Иқтисодий фанлар тизими
Тармоқ иқтисодий
фанлари
“Индустриал
иқтисодиёт”
Қишлоқ хўжалиги
иқтисодиёти
Қурилиш
иқтисодиёти
Транспорт
иқтисодиёти
Соф иқтисодий
фанлар
Сиёсий иқтисод
Иқтисодий фанлар
тарихи
Иқтисодий
таълимотлар тарихи
Иқтисодий назария
Экономикс ва
янги махсус фундаментал
фанлар мажмуаси
Макроиқтисодиёт
Микроиқтисодиёт
Жаҳон иқтисодиёти
Туризм и
қ
тисодиёти
Корхона иқтисодиёти
Функционал
тармоқлараро
фанлар иқтисодиёти
Молия ва кредит
Статистика
Иқтисодий
статистика
Бухгалтерия ҳисоби
ва аудит
Меҳнат иқтисодиёти
ва социологияси
Менежмент
Маркетинг
Савдо иқтисодиёти
Иқтисодий
хавфсизлик
tarakqiyotining asosiy yo’nalishlari, sanoat resurslarining mohiyati, ahamiyati va
turlari hamda ulardan foydalanishni yaxshilash shart-sharoitlari va sanoatning
boshqa qator muammolarini o’rganadi.
«Real sektor iqtisodiyot” fani bir qator iqtisodiy fanlar bilan chambarchas
bog’langan. Ular jumlasiga «Ekonomiks», «Iqtisodiy nazariya», «Makroiqtisodiyot»,
«Mikroiqtisodiyot», «Statistika», ayniqsa, «Iqtisodiy statistika», «Mehnat
iqtisodiyoti», «Marketing», «Menejment», «Buxgalteriya hisobi va audit», «Moliya
va kredit», «Iqtisodiy xavfsizlik», «Innovatsiya strategiyasi», «Xorijiy mamlakatlar
iqtisodiyoti» va boshqa bir qator fanlar kiradi.
«Real sektor iqtisodiyot” fani «Korxona iqtisodiyoti» fani bilan chambarchas
bog’liqdir. Bunday bog’liqlik sanoat va uning alohida tarmoqlari moddiy-texnika va
mehnat salohiyatidan to’la-to’kis foydalanish imkoniyatlarini qidirib topish uchun
mehnat jamoasiga iqtisodiy ta’sir ko’rsatishning yangidan-yangi usullarini topishda
mahorat va ishning ko’zini bilishga yordam beradi.
Iqtisodiy hayot jarayonlari va hodisalarini o’rganish darajasi nuqtai nazaridan,
odatga ko’ra, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyotni farqlaydilar.
«Makroiqtisodiyot» fani iqtisodiyotni bir butun sifatida qaraydi va umumiy
(majmuiy) talab va taklifning, milliy daromad va yalpi milliy mahsulotning
shakllanish jarayonlarini tadqiq etadi, byudjet siyosatining iqtisodiy o’sishga, inflya-
siya va ishsizlik darajasiga ta’sirini tahlil etadi. Boshqacha aytganda, bu fan
makroiqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish muammolarini
o’rganadi va o’rgatadi.
«Mikroiqtisodiyot» fani ishlab chiqarish tarmog’i va korxona, tovar va moliya
bozorlari, banklar, turli firmalar, uy xo’jaligi kabi alohida sub’ektlar va
to’zilmalarning fe’l - atvorini tadqiq etadi. U alohida tovarlarning ishlab chiqarish
xajmi va ularga baho qanday belgilanishini, soliqlar va boshqa to’lovlarning aholi
jamg’armalariga qanday ta’sir etishini o’rganadi.
«Real sektor iqtisodiyot” fani «Menejment» fani bilan ham bevosita bog’liqdir.
CHunki sanoat boshqaruvining muhim muammolari menejment nazariyasi va
amaliyoti asosida o’z yechimini topishi mumkin.
«Menejment» fani - boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirish va ishchan
qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari
sharoitida barcha bo’g’inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni
tayyorlashdan iborat.
Bu fanning muhim muammolarini o’rganishda xalq xo’jaligida texnika va
texnologiya taraqqiyotining yo’llarini belgilab beradigan fanlarning xulosalaridan
ham keng foydalanish g’oyat zarurdir. Bilim va ilmning turli sohalari chegarasida
tutashgan qator fanlar tadqiqot yoki bilish, anglash yo’lini shakllantirish jarayonida
«Real sektor iqtisodiyot” fanining tajribasiga suyanadi va tarixiy nuqtai nazardan
yondashadi.
SHunday qilib, «Real sektor iqtisodiyot” fanining predmeti deganda
jamiyatning ob’ektiv iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalarining shu sohada
namoyon bo’lish shakllarini, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida jonli va
buyumlashgan mehnatning eng optimal xarajatlari asosida eng yaxshi natijalarga
erishishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar va omillarni o’rganish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |