Integratsiyalashgan pedagogikasi


Integratsion ta’lim: sog‘lom jamiyat sari



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/115
Sana29.05.2022
Hajmi4,77 Mb.
#618150
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115
Bog'liq
Boshlangich talimning integratsiyalashgan pedagogikasi R.A.Mavlonova o`quv q 2009

Integratsion ta’lim: sog‘lom jamiyat sari
2001-yilning noyabr oyida Andijon viloyatining X o‘jaobod 
tumanida bir savob ishga q o i urüdi. Tum an hokimligining ta ­
shabbusi bilan xalq ta iim i b o iim i qoshida nogiron bolalar mar- 
kazi tashkil etildi. Xo‘sh, bu markazni tashkil etishdan ko'zlan- 
gan maqsad nim a edi?
M aium ki, 1948-yilda qabul qihngan «Inson huquqlari um um - 
jahon deklaratsiyasi»da insonning jam iki huquqlari belgilangan. 
Ularning qobiliyati va jismoniy holatidan q a ti nazar, ta iim olish 
huquqiga ega ekanligi mazkur hujjatda alohida ta ’kidlab 
0
‘tilgan. 
X o‘jaoboddagi nogiron bolalar markazi ham xuddi shu m aq- 
sadlardan kelib chiqqan holda tashkil etildi. Tum an hududida 
300 dan ziyod turh yoshdagi nogiron bolalar bor. Ulam i sogiom
jamiyat sari yo‘naltirish, bilim va kasb-hunar egallashlariga ko‘- 
maklashish, dih o ‘ksik qalblarning so g io m insonlar qatoridan
62


joy olishlariga yordam berish maqsadida tashkil etilgan mazkur 
markazning bir yillik faoliyatiga nazar tashlar ekanm iz, ana 
shunday maskanlar nihoyatda zarur, degan xulosaga keldik.
Bu yerda ayni paytda 10 dan ortiq turh to ‘garaklar faohyat 
ko'rsatmoqda. Ota-onasi yoki biron yaqin kishisi yordam ida mar- 
kazga kelgan nogiron bolalar shifokor nazoratida haftada bir yoki 
ikki kun davomida hunar o ‘rganishmoqda. Duradgorlik, tikuvchi- 
lik, kashtachilik hunarlaridan tashqari, bolalar kom pyuter bilan 
ham shug‘ullanishadi.
— 
Markaz faoliyatidan nafaqat nogiron bolalar, ayniqsa, ular­
ning ota-onalari juda m am nun boiishm oqda, — deydi tum an 
xalq ta iim i bo‘hmi mudiri Tohhjon Tojiddinov. — N oghon bolalar 
markazi tum an xalq ta iim i b o iim i tashxis markazining doimiy 
nazoratida. Mutaxassislarimizning sa’y-harakati bilan nogiron bo­
lalaming so g io m jamiyat sari intihshi, kasb-hunar egallashga b o i ­
gan qiziqishi kuchaymoqda. Eng asosiy maqsadimiz, nogiron bo­
lalaming sogiom tengdoshlari bilan integratsiyalashuvini amalga 
oshirishdan iborat.
Integratsion, inklyuziv ta iim joriy etilgan m am lakatlar tajri­
basidan m aiu m k i, mazkur tizim da har ikki tom on — alohida 
yordamga muhtoj bolalar ham , sogiom bolalar ham o ‘zaro m an- 
faatdor boiishadi. N uqsonh bolalar u m u m taiim maktablarida 
o ‘qir ekan, o'zlarini kamsitilgan holda his qilishmaydi, aksincha, 
shu jam oani to iaq o n li a ’zosi ekanliklarini anglashadi. Oqibatda 
o ‘z-o ‘ziru hurm at qilishlari, yashashga b o ig an umidlari, ishonch- 
lari ortadi. S ogiom bolalar esa jamiyat turh tushunchalar, turli 
dunyoqarashdagi insonlardan iborat ekanligiga ko‘nikishadi, muhtoj 
do‘stlariga yordam bera olayotganliklaridan m am nunlik tuyg‘usini 
his etishadi. Ayni paytda Andijon vüoyatida 6000 dan ziyod nogiron 
va rivojlanishda nuqsoni b o ig a n bolalar aniqlangan. U lar uchun 
viloyatda 14 ta maxsus ta’lim muassasasi tashkil etilgan. Maktabgacha 
yoshdagi bolalar uchun 18 ta bolalar bog‘chalari mavjud. M azkur 
muassasalarda 3420 nafar bolalar ta ’lim-tarbiya olmoqda. Shu­
ningdek, 600 dan ziyodroq nogiron bolalar uy sharoitida yakka 
tartibda parvarish qilinib, maktabga tayyorlanmoqda. Nogironlar 
ta’limi bo‘yicha mamlakatimizda katta tajriba maktabi yaratilgan. 
Viloyatda ham mazkur ta ’hm jonkuyarlari ko‘pchilikni tashkil etadi.
M a’himki, integratsion ta ’lim mamlakatimizda hah u qadar 
takomillashgani yo‘q. Bir qator rivojlangan xorijiy davlatlarda 
integratsion ta ’hm yaxlit tizimga aylanib ulgurgan. 0 ‘zbekiston


Respublikasining «Ta’lim to ‘g‘risida»gi Q onunida belgilanga- 
nidek, nuqsonli bolalar faqatgina ota-onalari yoki biror yaqin- 
larining roziligi bilangina maxsus ta ’limga o'tkaziladi. Shu 
tufayli
ham da dunyo tajribasida aks etgan yaxshi niyat bois, viloyatda
2 ming nafar nuqsonh bola um um ta’lim maktablarida sogiom
tengdoshlari bilan birga ta ’hm olishmoqda.
Viloyatda integratsion ta ’lim sohasini o‘rganish jarayonida bu 
borada bir qator m uam m olar ham borligini kuzatdik. Integratsion 
ta ’limning tub mazmuni va maqsadini to iaq o n li ro'yobga chiqa­
rish oson kechmaydi, albatta. Sohada ba’zi tashkiliy ishlarni amalga 
oshirish kerak. Bulardan biri — pedagog xodimlarni alohida me­
todika bilan qurollantirish zaruriyati. Deylik, sogiom bolalar bilan 
bir sinfda, bir partada yonm a-yon o iirg an nogiron bola do ‘stla- 
ridan m untazam yordam olib turadi. Lekin o ‘qituvchi bolaning 
intellektual darajasi yoki jismoniy nuqsonidan kelib chiqqan holda 
bilim berishga alohida tayyorgarlik ko‘rishi shart b o iad i. Shu bois 
respublikamizdagi barcha pedagogik yo‘nahshdagi oliy o ‘quv yurt- 
larida maxsus kurslar o ‘quv dasturiga kiritilishi lozim.
14. BOSHLANG‘ICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN 
TA’LIMDAN FOYDALANISHNING METODIK 
XUSUSIYATLARI
1. Maktab um um ta’lim kurslari integrativligining mohiyati.
2. Integratsiya — o'quvchilam i o'qitish va tarbiyalashga yangi 
yondashuv.
3. B oshlangich sinflarda integratsiyalangan ta ’limni am.alga 
oshirish metodikasi.
0 ‘quv predmetida bir-biri va chegaradosh fanlar, yirik g‘oya- 
lar, omillar, xulosalami cheklab birlashtirish muhim. Masalan, 
tarix kursining integrativligi uning arxeologiya, etnografiya
san’atshunoslikka tegishli dalil va nazariy xulosalami o ‘z ichiga 
oladi.
Umumiy o ‘rta ta ’lim mazmunini shakllantirish barcha m ak­
tab predm etlarini o'qitishni insoniylashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy 
jihatlarini kuchaytirishini ta ’minlashga qaratilgan. Jam iyatshu­
noslik, tarix, o ‘qish sinfdan tashqari o ‘qish, musiqa, tasviriy 
san’at jamiyatimiznkig chuqur insonparvarhk tabiatini yorqin aks 
ettirishga qaratilgan. 0 ‘quvchilami insonparvarlik ruhida tarbiya­
lashda tabiiy-matematik fanlar sikli m uhim rol o ‘ynaydi.
64


Umumiy ta iim mazmuni o ‘quvchilarni har tom onlam a ruhiy 
fivojlanishga, ularda turli xil tafakkumi rivojlantirishga qaratilgan. 
Har bir o‘quv predm etini o‘rganish bolaning mavzuni anglash 
jarayonini, uni eslab qolishni, ta ’sirchanlikni faoUashtiruvchi, ta ­
fakkumi, nutq va tasaw um i rivojlantiruvchi ruhiy diqqatni yara­
tishga imkon beradi. Ayniqsa, bihsh jarayonida bir-biri bilan uzviy 
bogiiq b o ig an tafakkuming turlarini rivojlantirish juda muhimdir.
Tajribaga asoslangan tafakkur um um lashtirish va xulosalar 
uchun tirik m ushohada, dastlabki m a’lum otlam i yigish vazifa­
sini bajaradi. U bolalami real voqealami, hodisalam i o ‘qishga, 
ularni qayd qihsh va yigishga o'rgatadi. Abstrakt tafakkur ajratib 
olingan voqea, hodisalarlarda ulam ing mohiyatini ko'ra bilishga, 
aniqlashga imkon beradi.
0 ‘quv predmeti mazm unini tuzishda pedagog amaliyoti shu 
fanning asosiy kategoriya, tushunchalarining rivojlanish m an- 
tiqini hisobga oladi. Shu bilan birga, o ‘qituvchi va psixologlar 
0
‘quv­
chilar tom onidan mavzuni o ‘zlashtirishning yosh xususiyatlarini 
hisobga olishadi. San’at sohasidagi um umiy o ‘rta ta ’lim mazmuni 
o‘z ichiga g'oyaviy tom oni va to ‘kis badiiy shakli birligini hosil 
qiluvchi asarlam i o ‘z ichiga oladi. Badiiy jihatdan bo ‘sh, g'oyaviy 
jihatdan haqiqatga to ‘g‘ri kelmaydigan asarlar bolalarning ш - 
hiyatiga ta ’sir qila olmaydi, tasaw u r va tafakkurni rivojlantir- 
maydi, go‘zallik va badbasharalik to ‘g‘risida tasaw um i shakllantira 
olmaydi. Bolalar bilan ishlashda san’at asarlarining chin badiiy- 
ligini hisobga ohsh, shakl va m azm unning birligi, m a’naviyat va 
haqchillik tamoyillarini amalga oshirishda muhimdir.
Bola shaxsini h ar tom onlam a m adaniy rivojlantirish, inso­
niyat yaratgan barcha m adaniy boyliklam i bilish bilan « 0 ‘z 
xotirangni boyitsanggina madaniyatli bo ‘lasan» fikriga asoslangan. 
Ayniqsa, ta sa w u m i uyg‘otuvchi, ruhiy kechinm alarni faollash- 
tiruvchi, shu bilan birga fikrlarni uyg‘otuvchi asarlar ju d a tar- 
biyaviydir. Bunday um um lashtirish bolani bilish va ruhiy rivojla- 
nishning yangi pog‘onasiga ko‘taradi. Shu asosda shakl m antiqiy 
tafakkur, turli voqea-hodisalar o ‘rtasida aloqalar va bog‘liq- 
liklarni k o ‘ra bihsh, ularni o ‘rgana olish ko ‘nikm alari m ustah­
kam lanadi ham da rivojlanadi. 0 ‘quvchi qaram a-qarshiliklarni 
topa bilish, ularning rivojlanish yo ‘nalishlarini to ‘g‘ri tushunish 
va ularni o ‘z vaqtida yechish yo‘llarini topishni o ‘rganadi. D ia­
lektik tafakkur jam iyat hodisalarini uning barcha aloqa va vosita- 
larida ko ‘rish qobiliyati bilan uzviy bog‘liq.


Umumiy o ‘rta ta’lim kelajakda bolalarga xohlagan fanni egallash 
imkonini beruvchi bilimlar asosini yaratadi. 0 ‘quv predmeti fanlar- 
ning mustahkam asosiga ega, zamonaviy ilmiy m a’lum otlam i tu ­
shunishga yetaklaydi, fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga olib keladi.
Bundan tashqari har bir um um ta’lim predmet o ‘quvchilarga 
xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini hisobga oluvchi o‘quv materialining 
politexnik tabiatini yoritib berishga yo‘naltirilgan. Barcha o ‘quv 
predm etlarining politexnik m azm uni, hayot bilan bog‘liqligi 
o ‘quvchilami ishlab chiqarishda qatnashishiga asosiy eng oddiy 
ish qurollari bilan ishlashga yo‘naltiradi. Bu bilan umumiy rivoj- 
lanishning chuqur asoslari, kasb tanlash asoslari o ‘rgatiladi.
Fan qarama-qarshiliklarda rivojlanadi. Ular bilan m uloqot qil- 
ganda, o ‘quvchilar badiiy m a’lum otlar oqimini mustaqil hal qihsh 
va ularga to ‘g‘ri baho berishga o ‘rganishadi.
Um um iy o ‘rta ta ’lim uchun davrni yaxshi yoritib bemvchi 
m a’naviy tarixiy ahamiyatga ega asarlam i tanlash kerak. Bunday 
asarlar bolani davming m a’naviy hayotiga olib kiradi. Turli nuqtayi 
nazarlarda va turh tasvirlar orqah ular hayotiy voqea va hodisa­
lami, o ‘tgan zamonlarda bo‘lib o ‘tgan janglaming to ‘liq tasvirini 
ko‘rsatadi. Shuning uchun um umiy o‘rta ta ’limda o ‘zaro aloqalar 
va o ‘zaro to ‘ldirishlar katta ahamiyatga ega. Bolalaming yosh xusu­
siyatlari murakkab tasvirli xulosalar chiqarishga to ‘sqinlik qilmaydi.
M ehnat ta ’limi mazmuni va mundarijasini ajratish ham o ‘z 
xususiyatiga ega. Mehnatni fan bilan maktabda o ‘rganiladigan o‘quv 
predm etlari bilan uzviy bog‘lash m um kin ham da m ehnatning 
o ‘quv-ijodiy xususiyati ilmiy bilimlardan foydalanish jarayoni o r­
qah amalga oshiriladi. Ijtimoiy foydali m ehnat jarayonida 
0
‘quv­
chilar oldiga olingan bilimlami amalda qo‘llash vazifasi yuklanadi.
N ihoyat, bolalar m ehnatining m azm uni va tashkil etishni 
aniq mahalliy ishlab chiqarish, xalq xo‘jaligi ehtiyojlariga ta ­
yangan holda zamonaviy kasblar talablari asosida tuzish kerak. 
Bunday m ehnat o ‘quvchilami um umiy m ehnat va aniq kasbiy 
ko‘nikm alar bilan tanishtiradi, m ehnatni fan asosida tashkil 
qilishni, bir mutaxassislikdan ikkinchisiga o‘tishni ta ’minlaydi. 
Mexanizator, chilangar, dehqon, chorvador kasblari o ‘quvchilami 
zamonaviy kasblarga yo‘naltiradi, bolalarning um um iy rivojlani­
shiga, ishchi psixologiyasini shakllantirishga yordam beradi. 
Umumiy o ‘rta ta ’hm mazmunining umumiy va o ‘ziga xos prin­
siplari shulardan iborat. Integratsiya — o ‘quvchilami o ‘qitish va 
tarbiyalashga yangicha yondashuvni belgilab beradi.


0 ‘quv jarayonida integratsiyalangan ta ’limdan foydalanishga 
katta ahamiyat berilyapti. Integratsiyalangan darslaming tuzilishi 
o ‘iganishning barcha bosqichlarida o ‘rganilayotgan mavzulaming 
aniqligini va izchiUigini, puxta o ‘rganilganligini va o ‘zaro mantiqiy 
aloqalarini talab qiladi. Bunga dasturdagi o ‘quv materialining 
ixcham va yig‘iq ekanligi, undan tashqari o ‘quv materialini o ‘rga- 
nishning tashkil etishning ba’zi zamonaviy usullarini kiritish orqali 
erishish mumkin. Masalan, 1-va 2-sinfdagi «Atrof-olam bilan tani- 
shish» kursining barcha mavzulari bir-biri bilan cham barchas 
bog‘liq. 3- va 4-sinfdagi «Tabiatshunoslik» darslari «Atrof-olam 
bilan tanishish» kursini davom ettiradi. Uning dasturiga tabiat va 
insonlar mehnatidagi mavsumiy o ‘zgarishlami kuzatish kiritilgan. 
0 ‘quvchilar tomonidan atrof-olamni o‘rganish, o ‘qish, nutq o ‘sti- 
rish, matematika, m ehnat ta ’limi darslarida davom etadi. Shunday 
ekan, «Atrof-olam bilan tanishish» kursi predmetlararo aloqalar 
o‘qituvchiga barcha o ‘qitilayotgan darslarda atrof-olam haqidagi 
tushunchalami shakllantirish bo‘yicha ish olib borishga imkon beradi.
Boshlang‘ich maktabdagi har bir predm et bu integratsiya­
langan kurs, m azm un jihatdan ular tabiiy-matematik sikl fanlari 
bilan uzviy bog‘liq, bu kichik maktab o ‘quvchilari uchun tushu- 
narli b o ‘lgan atro f-m u h it haqidagi bilim larni o ‘zlashtirishni 
ta’minlaydi. Bu yoshdagi bolalarda tabiatni o ‘rganishga b o ‘lgan 
faqat emotsional joziba emas, biUm oUsh motivlari bilan bog‘liq. 
0 ‘quvchilaming bu xususiyatini hisobga olib, qiziqishlarini quv- 
vatlash uchun bilim olishga bo ‘lgan ehtiyojlarini yangi mazm un 
bilan to ‘ldirib turish kerak. Bu o ‘quvchilarga hayotdagi o ‘zaro 
aloqalarni ochib berishga ham da tabiatdagi turli-tum anliksiz in ­
son yashay olmasligini tushunib yetishga yordam beradi.
Predmetlararo aloqalami amalga oshirish — integratsiya tur- 
laridan biri. Toshkentdagi 41-maktab o ‘qituvchisi bolalar nutqini 
o‘stirish uchun tabiatshunoslik, o‘qish, husnixat va matematika­
dan foydalanadi. Tabiat bilan tanishtiruvchi darslarda bu maqsad- 
ning tanlanishini quyidagicha tushuntirish mumkin. Bu holatda 
nutq o ‘stirish erkin sharoitda, hozir o ‘qilayotgan obyektlarga bo‘l- 
gan jonli qiziqish asosida o‘tadi. Tabiatshunoslik, o ‘qish, husnixat 
va matematika nutq o ‘stirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
I.G . Pestalossi ta ’kidlaganidek, «... aql notinch sezgili idrok 
qiüshdan aniq tushunchalarga ko‘tariladigan manbadir». Bu tushun­
chalami anglash esa nutq san’ati bilan birga yuradi. Erkin tabiat 
tasvirlari bolada mantiq bilan birga ta’sirchanlikni ham rivojlantiradi.
(.1


Наг bir darsda nutq o ‘stirish masalalari hal qilinadi, bunda 
o'rganilayotgan materialning o ‘ziga xosligi va nutq o ‘stirish ma- 
salasini tan lash n in g m aqsadga m uvofiqligi hisobga olinadi. 
0 ‘quvchilar bunday darslarni juda yaxshi ko‘rishadi. U lar ko‘p 
yangi, kerakli tushunchalar beradi, tasaw urlarini tartibga soladi, 
o ‘quvchilar boshqa darslarda olgan bilimlaridan foydalanishlari 
zarur bo'lgan holatlam i yaratadi. Bunday holatda bolalar o ‘rga- 
nilayotgan materialni yaxshiroq o ‘zlashtiradi, bilimlar tizim holiga 
keladi va o ‘quvchilar uchun juda zarur bo‘lib qoladi. Shu bilan 
bog‘liq integratsiyalangan dars ishlanmasi taklif qilinadi, u 
0
‘quv­
chilar uchun tushunarli va olingan bilimlami yangi o ‘quv sha- 
roitida ishlata bihsh ko‘nikmasini shakllantirishda yordam beradi.

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish