№
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
Schyotlarning bog‘lanishi
Debet
Kredit
1
Aktsiyadorlarga dividendlar hisoblandi
8710
6610
2
Dividend to‘lash manbaida daromad solig‘i hisoblandi
6610
6410
3
Hisoblangan dividendlar to‘landi
6610
5010-5530
4
Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar
hisoblandi
8330, 8610,
8620
6620
5
Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar
to‘landi
6620
5010-5530
4. Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini yuritish tartibi
Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda qimmatli qog‘ozlarning buxgalteriya hisobi
bo‘yicha muomalalar yagona (umumiy) tamoyillar asosida amalga oshirilishi lozim. Qimmatli
qog‘ozlarga unaltirilgan moliyaviy investitsiyalarning hisobi qimmatli qog‘ozlarning qoplanish
muddati, ularning turi (iqtisodiy mazmuni), hisob-kitob shakllari, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish
uchun manba va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. 21-son BHMS«Xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi» ga muvofiq
0600-"Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar" schyotida mamlakatimizda
va undan tashqarida barpo etilgan korxonalarning qimmatli qog‘ozlarga, sho‘’ba, qaram xujalik
jamiyatlarning hamda chet el sarmoyali korxonalarning nizom kapitali (jamg‘armasi) ga uzoq
muddatli qo‘yilmalar (investitsiyalar) mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumot quyidagi
hisob-varaqalaridan kelib chiqib umumlashtiriladi:
0610 "Qimmatli qog‘ozlar";
0620 "Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar";
0630 "Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar";
0640 "Chet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar";
0690 "Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar".
0610-"Qimmatli
qog‘ozlar" schyotida aktsionerlik jamiyatlarining aktsiyalari,
obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari (optsion, fyuchers va boshqalar) ga uzoq muddatli
moliyaviy investitsiyalarning mavjudligi va harakati aks ettiriladi.
0620 - «Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar», 0630 — «Qaram birlashmalarga
investitsiyalar», 0640 - "Qo‘shma korxonalarga investitsiyalar" schyotlarida mos ravishda sho‘’ba,
qaram va qo‘shma korxonalarga investitsiyalarning mavjudligi va harakati aks ettiriladi.
Xo‘jalik jamiyati shuba xo‘jalik jamiyati deb tan olinadi, agar boshqa bir xo‘jalik jamiyati
yoki shirkati quyidagilar tufayli xo‘jalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab
berish imkoniga ega bo‘lsa:
- ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega bo‘lgan holda ishtirok etish;
- ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga (masalan, boshqa jamiyat yoki shirkat
kompaniyaning boshqaruvchisi sifatida chiqqanda ushbu jamiyatning ishlarini boshqarish
to‘g‘risida) muvofiq;
- boshqa imkoniyatlar (masalan, ushbu jamiyatni boshqarish organlariga bunday ta’sir
ko‘rsatishning haqiqiy imkoni tufayli) (O’zR FKning 67-moddasi).
Xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xo‘jalik jamiyatiga qarashli ovoz
beradigan aktsiyalar (ustav kapitali)ning 20 foizidan ko‘prog‘iga ega bo‘lsa, bunday xo‘jalik
jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi (O’zR FKning 68-moddasi).
Ustunlikka ega jamiyat asosiy jamiyat sho‘’ba jamiyatiga nisbatan ega bo‘lgan huquqlarga
ega emas. Uning imkoniyatlari shu bilan belgilanadiki, u aktsiyalar paketining sezilarli qismining
egasi hamda tegishli ovozlar soniga ega, qaram jamiyatning qaror qabul qilishiga ta’sir etishi
mumkin, lekin unga majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega emas. Shuning uchun O’zR
Fuqarolik kodeksida belgilinishicha, bunday munosabatlar sho‘’ba va asosiy jamiyatlar
(shirkatlar) bilan bo‘lganidek, o‘zaro yoki qo‘shimcha javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. Biroq
aktsiyadorlik jamiyatining ovoz beradigan aktsiyalarining 20 foizidan ortig‘ini yoki mas’uliyati
cheklangan jamiyat ustav kapitalining 20 foizidan ortig‘ini qo‘lga kiritgan xo‘jalik jamiyati
(aktsiyadorlik jamiyati, mas’uliyati cheklangan jamiyat) bu haqdagi ma’lumotlarni belgilangan
tartibda darhol e’lon qilishi shart.
0690 - «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotida kelajakda moliyaviy daromad
olish maqsadida korxonaning davlat korxonasiga, xayriya yoki ekologiya tashkilotlariga
investitsiyalarning mavjudligi hisobga olib boriladi.
Bu schyotlar aktiv bo‘lib, debetidagi qoldiqlar har oyning boshiga korxona tomonidan sotib
olingan qimmatli qog‘ozlar qiymatini ifodalaydm. Debet tomonmdagi oboroti oy davomida sotib
olingan qimmatli qog‘ozlar qiymatini, investitsiya uchun sarflangan mablag‘lar miqdorini, kredit
tomonidagi oborotlar hisobdan chiqarilgan sotib yuborilgan, qaytarib berilgan qimmatli qog‘ozlar
qiymatini yoki investitsiyalarning uzilishini aks ettiradi.
Aktivlarni investitsiyalar qatoriga qo‘shish tartibi va ularning turlari 12-son "Moliyaviy
investitsiyalar hisobi", 8-son "Konsolidatsiyalashtirilgan (umumlashtirilgan) moliyaviy hisobotlar
va avlod xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi" O’zbekiston Respublikasining BHMS lari
orqali tartibga solinadi.
Aktsiyalar, obligatsiyalar va unga o‘xshash qimmatli qog‘ozlar 0610-"Qimmatli
qog‘ozlar" schyotining debeti bo‘yicha sotib olingan qiymatida hisobiga olinadi va qimmatli
qog‘ozlar hisobiga olingan avvalgi schyotlari kreditida ularning hisobiga berilgan qiymatliklar aks
ettiriladi. Korxona tomonidan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar uchun mablag‘lar
o‘tkazilsa, lekin hisobot davrida korxonaga ularga egalik huquqini beruvchi tegishli hujjatlar
(aktsiyalar, obligatsiyalar, boshqa korxonalarga o‘tkazilgan qo‘yilmalar, summasi guvohnomalar
va boshqalar) olinmasa, bular 0610-"Qimmatli qog‘ozlar" schyotida alohida ko‘rsatiladi. Agarda,
korxonalar tomonidan sotib olingan aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa shunga o‘xshash qimmatli
qog‘ozlar to‘liq qiymati nominal qiymatidan yuqori bo‘lsa, u holda har safar ularga to‘g‘ri
keladigan daromad hisoblanganda xarid qilish va nominal qiymatlar orasidagi farqi quyidagicha
buxgalteriya yozuvlari orqali hisobdan chiqariladi:
Debet 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar»,
Kredit 0610-«Qimmatli qog‘ozlar».
Agarda korxona tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va boshqa shunga o‘xshash
qimmatli qog‘ozlarning xarid qiymati ularning nominal qiymatidan past bo‘lsa, u holda har safar
ularga daromad hisoblanganda xarid qilish va nominal qiymatlar orasidagi farqning bir qismi qayta
hisoblanadi (to‘ldiriladi) va quyidagicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
Debet 0610-«Qimmatli qog‘ozlar»,
Kredit 9590-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa daromadlar».
Qimmatli qog‘ozlarga daromad hisoblanganda (olinadigan daromad miqdoriga)
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
1. Obligatsiyalar uchun olinadigan foizlar:
Debet 4830-"Olinadigan foizlar",
Kredit 9530-"Foiz ko‘rinishidagi daromad".
2. Aktsiyalar uchun olinadigan dividendlar:
Debet 4840 "Olinadigan dividendlar",
Kredit 9520 "Dividend ko‘rinishidagi daromad"
Qimmatli qog‘ozlarga dividend hisoblanganda, xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlariga
muvofiq, ikkita usuldan foydalanish mumkin:
1. Qiymat usuli. Ushbu usul qo‘llanganda investor o‘z mablag‘inm boshqa korxonaga
dastlabki qiymati bo‘yicha qo‘yadi. Uning asosiy tamoyillari shundan iboratki, investitsiyalar
qiymati sho‘’ba tuzilmalarining moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar o‘zgarmaydi, ulardan olinadigan
dividendlar bosh jamiyat daromadi sifatida hisobga olinadi.
2. Ulushbay ishtirok usuli. Bu usulni bosh jamiyat tomonidan sho‘’ba jamiyatiga sezilarli
darajada ta’sir o‘tkazish va nazorat qilish hollarida qo‘llash tavsiya qilinadi.
Misol. Korxona 1200000 so‘mga aktsiyalarni xarid qildi. Aktsiyalarning nominal qiymati
1000000 so‘m. Korxona aktsiyalarning ushbu paketini 15 oydan keyin sotishni rejalashtirdi.
Aktsiyalarning xarid narxi va nominal qiymati o‘rtasidagi farq 200000 so‘m (1200000 -
1000000) 15 oy mobaynida teng ulushlar bilan hisobdan chiqariladi hamda korxonaning moliyaviy
faoliyat bo‘yicha xarajatlari sifatida e’tirof etiladi (Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizomning 3.6-
bandi).
Do'stlaringiz bilan baham: |