Industrial iqtisodiyot


“Industrial iqtisodiyoti”



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   259
Bog'liq
Индустриал

“Industrial iqtisodiyoti”
fanidan ishchi o’quv rejasi 2017-yil 31-avgust 
kuni tasdiqlangan. 
To’zuvchilar : 


MUNDARIJA

1.
O’quv materiallar 
2.
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
3.
Glossariy 
Ilovalar 
4.
Fan dasturi
5.
Ishchi o’quv dasturi 
6.
Tarqatma materiallar 
7.
Testlar
8.
Ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo’llash 
bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar 
9.
Fanni o’ziga xosligiga qarab o’rganish bo’yicha boshqa materiallar 
10.Elektron variant




 
 
 
 
O’quv materiallar 
 


1-mavzu “Industrial iqtisod” faniga kirish. Fanning predmeti, vazifalari, 
obyekti. (4 soat) 
Reja: 
1.
 
“Industrial iqtisod”
 
– fanining obyekti. Sanoatning ta’rifi va tavsifi.
2.
 
“Industrial iqtisod”
 
fanining predmeti boshqa fanlar bilan bog’liqligi. 
3. “Industrial iqtisod”
 
fanining o’rganish metodologiyasi va usullari.
1.1.
 
“Industrial iqtisod” – fanining obyekti. Sanoatning ta’rifi va tavsifi.
Har qanday fan o’zining o’rganish ob’ektiga ega bo’ladi. SHunday ob’ektning 
bo’lishi u yoki bu fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining 
muhim shartidir. «Real sektor iqtisodiyot” fani ham o’z ob’ektiga ega. Uning 
ob’ekti umuman sanoat, xususan, O’zbekiston sanoati hisoblanadi. SHu bois eng 
avvalo, ushbu fanning ob’ekti hisoblangan sanoat haqidagi ta’limot bilan tanishish 
zururiyati tug’iladi. 
Sanoat ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Demaq sanoat ob’ektiv reallik 
(borliq)ning in’ikosi va yuksak umumlashmasidir. Uning alohida tarmoq, ya’ni 
ijtimoiy ishlab chiqarishning alohida sohasi bo’lib yo’zaga kelishi ishlab chiqarish 
kuchlari va ijtimoiy mehnat taqsimotining rivoji bilan tarixiy jihatdan bog’liqdir. 
Sanoat ham ob’ektiv borliqning muhim hodisalari qatorida ma’lum davr (vaqt va 
fazo)da dunyoga kelgan, muayyan qonun va qoidalar asosida rivojlangan, ma’lum 
miqdor va sifatlarga, zarurat va imkoniyatlarga ega bo’lgan hamda ziddiyatlar 
qurboni ham bo’lgan. 
O’zbekiston sanoati ham o’z taraqqiyoti jarayonida qator bosqichlarni bosib 
o’tgan. Eng avvalo, uy sanoati, so’ngra, hunarmandchiliq ya’ni xonaki sanoat, 
kooperatsiya, manufaktura, fabrika kabi shakllari yo’zaga kelgan. Bu erda: 
hunarmandchilikning juda ko’p turlari, ya’ni kulolchiliq duradgorchiliq 
toshtaroshliq binokorliq o’ymakorliq kashtado’zliq ko’nchiliq to’quvchilik va 
tikuvchiliq temirchiliq misgarlik va zargarliq degrezliq rixtagarliq zardo’zliq 
bo’yoqchiliq tunukasozlik va boshqalar keng tarqalgan. 
Hunarmandchilik ("xonaki sanoat") bronza asrida dehqonchilikdan ajralib 
chiqqan. Milodning dastlabki asrlarida hozirgi O’zbekiston hududida anchagina 
hunarmandchilik markazlari tashkil topgan. 
IX-X asrlarda ip, mato, gilam bo’yicha XIVa va SHosh, mis va temirdan aslaha, 
pichoq tayyorlash bo’yicha Farg’ona, shoyi matolar, shisha mahsulotlar tayyorlash 
bo’yicha Buxoro dunyoga tanilgan. XII-XIII asrlarda rivojlanish lpasayib, 
Temuriylar davlatining vujudga kelishi bilan hunarmandchilik yana rivoj topgan. 
Buxoro, Samarqand, XIVa, Toshkent, SHaxrisabz kabi shaharlarning ishlab 
chiqarish munosabatlarida hunarmandchilik alohida ahamiyat kasb etgan. 
XVIII asrning 60-70-yillarda Angliyada ro’y bergan sanoat to’ntarilishidan 
keyin O’zbekistonda asta-sekin manufakturadan mashinalashgan industriyaga o’tish 
boshlandi. Xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan sanoat sohalari (paxta 
tozalash,ipak tortish, vino, konserva, moy zavodlari) vujudga keldi. 


XIXasr oxiriga kelib, O’zbekistonda hunarmandchilikning 30 ga yaqin turi 
rivojlangan. XX asr boshlarida esa hunarmandchilikning asosiy qismi artellarga, 
keyinchalik zavod va fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga aylantirilgan. 
XX
asrda O’zbekiston sanoatida juda katta o’zgarishlar ro’y berdi. Agar asr 
boshlarida sanoat mahsulotining eng muhim turlaridan 5-10 xili (paxta tolasi, xom 
ipaq o’simlik moyi, o’zum vinosi, g’isht, ganch va boshqalar) ishlab chiqarilgan 
bo’lsa, asr oxiriga kelib yo’zlab-minglab turlari tayyorlangan. 
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog’idir. Sanoatning 
vujudga kelishi va rivojlanishi ishchilar sonining oshishi va uning jamiyatdagi 
mavqeining ko’tarilishiga olib keladi. Mustaqillik davrida jamiyatni tarixiy jihatdan 
yangilashda ishchilarning avangardlik roli to’g’risida so’z yuritilar ekan, faqat 
ishchilar sinfigina mehnatkashlar ommasining birlashuvi, jipslashuvi va istiqlolni 
himoya qilish, mustahkamlash va uni o’zil-kesil ta’minlashga yordam bera oladi, 
deyish mumkin. Ana shu fikrni O’zbekiston voqealigi kun sayin tasdiqlamoqda. 
O’zbekiston ishchisi respublika yalpi ijtimoiy mahsuloti, milliy daromadning asosiy 
qismini bunyod etmoqda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuqori darajaga 
ko’tarishda faol ishtirok etmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi ishchilari qiyofasida ham barcha rivojlangan 
mamlakatlar ishchilaridagideq ongli industrial mehnatkash va insonlar 
munosabatining yuksak me’yorlari va umuminsoniy tamoyillarini, qadriyatlarini 
qaror toptiruvchi, yangi hayot uchun ilg’or kurashchi hislatlari bir butun bo’lib 
mujassamlashgan.Sanoat taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri sanoat 
xodimlarining madaniy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy darajasining o’sishi, ishlab 
chiqarish malakasi va tajribasining tinmay oshib borishidir. O’zbekiston 
mehnatkashlarining bilim va ko’nikmasi, ishlab chiqarish malakasi va mahorati, 
madaniy va ma’rifiy saviyasini yuqori darajaga ko’tarish bo’yicha amalga 
oshirilayotgan ishlarda ham sanoatning yuqori o’rin tutishini ko’rish mumkin. 
Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy asosi, el-yurtda tinchlik va 
barqarorlikni saqlashning muhim omili, qo’shni mamlakatlar mustaqilligini, 
hamkorligi va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. O’zbekiston davlati 
mudofaasini kafolatlashda sanoatning roli bebahodir. Sanoat shunday tarmoqki, 
barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xo’jalik 
jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida o’z ifodasini topadi. 
Natijada barcha mamlakatlarning tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan, fan-
texnikaning barcha yutuqlaridan oqilona foydalanish imkoniyatlari yo’zaga keladi. 
Sanoat, ayniqsa, og’ir sanoat butun ijtimoiy ishlab chiqarishni industrlashtirish 
muammolarini hal etish kalitidir. SHu sababli jamiyatning moddiy-texnika asosini 
qaytadan qurish ishini o’zbek xalqi Prezident rahbarligida umuman sanoat, xususan, 
uning eng muhim sohalarini rivojlantirishdan boshladi. CHunki bu sohalar 
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy qudrati, xalq farovonligini yanada 
oshirishning poydevori hisoblanar edi, bundan keyin ham shunday bo’lib 
qolaveradi. 
Mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi - Konsentratsiyaning yuqori 
darajasi bilan kichik biznes va tadbirkorlikni uyg’unlashtirish asosida ijtimoiy ishlab 


chiqarishni uyushtirishning ilg’or usullari - ixtisoslashtirish, diversifikatsiyalash, 
kooperativlashtirish va mahalliylashtirish ham sanoat sohasida hukmronlik qiladi va 
yaxshi samaralar beradi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotni 
jadallashtirishni 
ta’minlovchi 
buyuk 
harakatlantiruvchi kuch - raqobat, ya’ni bellashuv, raqiblar kurashi ham sanoat 
sohasida rivoj topadi. Ilg’or texnika va texnologiyalardan foydalanish, 
materiallarning yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori darajaga ko’tarish, 
ishlab chiqarishning boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilash 
asosida uning samaradorligini ko’tarish uchun harakat va boshqa mehnat an’analari 
ham avvalo, sanoat sohasida vujudga kelgan va kelmoqda. 
Mustaqillikning afzalliklari va davlatning iqtisodiy siyosati sanoatning 
yetakchi o’rnini yanada oshirmoqda. Islohotlarning asosiy yo’nalishlari va ularning 
yechimini topish dastavval sanoat sohasida amalga oshirilmoqda va yaxshi samara 
bermoqda. 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish