona ixtiyorida bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning barchasi investitsion portfel deyiladi.
Qimmatli qog‘oz - bu shu qog‘oz egasining qimmatli qog‘ozni
chiqargan shaxsda qarzi
yoki mulkida ulushi borligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Investitsiya jarayonining barcha sub’ektlari chet ellik investorlardan boshlab, davlat,
yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar)gacha bu
munosabatlarning ishtirokchilariga aylanadilar.
Iqtisodiy adabiyotlarda qimmatli qog‘ozlar turli kursatkichlari bo‘yicha turkumlanadi.
Ularni turkumlanishini chizma ko‘rinishidagi ifodasini 4- chizmada keltiramiz.
12-sonli «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli buxgalteriya hisobining milliy
standartiga asosan «qimmatli qog‘ozlar: joriy, bozor qiymatlariga ega.
Joriy qiymat - bir-biriga qaram bo‘lmagan xabardor, sotib olishni hohlagan xaridor bilan
xabardor, sotishni xohlayotgan sotuvchi o‘rtasida aktiv almashtiriladigan miqdor.
Amaliyotda qimmatli qog‘ozlar bir necha ko‘rinishdagi qiymatga ega bo‘lishi mumkin:
bozor qiymati (kurs bo‘yicha), nominal qiymat, emissiya qiymati,
balans qiymati, (haqiqiy
tannarx), bekor qilinish qiymati, garov qiymati, iste’mol qiymati.
Bozor (kurs bo‘yicha) qiymati - qimmatli qog‘ozning pul ifodasidagi yoki tegishli
ekvivalentlardagi (foizda nominalga nisbatan) qiymati. Bu qiymat bo‘yicha qimmatli qog‘oz
ma’lum bir belgilangan vaqt oralig‘ida ochiq bozorda sotib oluvchi to‘lashga rozi bo‘lgan sotuvchi
esa shu narxga rozi bo‘lgan narxni bildiradi, bunda sotib oluvchi ham,
sotuvchi ham mazkur
bitimning ahamiyati tomonlari bo‘yicha etarli ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Nominal qiymat - qimmatli qog‘oz blankida ko‘rsatilgan va qimmatli qog‘ozlarning
bozordagi aylanuviga ahamiyatli hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydigan qiymatdir. Bu qiymat faqat
ma’lumot sifatida kapital ulushi yoki qarzni miqdorini ko‘rsatadi.
Emissiya qiymati - bu qiymat bo‘yicha qimmatli qog‘oz birlamchi bozorda sotiladi.
Nominal va emission qiymatlar orasida farq qshmatli qog‘ozlarni tarqatuvchm diler firmalarining
3
12-son BHMS “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
23.12.1998 yilda tasdiqlangan. 6-bandi.
xizmatlari bilan bog‘liq. Dilerlar qimmatli qog‘ozlarni emitentdan nommnal qiymati bo‘yicha
sotib oladilar va investorlar orasida emission qiymat bo‘yicha sotadilar.
Balans qiymati - bu qimmatli qog‘ozni xarid qilishda sarf qilingan haqiqiy xarajatlar
qiymati. Bu qiymat moliyaviy hisobot hujjatlari asosida aniqlanadi.
Bekor qilish (lmkvidatsiya) qiymati - bitta qimmatli qog‘ozga to‘g‘ri keladigan real
(mavjud) mulkni haqiqiy sotuv narxdagi qismining qiymati.
Garov qiymati - bu qimmatli qog‘ozlarning qarz va kreditlar olinganda garov sifatida
hisobga olinadigan qiymati.
Garov qiymati deb, asosan, qimmatli qog‘oz garovga berilishi
mumkin bo‘lgan kreditning maksimal summasiga aytiladi.
Iste’mol qiymati - bu kurs qiymatining ortishi natijasida keltirilgan foyda.
Investor qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarni buxgalteriya hisobini 21-sonli
«Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi
hisobvaraqlarning rejasi» buxgalteriya hisobining milliy standartiga asosan ifodalaydi va qimmatli
qog‘ozlarni qiymatini, avvalambor, sotib olish qiymatida va sotish davrigacha ularni narxini
nominal narxgacha etkazadi.
Shuningdek, hisobvaraqlaridagi qimmatli kog‘ozlar qiymatini
o‘zgarish mezonlarini aniqlab olish zarur bo‘ladi.
Ammo, 12-sonli «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli buxgalteriya hisobining milliy
standarti va 39-sonli «Moliyaviy instrumentlar» nomli xalqaro moliyaviy hisobot standartida
asosiy mezonlardan biri ehtiyotkorlik tamoyili bo‘lib, u qimmatli qog‘ozlarni mavjud baholardan
«eng kami» va «haqiqiy bozor qiymati» bo‘yicha hisobga olish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Ushbu standartlardan kelib chiqqan masala qimmatli qog‘ozlarni kamida ikkita bahoda aks
ettirish zaruriyatidan iborat: aktsiyalar uchun - bu xarid qilishning xaqiqiy qiymati va joriy bozor
bahosi.
Aktsiyalar uchun haqiqiy xarid bahosi nominal bahoga nisbatan muhimroq ko‘rsatkich
hisoblanadi, chunki aktsiya, odatda, muddatsiz qimmatli qog‘oz bo‘ladi va uning nominal qiymati
- bu faqat oldindan avanslangan kapital miqdoridir. Ta’kidlash joizki, aktsiyalarning bozor qiymati
ularning emissiyasidan keyingi emitentning nizom kapitali bilan juda ham bog‘liq emas.
Obligatsiyalarni muomalada bo‘lishi ularning nominal qiymati bilan bog‘liq, negaki
ularning qoplanish muddati yaqinlashgani sari boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holda,
masalan, emitentning barqarorligi va hokazo) uning bozor qiymati nominalga yaqinlashib boradi.
Aktsiya va obligatsiyalar uchun ikki baho bo‘lishining muhimligini tahlil qilish va boshqarish
masalalari bilan bog‘liqlik orasidagi farq ma’lum vaqt mobaynida amalga oshirilmagan daromad
miqdorining mohiyatidan iborat. Shunday qilib, tadqiqot natijasida qimmatli qog‘ozlar qiymatini
uch xil bahoda ifodalash asoslangan; haqiqiy, nominal va bozor qiymatlarida.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda 12-sonli «Moliyaviy investitsiyalarni hisobi» va 21-
sonli «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi
xisobvaraqlarining rejasi» buxgalteriya hisobining milliy andozalari orasida qimmatli qog‘ozlarni
hisobga olish qiymati masalasida juda katta farqlar mavjud ekan.
Korxonaning moliyaviy investitdiyalari vaqti-vaqti bilan qayta baholanishi mumkin. Qayta
baholashni o‘tkazish davri korxonaning hisob siyosati bilan belgilanadi.
Qayta
baholash natijalari, xususan, qayta baholash natijasida uzoq muddatli moliyaviy
investitsiyalarning qo‘shimcha baholanish summasi qayta baholashdan daromad sifatida xususiy
kapitalga (8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotiga) o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: