- ish qobiliyati, mahsuldorlik va o‘zidan ko‘payish qobiliyatining anchagina pasayishi;
- tegishli davlat opganlarining qarorlariga ko‘ra chiqib ketish.
Asosiy podadan chiqarilgan hayvonlar:
- go‘sht, teri, shox, tuyoq, texnik yog‘ va hokazolar singapi tegishli qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini olish uchun so‘yishga;
- boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga bo‘pdoqiga boqishga topshirilmasdan realizatsiya
qilish uchun (tekinga berish, ayirboshlash, ta’sis hissasi tarzida ustav kapitaliga berish, ishtirokchi
yuridik shaxsning ishtirokchilari tarkibidan chiqayotganida asosiy vositalar bilan hisob-kitob
qilish uchun berish);
- bo‘rdoqiga boqishga beriladi.
Asosiy podaga o‘tkaziladigan yosh hayvonlar haqiqiy tannarx bo‘yicha baholanadi. Asosiy
podaga o‘tkaziladigan yosh mahsuldor va ishchi hayvonlarning barcha
turlarining qiymati yil
davomida 1110 “O’stirishdagi hayvonlar” schyotidan 0840 “Asosiy podani tashkil qilish”
schyotining debetiga yil boshida hisobda turgan balans qiymatiga, yil boshidan to hayvonlarni
asosiy podaga o‘tkazish vaqtigacha bo‘lgan davpda optgan vazni yoki o‘sgan vaznining peja
tannarxini qo‘shgan holda, hisobdan chiqariladi. Bir vaqtning o‘zida,
yosh hayvonlarni asosiy
podaga o‘tkazishda 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” schyoti debetlanadi va 0840 “Asosiy
podani tashkil qilish” schyoti kpeditlanadi. Yil oxirida hisobot kalkulyatsiyasi tuzilgandan keyin
yil davomida o‘tkazilgan yosh hayvonlarning ko’rsatilgan qiymati bilan uning haqiqiy tannarxi
o‘ptasidagi farq 1110 “O’stirishdagi hayvonlar” schyotidan 0840 “Asosiy podani tashkil qilish”
schyotiga, bir vaqtning o‘zida hayvonning bahosini aniqlab, qo‘shimcha 0170 “Ishchi va
mahsuldor hayvonlar” schyotlariga hisobdan chiqariladi.
Chetdan xarid qilingan katta yoshdagi ishchi va mahsuldor hayvonlarning qiymati 0840
“Asosiy podani tashkil qilish” schyotining debetiga uni etkazib berish xarajatlari bilan birgalikda,
xarid qilishning haqiqiy tannarxi bo‘yicha kirim qilinadi.
Asosiy podani tashkil etishning tugallangan muomalalari bo‘yicha xarajatlar 0840 “Asosiy
podani tashkil qilish” schyotidan 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” schyotining debetiga
hisobdan chiqariladi.
Keltirilgan
jadvalga asoslanib, qishloq xo‘jaligida asosiy podani shakllantirishga
sarflangan xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish va ularni tannarx aniqlash jarayoni ahamiyatini
yopitish mumkin.
Katta yoshdagi ishchi va mahsuldor hayvonlarni sotib olish kirim dalolatnomasi yoki
schet-faktura bilan rasmiylashtiriladi. Unda hayvonlarni sotib olish va keltirish
xarajatlari asosida
haqiqiy tannarxi ko’rsatiladi.
Bular bilan bog‘liq muomalalarni buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda hisobga olish
maqsadga muvofiqdir:
Do'stlaringiz bilan baham: