Infuziya va transfuziya


Qonning yaroqliligini aniqlash



Download 3,89 Mb.
bet9/13
Sana23.07.2022
Hajmi3,89 Mb.
#844464
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
INFUZIYA VA TRANSFUZIYA

Qonning yaroqliligini aniqlash. Qon quyishda oldin unga infeksiya tushgan-tushmaganligi, laxtalar va gemoliz bor-yo‘qligini tekshirish zarur. Quyish uchun yaroqli qonda laxtalar bo‘lmaydi. Cho‘kkan eritrotsitlar ustidagi plazma tiniq va somondek sariq rangda bo‘ladi. Gemolizda plazma pushti rangga kiradi («loksimon» qon). Quyi- ladigan konservalangan qonda pasport-etiketka bo‘lishi kerak.

Qon quyish texnikasi. Qon quyish qat’iy tartib bilan amalga oshiriladi. Retsipiyentning qon guruhi va rezus mosligi aniq- lanadi. Donor qoni to‘g‘risida ham ana shunday ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Qon quyishdan oldin bu ko‘rsatkichlar yana aniq- lanadi. Mos kelish-kelmaslikka, rezus mosligi va biologik sina- maga bevosita tekshirish o‘tkaziladi. Quyishdan oldin qon uy ha- roratigacha isitiladi.

LIPK flakonidan quyish. Qon solingan flakon probirkasiga ol- dindan spirt bilan artilgan ikkita maxsus igna (uzun va kalta) ki- ritiladi. Kalta ignaga qon quyiladigan sistemaning bir uchi ulanib, flakon probirkasi pastga qilib to‘nkariladi, tomizgich uning bir qismida havo bo‘ladigan, naychada esa havo bo‘lmaydigan qilib to‘ldiriladi; sistemaning ikkinchi uchi bemor venasiga kiritilgan ignaga ulanadi.

Zavod sharoitida qon quyish uchun maxsus tayyorlangan bir marta foydlaniladigan sistema steril holda maxsus o‘ramda saqlanadi va qon quyishda ishlatiladi.

SIPK ampulasidan qon quyish. Ampulaning pastki uchidagi rezina qalpoqcha olinib, unga qon quyish sistemasining naychasi kiygiziladi. Ampulaning ustki tubusidagi rezina qalpoqcha kesiladi va unga steril doka salfetka yopib qo‘yiladi.

Sistemani qonga to‘ldirish va undan havo chiqarish uchun sistemaning igna qo‘yiladigan oxiri qon solingan ampula sathidan yuqoriga ko‘tariladi. Keyin sistemadan qisqich olinadi va tomiz­gich yarmigacha qonga to‘ldiriladi, naychadan havo chiqib, qonga to‘lishi uchun (naychaning uchida qon oqimi paydo bo‘ladi) naycha-tomizgich asta-sekin pastga tushiriladi.

Polietilen xaltachadan qon quyish. Qon quyish uchun tomizgichi bo‘lgan sistemaning ikkala tomonida ignalari bo‘ladi, qon soli- nadigan xaltacha bitta igna bilan maxsus naycha orqali teshiladi. Ikkinchi naycha orqali xaltacha tubiga 1—2 sm ga yetmaydigan uzun igna kiritiladi. Sistema flakondan quyish qoidasi bo‘yicha to‘ldiriladi. Sistemaning ikkinchi ignasini bemor venasiga kiritiladi.


Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish