navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojalanishiiga yordam beradi. Ishlab
chiqarish vositalari va ish kuchining juda keng miqyosda birlashtirilishi hozir
iqtisodiy zaruriyat bo’lib koldi. Hozirgi zamon texnika taraqqiyotining muhim
omillari - elektronizatsiyalash, kompleks avtomatlashtirish, yangi materiallarni
yaratish va joriy etish, ilg’or texnologiyalarni, jumladan, bio-nano texnologiyalarni
vujudga keltirish ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish bilan bevosita bog’liqdir.
Sanoatda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish jarayonining quyidagi shakllari
keng tus olgan:
-birinchi, eng oddiy va keng tarqalgan shaklli buyumlar bo’yicha
ixtisoslashtirish. Uning bunday shakli korxonalarni texnologik jihatdan bir-biriga
o’xshash bo’lgan va cheklangan miqdordagi mahsulot turlarini ishlab
chiqarishga moslashtirishdan iborat;
-ikkinchi, detalli ixtisoslashtirish, ya’ni buyum yoki mahsulotning bir qismini,
o’zel detalini (masalan, motor, reduktor, karbyurator, porshen, gilza, ko’zov, bunker
va x.k.larni) ishlab chiqarish;
-uchinchi, texnologik ixtisoslashtirish. Bu ixtisoslashtirishning eng oliy shakli
bo’lib, mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining ma’lum operatsiyalarini
bajarishni o’zida mujassamlashtiradi. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot
turlarining
kengayishi
ixtisoslashishning
doimo
rivojlanishi
va
mukammallashuvining zarurligini ifodalaydi. Masalan, mashinasozlikda
buyumlar bo’yicha ixtisoslashish - ma’lum ishlab chiqarish tarmoqlari yoki ish
turlari uchun mashinalar ishlab chiqarishning mujassamlashuvi yo’nalishida
rivojlanmoqda. Bunday ixtisoslashish konstruktorlarga ayrim tarmoqlarda
mashinalarning ishlash sharoitlarini chuqurroq o’rganish hamda mukammalroq
texnika yaratish imkonini kengaytiradi. Bir korxona miqiyosida
tugallangan holatda mahsulot ishlab chiqarishning tashkil etilishi unga doimo
xizmat qilib, zarur qismlarni yetkazib beruvchi ixtisoslashgan korxonalar tashkil
etilishini taqozo etadi.
Qismlar yoki mahsulot bo’laklarini ishlab chiqarish bo’yicha korxona va
tarmoqlarga sharikopodshipniklar, porshen ishlab chiqaruvchi zavodlar,
karbyurator zavodi, reduktor, asbob-anjomlar, quyma, ehtiyot qismlar, televizor
transformatorlari, televizorga futlyarlar, kondensatorlar, yuqori bosimli nasoslar,
divan-krovatlar uchun oyoqlar va boshqalarni ishlab chiqarish misol bo’la oladi.
Masalan, sharikodshipniklar, porshenlar, reduktorlar, motorlar va boshqalar
tayyorlaydigan turli jarayonlarga tashkiliy jihatdan bo’linishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: