Integratsiyalashgan pedagogikasi



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/115
Sana29.05.2022
Hajmi4,77 Mb.
#618150
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115
Bog'liq
Boshlangich talimning integratsiyalashgan pedagogikasi R.A.Mavlonova o`quv q 2009

1. Umumiy psixologiya.
2. Bolalar psixologiyasi (bu kichik yoshdagi, maktab, o ‘rtada
katta maktab o'quvchilari bilan shug‘ullanadi).
3. Ta’lim psixologiyasi asarlari.
4. Pedagogika psixologiyasi.
5. Tibbiyot psixologiyasi.
6. Kosmos psixologiyasi.
7. Sud psixologiyasi.
8. Savdo psixologiyasi.
9. Harbiy psixologiya.
10. Maxsus psbcologiya.
11. Sport psixologiyasi.
Y uqorida aytib o ‘tiladiganlarning barchasi hozirgi zam on 
psixologiyasining bir qancha fanlar bilan cham barchas bog‘- 
liqligidan dalolat beradi. U falsafa, tabiiy, ijtimoiy fanlari o ‘r- 
tasida joylashgan va katta, oraliq mavqeyiga ega. «Umumiy psi­
xologiya» dasturidagi «Shaxs», ya’ni «Psixologiyada shaxs tu ­
shunchasi» mavzusini ko‘rib chiqamiz. Umumiy maqsadni ko‘z- 
lash ya’ni ehtiyojlar, qiziqishlar, qobiliyatlar, asosiy ehtiyojlar 
asosida vujudga keladigan maqsadlar, intilishlar motivlar har bir 
kishi shaxsini xarakterlab beradi. Ana shu ko‘zlangan maqsad 
insonni faol boiishga, atrofdagi muhitga muayyan munosabatini 
bildirishga undaydi.
Shaxsning ko‘zlangan maqsadi ehtiyojlar, ya’ni odam biron 
bir narsaga zaruriyat sezish ta ’sirida tarkib topadi. Ehtiyojlar kishi 
organizmining ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, harakat qihshi, dam 
ohsh va boshqalarga bo‘lgan talabini bajarishi zarur. Shu talablar 
bilan bog‘liq biologik va ijtimoiy ehtiyojlar bo'ladi. Ehtiyojlar his- 
hayajon bilan mahkam bog‘langandir.
Qiziqishlar va mayllar
Qiziqish deganda, kishining nimagadir e ’tibor berishiga, qan- 
daydir predm et va hodisalami bilishga intilishi tushuniladi. Qan- 
daydir faoliyatga intilishi mayl deyiladi. Qiziqish va mayllar kishi­
ning emotsional hayoti bilan mahkam bog‘liqdir.


Qiziqishlaming mazmuni insonning biron yo'lni tutganligi, u 
hayotda o ‘z oldiga qo'ygan maqsadini bildiradi. Qiziqishlar chu- 
qurligi kishining umumiy rivojlanishi va mayh bilan bog‘liqdir. 
Qiziqishlar bevosita va bilvosita ham bo‘ladi. Bevosita qiziqish 
o ‘zidan o ‘zi biron narsa va hodisalarni bilishga qiziqadi. Bilvosita 
qiziqish esa m a’lum bir narsaga qiziqqanda, shunga bog‘liq b o ‘l- 
gan ikkinchi bir narsaga qiziqishlar tufayh majburiy bir holda 
yuzaga keladi.
Ehtiyojlami rivojlantirish, tanlash va tarbiyalash, ulam i ho ­
zirgi jam iyat kishisiga xos b o ‘lgan m a’naviy yuksakhk darajasiga 
olib chiqish shaxsni shakllantirishning asosiy vazifalaridan biri 
hisoblanadi. Shu o ‘rinda shaxs psixologiyasi uni tarbiyalash 
pedagogikasi, axloqiy tarbiya metodikasi bilan o‘rin almashadi. 
Ulam ing vazifasi — shaxsni har tom onlam a rivojlantirishi, m a’n a ­
viy ongini shakllantirish, ongli intizom ni, vatanparvarlik va bay- 
nalminallikni tarbiyalash vositalari va yo'Uarini aniqlashdan ibo­
rat. Bu kelajak vazifalarni ro'yobga chiqarishi shaxsning takom il- 
lashuvini ta ’minlaydi.
«Pedagogika» darsligidagi «Bolalarning yosh davrlari xusu­
siyatlari tavsifi» mavzusida quyidagilar bayon qilingan. Bolani uch 
yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan davrini maktabgacha davr, deb 
ataymiz. Bu davrda paydo bo ‘lgan taassurotlar izi um rbod saq­
lanib qoladi. Bunda bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o‘sishi, 
olamni bihsh, atrof-muhitga o ‘z munosabatini bildirish istagi ku- 
chayib borayotgan davridir. Shuning uchun ota-onalar va tar- 
biyachilar bolalami to ‘g‘ri o ‘sishlari, aqliy, axloqiy, estetik jihat­
dan tarbiyalashga jiddiy e’tibor berishlari lozim.
3—4 yoshlarda bolalar, odatda, nutqning rivojlanishida katta 
muvaffaqiyatlarga erishadi. Bu davrda bolaning so‘z boyligini asta- 
sekinlik bilan oshirib borish, ayni vaqtda uning sezgi va tasaw ur- 
larini kengaytirish tarbiyachilarning diqqat m arkazida b o ‘ladi. 
To‘rt yoshli bolada eng oddiy axloq m e’yorlari va xarakter xu­
susiyatlari; yaxshilik, itoat qilish, vazminlik, rostgo‘yhk va hoka­
zolar ongli ravishda shakllanishi m um kin. Xususiy mulkchilik 
psixologiyasidagi ko'rinishda: «bu mening o ‘yinchog‘im», «ber- 
mayman», «tegma», «ber», «men sen bilan o ‘ynamayman» va ho­
kazolaming oldini ohsh kerak. 5—6 yoshli bolaga asosiy axloqiy 
tushunchalar; yaxshi va yomonni tushuntirish mumkin. Tushun­
tirish mashq qilish bilan birga olib borish ham da uni rag‘bat- 
lantirish va jazolash bilan mustahkamlanishi kerak.


Tarbiyachilar to m o n id an taqlid qilish u chun n am u n alar 
yaratilgan va foydali axloq m e’yorlarini egallash sabablari ta ’m in- 
langan b o iish i lozim. Bu yoshdagi bolalarni tarbiyalashdagi qi- 
yinchihklar — o‘jarliklar va kattalar irodasiga besabab qarshi- 
liklar ko‘rsatishi bilan b o giangan. 0 ‘jarliklarining sababi ko‘- 
pincha bolalaming atrofidagi katta kishilar xatti-harakati, gapi 
bilan ishining bir emasligi, seijahlligi, farzandlariga kerakligicha 
e’tibor bermaslik yoki um um an e ’tiborsizlik bilan b o g ian g an
b o iad i. Bu yoshdagi qaysar bola diqqatini boshqa narsaga qa­
ratish, chalgitish, o ‘jarlik ko‘rinishlarini ataylab e ’tiborsizhk kabi 
usullari bilan yo‘qotiladi. So‘z va qarash bilan tanbeh berishdan 
muvaffaqiyath foydalaniladi.
M aktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan 
maxsus mashg‘ulotlar asosiy psbdk vazifalar: diqqat, kuzatuv- 
chanlik, xotira, tafakkur, nutq kabilami rivojlantirish mumkin.
Bolaning maktabda o ‘qishga tayyorgarligi ana shu usul bilan 
ta’minlanadi. Maktabgacha yoshdagi bola ko‘proq o ‘ziga e ’tibor 
berishingizni xohlaydi. Buni bolalarda sinab ko‘rilganda, haqi- 
qatan ham bunday bolalar o ‘zlarini ham m adan ustun q o ‘yar 
ekan. Tanbeh bersangiz, siz bilan anchagacha gaplashmay, araz- 
lab yurishadi. Xuddi shu mavzuni, ya’ni «Psbcologiya» darsligi- 
dagi «Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘sishining um umiy shart- 
sharoitlari» mavzusida ko‘rib chiqamiz. 3 yoshli bolalarga to ‘g‘ri 
tarbiya berish, ta’sir o ik azish , ularning harakatlarini maqsadga 
muvofiq yo'naltirish orqah ularda mustaqil holda ovqatlanish, 
kiyinish, yuvinish, o ‘z o ‘m ini yigishtirish ko‘nikmalarini tarkib 
toptirishiga, ayrim topshiriq va vazifalarini puxta bajarish mala­
kasini shakllantirishga erishish mumkin.
M aktabgacha yosh davrda nam oyon b o iad ig an tarbiya ja- 
rayonidagi ayrim qiyinchiliklam ing tashqi va ichki alom atlari 
(belgilari) ham psixologik tad q iq o tlard a va ilm iy-psixologik 
adabiyotlarda ko‘p marta ta ’kidlangan b o iib , birinchi navbatda 
o ‘jarlik, qaysarlik, injiqlik, go‘yo kattalarning bolalar nazarida 
obro‘sizlanishi va qadrsizlanishi kabi illatlar bilan bogiiqdir. Bir 
qancha ilmiy-psixologik m anbalarda aytilishicha, bu yoshdagi 
bolalaming his-tuyg‘ulari va irodasida m uhim o ‘zgarishlar sodir 
b o ia d i va bulam ing ham m asi boladagi xudbinlik, o ‘ziga bino 
qo‘yish, urishish, qaysarlik, rashk kabilarda aks etadi. 0 ‘jarlik, 
qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning paydo b o iis h i — bolaning 
kattalarga qaramlikdan qutuhshiga urinish va kichik maktabgacha


yosh davridan maktabgacha davriga o ‘tish mazkur yosh davridagi 
o‘zgarishlar yaqinlashuvi «men o ‘zim»ni anglashi mahsulida na­
moyon bo‘ladi.
Yosh davridagi bolalarning kattalar bilan munosabatga kiri- 
shuvining eng m uhim xususiyatlaridan biri — ularning xohish- 
istaklarini boshqarish im koniyati mavjuddir. U larning katta- 
larni ezgu niyatiga bo ‘ysundirish, ota-o n alar va tarbiyachilar 
mayliga ko ‘niktirish mumkinligidir. Ularning boshqa yosh davr- 
laridagi bolalardan farqi — ularga nisbatan xotirjam, barqaror- 
roq his-tuyg‘ular mavjudligi, ularning samarali holatlardan uzoq- 
roqlik nizolarga kam berilishidir. Bunday bolalarda jazavali ho ­
lat yuz berishi mumkin, lekin u vaqtinchalik bo‘lib, yaqqol h a­
rakat bilan emas, balki tasaw ur tasvirlari dinamikasi bilan bog‘- 
liq holda sodir b o ia d i. Shunday qilib, «Pedagogika» darsligining 
«Bolalarning yosh davrlari xususiyatlari tavsifi» ham da «Psixo­
logiya» darsligining «M aktabgacha yoshdagi bolalar o ‘sishining 
um um iy shart-sharoitlari» mavzularida o ‘xshashliklarni yoritib 
berdi.
Demak, maktabgacha davrdagi bolalar tafakkurini, nutqi ri­
vojlanishi ongining o ‘sishini, har xil o ‘yinlam i namunali baja- 
rishini psixologik y o i bilan aniqlasak, ulaming tarbiyasini, inti- 
zomini tartib bilan aniqlaymiz. Shundagina kelajagimiz ravnaqi 
b o ig an bolalarimiz barkamol avlod b o iib yetishadilar.

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish