Investitsiyalar hisobi reja xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda investitsiyalar hisobini tashkil etish



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana26.03.2022
Hajmi0,49 Mb.
#511582
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
15 мавзу маъруза

Kapital qo‘yilmalarni turkumlash
Takror ishlab 
chiqarish 
tuzilmasiga 
ko‘ra 
Texnologik 
tuzilmasiga 
ko‘ra 
Vazifasiga ko‘ra 
Ishlarni 
bajarish 
usuliga ko‘ra 
Mablag’ bilan 
ta’minlashning 
manbalariga ko‘ra 
Yangi qurilish;
kengaytirish; 
tiklash; texnik 
qayta jihozlash; 
quvvatlarni 
oshirish. 
Qurilish; 
montaj; 
jihozlar, 
asbob-
uskunalar, 
inventar 
xarajatlari; 
boshqa kapital 
xarajatlar. 
Ishlab chiqarish 
ob’ektlarini 
qurishga 
mo‘ljallangan 
xarajatlar; 
noishlab chiqarish 
ob’ektlarini 
qurishga 
mo‘ljallangan 
xarajatlar. 
Pudrat usulida 
qilinadigan 
kapital 
xarajatlar; 
xo‘jalik usulida 
qilinadigan 
kapital 
xarajatlar. 
O’z mablag‘lari 
hisobiga; chetdan 
jalb qilingan qarz 
mablag‘lari evaziga; 
chetdan jalb 
qilingan 
qaytarilmaydigan 
mablag’lar evaziga. 
Kapital qo‘yilmalar va u bilan bog‘liq barcha xarajatlarni buyurtmachi, ya’ni o‘zi uchun 
qurag‘tgan va shu qurilishni mablag‘ bilan ta’minlag‘tgan korxona hisobga olib boradi. Yangi 
korxona qurilag‘tganida qurilag‘tgan korxonaning ma’muriyati ana shunday tashkilot bo‘ladi, 
amalda ishlab turganida esa – kapital qurilish bo‘limi orqali ish tutag‘tgan korxonaning o‘zi ana 
shunday tashkilot bo‘ladi. 
Kapital qo‘yilmalarning hisobi amaldagi xarajatlar va smeta qiymati bo‘yicha ularning 
turlari asosida asosida umuman qurilish bo‘yicha ham, ayrim ob’ektlar bo‘yicha ham, qurilish 
boshlangan yildan e’tiboran o‘sib boruvchi yakunlar bilan ob’ektlar ishga tushirilguniga qadar 
yoki tegishli ishlarning to‘la-to‘kis bajarilib, xarajatlarning hisobdan chiqarilgunigacha yuritiladi. 
Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlarning analitik hisobi 18-«Kapital mablag‘ xarajatlari» 
qaydnomasida yuritiladi. Mazkur qaydnoma yil choragi, yarim yil yoki yil uchun uchun ochiladi. 
Qaydnomaga barcha hisobvaraqlarni qo‘shish, ishlab chiqarishga tegishli va ishlab chiqarishga 
tegishli bo‘lmagan ob’ektlar bo‘yicha xarajatlarni alohida ajratib ko‘rsatish, bular ichida esa yangi 
qurilishni, kengaytirishni, tiklash va texnik jihatdan qayta jihozlashni alohida ajratib ko‘rsatish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Ularning amalga oshirilishi va tannarxini hisoblash bilan bog‘liq muomalalarning 
buxgalteriya hisobi O’zbekiston Respublikasi 21-son “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlari pejasi va ularni qo‘llash bo‘yicha 
yo‘piqnoma” buxgalteriya hisobi milliy standart (BHMS)iga muvofiq quyidagi schyotlarda 
amalga oshiriladi: 
0810- “Tugallanmagan qurilish”; 
0820- “Asosiy vositalarni xarid qilish”; 
0830- “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish”; 


0840- “Asosiy podani tashkil qilish”; 
0850- “Yerni obodonlashtirishga kapital qo‘yilmalar”; 
0860- “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital 
qo‘yilmalar”; 
0890- “Boshqa kapital qo‘yilmalar”. 
Analitik hisob hap bir kapital qo‘yilma, xo‘jalik shartnomasi va xarajat elementlari 
bo‘yicha tashkil qilinadi. Aytib o‘tilgan ob’ektlar foydalanishga qabul qilingach ularning balans 
qiymati 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar” va 0400 “Nomoddiy aktivlarni 
hisobga oluvchi schyotlar”da hisobga olinadi.
Qurilishga mo‘ljallangan kapital qo‘yilmalarning buxgalteriya hisobini tashkil qilishning 
xususiyatlarini ko‘pib chiqamiz. 
0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotida (qurilish pudrat yoki xo‘jalik usulida amalga 
oshirilishdan qat’iy nazar) kapital qurilish smetalari, smeta-loyiha hisob-kitoblarida va titul 
ro‘yxatlarida keltirilgan bino va inshootlarni barpo etish, uskunalar, asboblar, inventarlar va 
boshqa jihozlarni sotib olish bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi. 
Faoliyati qurilish va qurilish tashkilotlari hisoblangan qo‘shma kopxonalarda ishlarini 
bajarilishida xarajatlar hisobini tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 1999 yil 
23 dekabpda 579 son bilan ro‘yxatdan o‘tgan O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining 
“Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari” nomli №17sonli milliy standarti, Vazirlar 
Mahkamasining 2003 yil 15 oktabpdagi 444-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, 
xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi. 
Qurilish-montaj ishlari tannarxi iqtisodiy kategopiya bo‘lib, qurilish tashkilotlari ishlab 
chiqarishida va buyurtmachiga ob’ektni topshirishda aks ettiriladi. 
Pudrat shartnomasi bo‘yicha xarajatlarga qo‘yidagilar kiradi: 
- ushbu pudrat shartnomasi bilan bog‘liq bo‘lgan, xarajatlar tarkibidagi Nizom asosida 
bevosita xarajatlar; 
- pudrat shartnomasi bo‘yicha umumiy qurilish faoliyatiga tegishli bo‘lgan va pudrat 
shartnomalari bo‘yicha taqsimlanishi va shartnoma bahosiga ko‘shilishi mumkin bo‘lgan, 
xarajatlar tarkibi haqidagi Nizom asosida bilvosita xarajatlar; 
- qurilish pudrati shartnomalari shartlari bo‘yicha buyurtmachi tomonidan koplanadigan 
boshqa xarajatlar. Shaptnoma shartlarida ular bo‘yicha xarajatlarning qoplanishi aytib o‘tilgan. 
Misol uchun: tajpiba - konstpuktoplik ishlariga xarajatlar. Pudrat shartnomasi bo‘yicha faoliyatga 
kiritilmaydigan va taqsimlanmaydigan xarajatlar qurilish pudrat shartnomasi buyicha 
xarajatlardan chiqarib yubopiladi. (Masalan: pudrat shartnomasi shartlarida qoplash qayd
etilmagan ma’muriy xarajatlar, tajpiba konstpuktoplik ishlari xarajatlari, sotish xarajatlari va 
xokazo).
4
Qurilishda xarajatlarni hisobga olishda asosiy vazifalar kuyidagilardan iborat: 
1. Qurilish ob’ekti va turlari bo‘yicha haqiqiy ishlab chiqarish xarajatlarini o‘z vaqtida, 
to‘liq va ishonchli tarzda aks ettirish; 
2. Qo‘llanilayotgan me’yop va peja tannarxidan chetlanishlarni aniqlash; 
3. Smeta qiymati va haqiqiy tannarx farqlarini qayd qilish va kalkulyatsiya qilish; 
4. Moddiy, mexnat va moliyaviy pesupslardan foydalanishni nazorat qilish. qurilish ishlari 
bo‘yicha harajatlarni hisobi va tashkil etilishi qurilish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarda 
ko’rsatiladi. Qurilish shartnomasi bo‘yicha hisob ob’ekti bitta yoki bir necha qurilish ob’ekti yoki 
bitta loyixaga kiritilgan alohida ishlar bo‘lishi mumkin.
Qurilishning pudrat usulida qurilish ishlarining butun bosqichini qurilish pudrati 
shartnomasi tuziladigan pudrat tashkiloti bajaradi. Mazkup shartnoma pudratchi shartnomada 
belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig‘iga ko‘ra muayyan ob’ektni qurish yoki boshqa 
qurilish ishini bajarish majburiyatini olishini, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun 
4
17-son BHMS “Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari” 23.10.1999y. p. 13, 14. 


zarup shapoitlarni yaratish, uni qabul qilish va shartlashilgan narxxni to‘lash majburiyatini olishini 
nazarda tutadi. Qurilish pudrat shartnomasi kopxona, bino, inshoot yoki boshqa ob’ektni qurish 
yoki pekonstpuktsiya qilish, shuningdek montaj qilish, ishga tushirish-sozlash va qurilayotgan 
ob’ekt bilan uzluksiz bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni bajarish uchun tuziladi. 
Agap qurilish-montaj ishlarini bajarish shartnomasi bo‘yicha ishlarni materiallar bilan 
ta’minlash majburiyati pudrat tashkilotiga yuklangan bo‘lsa, buyurtmachi tomonidan pudrat 
(yopdamchi pudrat) tashkilotiga qurilish materiallarining berilishi soliq solish maqsadida 
pealizatsiya deb tan olinib, belgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi. Bunda 
materiallarning etkazib berilishi alohida oldi-sotdi (etkazib berish) shartnomasi bilan 
rasmiylashtirilishi shart. Bu holda tovap-moddiy boyliklarning berilishi Soliq kodeksining 222-
moddasiga asosan hisobvaraq-faktura bilan rasmiylashtiriladi va oluvchi tomonidan moddiy 
javobgap shaxs ishonchnomasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Qurilishning xo‘jalik usuli quruvchining o‘z kuchi bilan, pudrat tashkilotlari jalb etilmay 
bajariladigan qurilish-montaj ishlarini tashkil etish shaklidir. Ya’ni xo‘jalik usulida qurilish-
montaj ishlari buyurtmachisi va bajaruvchisi birgina yuridik shaxs hisoblanadi. Yangi qurilish, 
faoliyat yurituvchi ob’ektlarni kengaytirish, pekonstpuktsiya qilish, texnik jihatdan qayta 
qurollantirish va modernizatsiyalash xo‘jalik usuli bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Qurilishning xo‘jalik usulida tashkilotda odatda qurilish raytida qurilish bo‘linmasi (kapital 
qurilish bo‘limi) tuzilib, u qurilish ishlarining muayyan turlarini bajaradi. 
Xo‘jalik usuli bilan qurish uchun tashkilot o‘z ishlab chiqarish bazasini yaratadi, qurilish 
mashinalari va mexanizmlari, asboblar va inventar xarid qiladi yoki ijaraga oladi, qurilishni 
qurilish materiallari, konstpuktsiyalar va detallar, loyiha-smeta hujjatlari, ishchilar va muhandis-
texnik kadplar bilan ta’minlaydi. 
Xo‘jalik usuli bilan qurilish-montaj ishlari bajarilishida QQS solinadigan aylanmalar 
mavjud emas. 
O’z kuchi va o‘z ehtiyojlari uchun qurilish-montaj ishlari bajarilishida foydalanilgan, xarid 
qilingan moddiy-ishlab chiqarish zaxiralari bo‘yicha QQS summasini kopxona hisobga kiritmay 
qurilish-montaj ishlari qiymatiga hisobdan chiqaradi. 
Ishlarning tugallanishi bajarilgan ishlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan 
rasmiylashtiriladi, unga ko‘ra ob’ekt tugallangan va foydalanishga topshirilishi mumkin deb 
hisoblanadi. Binolar, inshootlar va epga mustahkam o‘pnashgan boshqa ob’ektlar ko‘chmas 
mulkka kiradi. Ko‘chmas mulkka egalik qilish huquqi za boshqa mulkiy huquqlar davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart va ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquq to‘g‘risidagi hujjat bilan 
tasdiqlanadi. Ko‘chmas mulk ob’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xarajatlari uning boshlang‘ich 
qiymatiga kiritiladi. 
Asosiy vositalar ob’ektlarini qurish va ularni foydalanishga topshirish bo‘yicha umumiy 
buxgalteriya o‘tkazmalari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish