Industrial iqtisodiyot


Real sektorda kontsentratsiyalashtirish, uning shakllari va ko'rsatkichlari



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   259
Bog'liq
Индустриал

 
8.2.Real sektorda kontsentratsiyalashtirish, uning shakllari va ko'rsatkichlari. 
Ishlab chiqarishnig Konsentratsiyalashtirish - bu mahsulot tayyorlash, ish 
bajarish yoki xizmat ko’rsatishni eng yirik korxonalarda to’plash jarayonidir. 
Uning bir necha turlari mavjud. Ular agregat, texnologiq tashkiliy xo’jalik va 
korxonalarni yiriklashtirish shakllarida ifodalanadi. 
Agregat 
shaklida 
ishlab 
chiqarishni 
konsentratsiyalashtirish 
dastgohlarning quvvatini oshirishdir, ya’ni agregatlarning unumdorligini yuqori 
darajaga hamda ma’lum xildagi mahsulotlarni ishlab chiqarishning umumiy 
quvvatida yuqori unumdor agregatlar salmog’ini ko’paytirishdir. Bu jarayon 
sanoatning yetakchi, ayniqsa, elektroenergetika, metallurgiya, ximiya, yoqilg’i va 
qurilish materiallari tarmoqlarida sezilarli. 
Konsentratsiyalashtirishga texnologik jihatdan o’xshash ishlab 
chiqarishlarning quvvatini oshirish orqali erishish mumkin. Masalan, 
metallurgiyada - cho’yan, po’lat eritish, prokat ishlab chiqarish, to’qimachilikda 
- yigirish, to’qish, bo’yash, mashinasozlikda - quyuv, mexanik ishlov berish, 
yig’uv jarayonlarining mujassamlashishi. 
Korxonalarni va 
ularning tarkibidagi sex va uchastkalarni 
yiriklashtirish ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmini ko’paytiradi, 
mahsulot sifatini yaxshilaydi, mehnat unumdorligini oshiradi.
Yirik korxonalarning afzalliklariga quyidagilar kiradi: 
-yuqori unumli texnika va innovatsion texnologiyalarni qo’llash va 
ulardan foydalanish imkoniyatlarining ko’pligi; 


-ishlab chiqarish fondlaridan oqilona va samarali foydalanish; 
-hodimlar mehnat unumdorligining yuqoriligi; 
-sanoatga ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan eng yangi fan-
texnika 
yutuqlarini, 
o’zlashtirishga ta’sir ko’rsatadigan quvvatli 
konstruktorliq texnologik va ilmiy-tadqiqot laborotoriyalari, byurolarini 
tashkil etish imkoniyatlar; 
-mahsulot birligiga to’g’ri keladigan asosiy va yordamchi xizmat ko’rsatish 
xarajatlarining pastligi va h.k. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznesning o’rni va roli juda katta
ahamiyatga ega. SHu sababli mustaqillik yillarida kichik biznesning rivojlanishiga 
alohida e’tibor berildi. Natijada uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 55,8 foizga 
teng bo’ldi. Lekin sanoat sohasidagi uning ulushi hali ham juda past bo’lib, 2016 
yilda u atigi 23 foizga teng bo’ldi. 
 
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish deganda ishlab chiqarishni mahalliy 
sharoitga va zamonaviy talablarga moslashtirish tushuniladi. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan inqirozga qarshi choralar dasturida
 
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlari ishlab 
chiqarishni kengaytirishni rag’batlantirish tadbirlari ahamiyatli o’rin tutadi.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish – sanoat ishlab chiqarishining turli 
bosqichlarida import shaklida xarid qilish orqali qo’llaniluvchi detallar, butlovchi 
qismlar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni mahalliy xomashyo va 
materiallar asosida ishlab chiqarishga o’tkazish jarayonidir. 
Import o’rnini bosish samarasi – mahalliylashtirish jarayonini amalga oshirish 
orqali ishlab chiqarilgan mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlar natijasida tejalgan 
import mahsulotlari qiymatidir
9

Mahalliylashtirish dasturi o’z mazmuniga ko’ra respublikamiz korxonalarida 
zamonaviy talablarga javob beruvchi, raqobatbardosh va import o’rnini bosuvchi 
mahsulotlarni mahalliy xomashyo va materiallardan ishlab chiqarish, va ularning 
hajmini oshirish, asossiz import hajmini qisqartirish, eksportbop mahsulotlarni 
ko’plab ishlab chiqarish, yangi ish joylarini yaratish kabi maqsadlarni namoyon 
etadi. Mazkur dasturning rivojlanish bosqichlari Prezidentimiz va hukumatimiz 
tomonidan qabul qilingan bir qator me’yoriy hujjatlar, jumladan: O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 14 yanvardagi 18-sonli qarori; 
9
Ўзбекистон Республикаси биринчи Президенти И.А.Каримовнинг “Барча режа ва дастурларимиз Ватанимиз 
тараққиётини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади” мавзусидаги маърузасини 
ўрганиш бўйича ўқув-услубий мажмуа.– Т.: Иқтисодиёт. - 2011.163 б. 


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 22 iyundagi PQ-386-sonli qarori; 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 8 maydagi 93-
sonli qarori; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 maydagi PQ-879-
sonli qarori; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 3 iyuldagi 
149-sonli qarori orqali belgilab berilgan. 
Mahalliylashtirish jarayonlarini kuchaytirish hamda mahalliy ishlab 
chiqaruvchilarni yanada rag’batlantirish maqsadida “Mahalliylashtirish dasturi”ga 
loyihalarni kiritishning maqsadga muvofiqligini baholashga qo’yiladigan quyidagi 
yagona mezonlar va talablar majmui ishlab chiqilgan: 

iqtisodiyot vazirligining xulosasiga ko’ra mamlakat sanoatini 
rivojlantirishning asosiy ustuvorliklariga muvofiqliq 
- mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 
quvvatlar va xom ashyo resurslarining mavjudligi; 
- mahalliylashtirish darajasi bosqichma-bosqich oshirib borilgan holda ishlab 
chiqarish boshlangan paytdan boshlab 12 oy mobaynida ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot bo’yicha mahalliylashtirish darajasining kamida 30 foizga etishi; 
- TIF TN kodi bo’yicha pirovard mahsulot tovar pozitsiyasi boshlang’ich xom 
ashyoga taqqoslaganda kamida birinchi 4 belgilardan biri darajasiga o’zgarishi 
ta’minlanishi; 
- mahalliylashtiriladigan mahsulotning sotish narxi ana shunday import 
qilinadigan mahsulot narxidan yuqori bo’lmaganda loyihaning iqtisodiy o’zini 
qoplashi (O’zbekistongacha bo’lgan transport sarf-xarajatlari, bojxona va soliq 
to’lovlari hisobga olingan holda); 
- Iqtisodiyot hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo 
vazirliklarining xulosalariga ko’ra mahalliylashtiriladigan mahsulotga ichki va 
tashqi bozorlarda barqaror talabning mavjudligi; 
- mahalliylashtiriladigan mahsulotga nisbatan xalqaro standartlar bo’yicha 
ishlab chiqarish boshlangan paytdan boshlab 18 oy mobaynida sifatni boshqarish 
tizimi joriy etilishi. 
Belgilangan qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar natijasida Mahalliylashtirish 
dasturi doirasidagi ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. SHuningdeq 
mamlakatimizda oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni 
kengaytirishni rag’batlantirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Bu masalaga oid dasturlarda mamlakatimiz ishlab chiqarish korxonalari uchun 
keng ko’lamli rag’batlantirish tizimi nazarda tutilgan. Jumladan, ular uchun 2016 
yilning 1 yanvarigacha quyidagi soliq va bojxona imtiyozlari berilgan edi: 


– go’sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirma va kichik 
korxonalar uchun bo’shagan mablag’larni ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash 
va modernizasiya qilishga maqsadli ravishda yo’naltirish sharti bilan yagona soliq 
to’lovi stavkasini 50 foizga qisqartirish; 
– tayyor nooziq-ovqat tovarlarning muayyan turlarini ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan korxonalarni foyda va mulk soliqlaridan, mikrofirma va kichik 
korxonalarni yagona soliq to’lovidan ozod qilish. 
2016 – 2013 yillar mobaynida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini 
amalga oshirish tufayli juda katta natijalarga erishildi. Faqat 2013 yilning o’zida
mahalliylashtirish dasturi doirasida qiymati 11 trillion so’mlik mahsulot ishlab 
chiqarildi. 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish