Investitsiyalar hisobi reja xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda investitsiyalar hisobini tashkil etish



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana26.03.2022
Hajmi0,49 Mb.
#511582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
15 мавзу маъруза

2. Ulushbay ishtirok usuli.
Bu usulni bosh jamiyat tomonidan sho‘’ba jamiyatiga sezilarli 
darajada ta’sir o‘tkazish va nazorat qilish hollarida qo‘llash tavsiya qilinadi, u quyidagilardan 
iborat:
- investitsiyalarning joriy qiymati sho‘’ba jamiyatining xo‘jalik faoliyati natijalariga 
bog‘liqlikda o‘zgaradi: u foyda olganda investitsiyalar qiymati oshadi, zarar esa kamayadi;
- bosh jamiyat investitsiyalardan foydani egalik ulushiga munosib ravishda aks ettiriladi: 
uning sho‘’ba jamiyatidagi ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, bosh jamiyat balansida investitsiyalar 
qiymati shuncha ko‘p summaga oshiriladi;
- olingan dividendlar daromad sifatida qaralmaydi, balki investitsiyalar qiymatini 
kamaytirish tarzida ifodalaydi.
3. Dividendlar hisobi. 
Bizga ma’lumki, Aktsiyadorlik jamiyatlari sof foydasidan aktsiyadorlarga dividend 
to’laydi. Dividend
 
– aktsiyalar bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan daromad, aktsiyadorlik jamiyati 
tomonidan uning muassislari o’rtasida taqsimlanadigan sof foydaning bir qismi. 
Dividend aktsiyadorlar o’rtasida ularga tegishli aktsiyalarning soni va turiga mutanosib 
ravishda taqsimlanadi. Muayyan turdagi imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividendlar jamiyatning 
maxsus mo’ljallangan zaxiralari hisobidan to’lanishi mumkin. 
Dividendlar to’lash muddati va tartibi jamiyat ustavida yoki aktsiyadorlarning umumiy 
yig’ilishi qarori bilan belgilanadi. Dividendlar to’lash muddati shunday qaror qabul qilingan 
kundan e’tiboran 60 kundan kech bo’lmasligi lozim. 


Dividendlar to’lash vaqtida birinchi navbatda imtiyozli aktsiyalar bo’yicha, so’ngra oddiy 
aktsiyalar bo’yicha dividendlar to’lanadi. Imtiyozli aktsiyalar bo’yicha qat’iy belgilangan 
dividendlarni to’lash uchun etarli miqdorda foyda mavjud bo’lgan taqdirda jamiyat mazkur 
aktsiyalarni saqlovchilarga dividendlar to’lashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda 
aktsiyadorlar dividendlar to’lashni sud orqali talab qilishlari mumkin. Jamiyat etarli miqdorda 
foydaga ega bo’lmasa yoki zarar ko’rib ishlagan bo’lsa, imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividendlar 
ana shu maqsad uchun tashkil etilgan jamiyat zaxira kapitali hisobidan va ana shu zaxira 
doirasidagina to’lanishi mumkin. 
Taqsimlanmagan foyda bu hisobot davri yakunida xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtierida 
qoladigan sof foydadir. Hisobot davridagi sof foyda taqsimlanmagan foydani oshiradi va u 
quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi: 
Debet 9900 – “Yakuniy moliyaviy natija” 
Kredit 8710 – “Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” 
Korxonaning ta’sischilar oldida dividendlar bo‘yicha va chiqib ketayotgan ta’sischilar 
oldida ularning ulushlari bo‘yicha joriy majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 
quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
6610 “To‘lanadigan dividendlar”; 
6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar”. 
Korxona rahbariyati tomonidan aktsiyalarga dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror e’lon 
qilingandan so‘ng, dividend summasi joriy majburiyat sifatida aks ettiriladi. Dividendlar aktsiyalar 
bo‘yicha qonunchilikka muvofiq taqsimlanadi. 
6610 “To‘lanadigan dividendlar” schyoti hisoblangan dividend summasiga 8710 “Hisobot 
davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bog‘langan holda 
kreditlanadi. 
6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar” schyotining kredit 
tomonida korxonaning chiqib ketayotgan ta’sischisi ulushlari bo‘yicha hisoblangan majburiyatlari 
summasi 8330 “Pay va ulushlar”, 8610 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar - oddiy”, 8610 “Sotib 
olingan xususiy aktsiyalar - imtiyozli” schyotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
6610 “To‘lanadigan dividendlar”, 6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari 
bo‘yicha qarzlar” schyotlari bo‘yicha analitik hisob (ko‘rsatuvchiga aktsiyalardan tashqari) har bir 
ta’sischi bo‘yicha alohida yuritiladi. 
Aktsiyadorlik jamiyatining umumiy yig’ilishi qaroriga binoan dividend pul mablaglari 
yoki boshqa qonuniy to’lov vositalari bilan to’lanishi mumkin. 
Dividendlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi: 
Debet 8710 – “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” 
Kredit 6610 – “To’lanadigan dividendlar” 
Hisobot yilidagi taqsimlanmagan foyda summasi dividendlar hisoblanganidan so’ng 8720 
– “Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)” hisobvarag’iga o’tkaziladi. 
Foyda olingan holatda: 
Debet 8710 – “ Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” 
Kredit 8720 – “Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)” 
Zarar ko’rilganda: 
Debet 8720 – “Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)” 
Kredit 8710 – “ Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”. 
To’lov manbaida soliq solinmagan dividendlar tarzidagi daromadlar oluvchi yuridik 
shaxslar bankda ochilgan maxsus hisobvaraqda ushbu mablag’larni jamlaydilar. Dividendlar 
tarzidagi daromadlar tushumi yuridik shaxsning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
– hisoblangan dividendlar: 
Debet 4840 – “Olinadigan dividendlar” 
Kredit 9520 – “Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar” 
– dividendlarni maxsus hisobvaraqqa kelib tushishi: 
Debet 5530–“Boshqa maxsus hisobvaraqlar” 


Kredit 4840 – “Olinadigan dividendlar”. 
Dividendlar tarzida daromadlar olgan yuridik shaxslar maxsus hisobvaraqdagi 
mablag’larni o’z ustav kapitalini kapitallashtirishga yo’naltirganda, jamlangan summa maxsus 
hisobvaraqdan hisob-kitob varag’iga kapitallashuv summasi miqdorida o’tkaziladi. 
Ta’sischilarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6600)ning boshqa schyotlar 
bilan bog‘lanishi 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish