5. Qisqa muddatli investitsiyalar hisobi. Korxonaning boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlariga qilingan qisqa muddatli (bir yil
muddatdan ko‘p bo‘lmagan) investitsiyalari (qo‘yilmalar) davlat qarzlarining foizli obligatsiyalari,
boshqa korxonalarga berilgan qarzlar va boshqalarning naqdligi va harakati to‘g‘risidagi
axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5810 “Qimmatli qog‘ozlar”;
5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”;
5890 “Boshqa joriy investitsiyalar”.
5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotida aktsiyalarga, davlat qarzlarining foizli
obligatsiyalariga va boshqa qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilgan qisqa muddatli investitsiyalarning
mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotiga sotib olish
qiymatida kirim qilinadi.
Korxonada aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning sotib olinishi 5810
“Qimmatli qog‘ozlar” schyotining debetida va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar va agar
qimmatli qog‘ozlar uchun to‘lov moddiy yoki boshqa qiymatliklar (pul mablag‘laridan tashqari)
orqali amalga oshirilsa, moddiy va boshqa qiymatliklarning sotilishini hisobga oluvchi
schyotlarning kreditida hisobga olinadi.
Agar sotib olingan obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning sotib olish bahosi ularning
nominal qiymatidan farq qilsa, u holda sotib olish va nominal qiymati o‘rtasidagi farqni shunday
hisobdan chiqarish yoki qo‘shimcha hisoblanishi kerakki, 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotida
hisobga olingan qimmatli qog‘ozlarning bahosi ularni qoplash davrida nominal qiymatiga muvofiq
bo‘lishi lozim. Sotib olish va nominal qiymati o‘rtasidagi farq qoplanadigan vaqtgacha bo‘lgan
davrda 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotining debeti (qo‘shimcha hisoblash)da yoki krediti
(hisobdan chiqarish) da, 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” yoki 9690 “Moliyaviy
faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar” schyotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotida hisobga olingan obligatsiya va boshqa qimmatli
qog‘ozlarning qoplanishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 5810
“Qimmatli qog‘ozlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotida korxonaning boshqa korxonalarga qisqa
muddatga bergan pulli va boshqa qarzlarining harakati hisobga olinadi.
Berilgan qarzlar 5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotining debetida pul
mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Qarzlarning
qaytarilishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 5820 “Berilgan qisqa
muddatli qarzlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
5890 “Boshqa joriy investitsiyalar” schyotida korxonalarning bank va boshqa omonatlarga
so‘mda va chet el valyutasidagi qo‘yilmalarining harakati hisobga olinadi.
Omonatlarga pul mablag‘larining o‘tkazilishi korxonalarda 5890 “Boshqa joriy
investitsiyalar” schyotining debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan
holda aks ettiriladi. Hisobda bank tomonidan omonatlar summasi qaytarilganda korxonada teskari
yozuv amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800) bo‘yicha analitik hisob
qisqa muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu qo‘yilmalar amalga oshirilgan ob’ektlar
(qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi-korxonalar, omonatlar va hokazolar) bo‘yicha yuritiladi.
Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800)ning bog‘lanishi